2.
Fuqarolik tushunchasining mazmunini sharhlang.
3.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil qilishdan ko‘zlangan
maqsadni shaxsiy
mulohazalaringiz asosida bayon eting.
4.
Davlat ramzlarini bilish va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish
fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?
5.
Sizning fikringizcha, fuqarolik tarbiyasi qanday shakl, metod va
vositalar yordamida tashkil etilishi kerak?
6.
Vatanparvarlik nima va shaxsda vatanparvarlik xislati qanday
shakllantiriladi?
7.
Baynalminallik tarbiyasining mohiyati nimadan iborat?
8.
O‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy
mohiyatini ochib bering.
MEHNAT TARBIYASI
Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasi
o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish,
ularda mehnatga ongli
munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma
va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib,
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat
tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning
natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining
provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan
ehtiyojini shakllantirishdir.
O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat tarbiyasi
muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning
amalga oshirilishi davlat
tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan
belgilanadi.
O‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy
tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi.
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga
ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol
mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab
etilmoqda.
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish,
ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli
xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni
tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z
navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat
ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni
shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal
etish maqsadga muvofiq:
- yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy
ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
- o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini
hosil qilish;
- ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
- o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib
borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
- ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
- o‘quvchilar
faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish,
tashkilotchilik,
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish,
moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat
yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
- o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular
yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni
egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
- o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni
mehnat faoliyatining barcha
turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan
mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan
tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va
estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi.
CHunonchi:
1. Aqliy
tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga
tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni
egallashga
yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni
takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat
faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash
vazifasi bilan belgilanadi.
2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi.
CHunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik,
irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish
kabi axloqiy xislatlar ham
shakllanadi.
3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi.
Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga
oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda
go‘zallik va o‘z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam
beradi.
4. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» rivolasida
milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan:
«Milliy istiqlol mafkurasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir fuqaroning munosib
turmush darajasini ta’minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir
insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va vatan manfaati bilan o‘zaro
uyg‘unlashtirib yashashga undaydi. ... Har bir fuqaroning farovonligi –
butun
jamiyatning farovonligidir, g‘oyasini ilgari suradi», - deb ta’kidlanishi ham bejiz
ems.
YUqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi
mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:
- o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;
- ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
- ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg‘otish;
- o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini qaror
toptirish;
- ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;
- ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
- mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash
tuyg‘ularini shakllantirish;
- mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;
- o‘quvchilarning mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushunishlariga
erishish va boshqalar.
YUqoridagi mezonlar asosida o‘quvchilarni bo‘lg‘usi
kasbiy faoliyatga
tayyorlash jarayonini barcha ta’lim-tarbiya ishlarini mustahkam aloqada, hozirgi
zamon talablariga mos holda olib borish taqozo etiladi.
Dostları ilə paylaş: