Ikkinchi yo’nalish. Kishi jismoniy sog’lomligini ta’minlashda
tabiatdagi
sog’lomlashtiruvchi
kuchlardan
foydalanish
yoshlarning
sog’lig’ini
mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va ularning muntazam jismonan
rivojlanish darajasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda asosiy
vositalar quyosh, havo va suvdan iborat bo’ladi, ya’ni tabiat kuchlari jismoniy
mashg’ulotlar o’tkazish va mustaqil Shug’ullaniSh
uchun eng asosiy vositalar
sifatida foydalaniladi.
Uchinchi yo’nalish. Jismoniy tarbiyada foydalaniladigan jismoniy tarbiya
vositalari orasida eng ko’p qo’llaniladigani jismoniy mashqlar tizimidir. Ular
orqali quyidagi samaralarga erishiladi:
Gavda muskullarining me’yorida o’sishi ta’minlanadi;
Organizm jismonan mustahkamlanadi;
Yurak qon – tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi;
Nafas olish tizimining ishlashi yaxshilanadi;
Bosh miya qobig’ida harakatlantiruvchi sohalarning
faoliyatini yaxshilashga
samarali ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu yo’nalishdagi jismoniy tarbiya vositalari tizimida gimnastika, harakatli
o’yinlar va sport mashg’ulotlari yetakchi o’rinni egallaydi.
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjud:
Asosiy gimnastika, ya’ni gigiyenik gimnastika;
Sport gimnastikasi va uning ba’zi turlari (akrobatika, badiiy gimnastika va Shu
kabilar);
Yordamchi, jumladan davolovchi gimnastikasi.
Sport. Jismoniy tarbiya tizimida sport musobaqalarini tashkil etilishi va
uyushtirilishi jismoniy tarbiyani og’ishmay
amalga oshirishning asosiy
vositalaridan hisoblanadi. Bundagi xatti – harakatlar ko’proq musobaqaviy tarzda
amalga
oshirilib, ularda eng yuqori yutuqlarga intilish, ya’ni g’oliblikni qo’lga
kiritish,
muntazam ravishda mashq qilish, sport musobaqalarga qatnashish,
sport
razryadlari olish, sport ustasi maqomiga sazovor bo’lish va hakozo ko’rinishlarda
amalga oshiriladi.
Bugungi kunda Respublikamizda sportning barcha turlariga katta e’tibor
berilmoqda va bu sohadagi ishlarni qo’llab – quvvatlash davlat siyosati
darajasigacha ko’tarilgan. Bularni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”,
“Universiada” va Shu kabi respublika miqyosidagi o’tkazilayotgan sport
musobaqalaridan ham anglasa bo’ladi. Ularning
natijalari esa Vatanimiz
yoshlarining dunyo miqyosida o’z o’rnini topishiga keng imkoniyatlar yaratmoqda.