O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda
kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo‘lgan
ma’naviyatga bog‘liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy
negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki
ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol
mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy
qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini
ham ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari
tashkil etadi.
Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti,
imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga
ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy,
badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo‘nalishida amaliy faoliyatni tashkil
etish asosida shakllantiriladi:
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli
qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy
va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani
takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni
targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy
qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning
rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda etakchi o‘rin
tutuvchi g‘oyalar tizimi.
Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.
Ma’naviyat sohasida ijobiy echimini ta’minlash zarur bo‘lgan asosiy vazifani
ko‘rsatar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni
ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash,
o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas
dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik
yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi
bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi
ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin
fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. YA’ni, mustaqil dunyoqarashga ega,
ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan
barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat».
Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining
sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti
bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada
boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli
Жамият маънавияти
Маданият
Мафкура
Маърифат
32 - чизма. Жамият маънавиятини
шакллантирувчи омиллар
illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab
asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot
kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos
o‘rin tutadi.
«Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong
shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini
tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori
bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan
etukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. SHuning
uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga
ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |