O’rgimchakkana Tetranushus sr. Zarari. Ba’zan ayrim tok tuplarida ko’p bo’ladigan o’rgimchakkana tok barglarini to’kib yuboradi va uzumni yetiltirmay qo’yadi; kana kam bo’lsa barglar qizaradi-yu, to’kilib ketmaydi, bunda uzum, garchi pishsa ham, shirasi kam bo’ladi. Kana so’rishi tufayli quvvatdan ketgan tok hosilini kamaytiradi.
Tarqalishi.O’rgimchakkana O’zbekistonning turli tumanlaridagi toklarga zarar yetkazadigan miqdorda qayd qilingan.
Ta’rifi. Bu kana kattaligi va shakli jihatidan g’o’za o’rgimchakkanasi (Tetranychus telarius L) ga o’xshaydi; Tetranychus sr. kanasi oq yoki och pushti-oq rangli bo’ladi.
Hayot kechirishi. Maxsus tekshirilmagan va asosan olganda g’o’za o’rgimchakkanasining hayot kechirishiga o’xshaydi.
Izabella, Tavkveri va Matrassa uzum navlari kanadan zararlanmaydi; Kaberne frank Murvedr, Morastel va Rkatsitelli navlariga esa kana ko’proq zarar yetkazadi.
Kurash choralari. O’rgimchakkanaga qarshi oltingugurt guli, yanchilgan qalamcha oltingugurt yoki oltingugurt kontsentratlari changlanadi, yoki kolloid oltingugurt suspenziyasi, yo bo’lmasa ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi, ular tok kanasiga qarshi qanday nisbatda ishlatilgan bo’lsa, o’rgimchakkanaga qarshi ham o’shanday nisbatda ishlatiladi.
Nazorat savollari:
Mevali bog’lardan qanday zararkunandalar uchraydi.
Qalqondorlarning tuzilishi va bioekologiyasini izohlang?
Mavlonov O., Xurramov Sh., Eshova X. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi bakalavr bosqichi talabalari uchun darslik. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2006.
Dadayev S., Saparov K. Umurtqalilar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi bakalavriat bosqichi biologiya yo’nalishi talabalari uchun darslik. Toshkent, «TURON-IQBOL». 2019, 720 b.
Abdujalilova M. Umumiy entomologiya fanidan o’quv-uslubiy majmua. Ter.D.U. zoologiya kafedrasi. Termiz-2022.
Sh.T.Xo’jayev, E.A.Xolmurodov., Entomologiya, qishloq xo’jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksilogiya asoslari. Darslik-2014.