Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat tarbiyasini
tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy
asoslari bilan tanishadilar.
Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat
ta’limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o‘quv-
tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning
dalalarda olib boriladi.
Natijada ma’lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar
yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan shaxslik fazilatlari
shakllanadi.
SHu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni,
maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o‘quvchilarni
kasbga yo‘naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi
darsini ham o‘quvchi ta’lim jarayonida oladi.
Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan.
Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va
ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy
mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari,
korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi,
shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim
ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik
ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini
shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon
bo‘ladi.
O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga
rioya qilganda samarali bo‘ladi. CHunonchi:
- to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni,
o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi
zarur;
- texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan
uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar);
- ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik
ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka
aylantirish kerak bo‘ladi.
To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun o‘quv-
ko‘rsatmali qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy
modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin.
Tabiatshunoslik,
botanika,
zoologiyadan
amaliy
mashg‘ulotlarda
o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil
etadilar, o‘quv maskanini ko‘kalamzorlashtiradilar.
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o‘z-
o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro‘zg‘or texnikalarini
ta’mirlash bilan shug‘ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog‘liq
topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil
etishning imkoniyatlari cheksiz.
So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e’tibor
bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari
maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning
bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
Мехнат фаолияти
ўқув мехнати
Ижтимоий-фойдали
мехнат
ўз-ўзига хизмат қилиш
Унумли мехнат
29 - чизма. Ме
хнат фаолиятининг асосий
турлари
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat
xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga
qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat
faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat
haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish
va boshqalar. Unumli mehnat – o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli
sanaladi.
O‘quvchilar hozirgi davrda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida
ishtirok etadilar, Dorivor o‘simliklar, urug‘larni yig‘ish, maktab binolarini
ta’minlashda qatnashmoqdalar, fermer, shirkat va jamoa xo‘jaliklarida ishlab
chiqarishni tashkil etishda ishtirok etmoqdalar.
Ayni vaqtda, juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik mavjud. Korxona
va xo‘jaliklar ta’lim muassasasiga majmuaviy yondashuv asosida mehnat
tarbiyasini tashkil etishga ko‘maklashmoqdalar. O‘quvchilar ishlab chiqarish
sub’ektlarining iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ularni turli
kasblarni egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan
tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda.
Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma’lum faoliyatni
bajarishda mas’uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat
jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik
ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy qobiliyatini to‘liq namoyon etishga bo‘lgan ichki
ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular
jumlasidandir.
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida
amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam
beradi:
- o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil
etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab etilishiga erishish;
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish;
- o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va
hokazolar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy
mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga
yangicha yondashuvni talab etmoqda.
Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta’lim
metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari
ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta’limni
o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi.
Ta’lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat
tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson
qobiliyatining rivojlanishi, ya’ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning
samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an’anaviy metodlarni emas, balki
bilim olishning faol metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash,
loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng
yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish,
shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng
samarali metodlardan sanaladi.
Mehnat ta’limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o‘qituvchi
tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga
mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin.
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini
amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat
ta’limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib,
o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi,
amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi
lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab
chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga
intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi
yo‘nalishidagi tadbirlarning o‘rin olishini ta’minlash muhim pedagogik
vazifalardan biridir. Mehnat tarbiyasi turli an’anaviy va noan’anaviy shakllarda
tashkil etiladi (30 - chizma).
Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
Мехнат тарбияси
- ме
хнат байрами, ўқувчилар ясаган буюмлар кўргазмаси;
- хашарлар уюштириш;
- қаровчиси йўқ, бемор, кекса ва ногирон кишиларга
кўрсатилувчи инсонпарварлик ёрдами;
- кўкаламзорлаштириш;
- таъмирлаш (мактаб биносини);
- «Мохир қўллар» тўгарагининг фаолияти
-
30 - чизма. Ме
хнат тарбиясининг ташкилий шакллари
Mehnat
faoliyatining
turidan
qat’iy nazar mehnat madaniyatini
shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z
joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lish.
«Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog‘liq?»,
«Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?», «Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz
mumkin», «O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?»,
«Iqtisod bizning hayotimizda», «Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?»,
«Tajamkorlik nima?» va hokazo mavzularda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi
o‘zining ijobiy natijalarini beradi. «YOsh iqtisodchi» markazi faoliyatini yo‘lga
qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi
xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi:
- mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish,
mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish;
- tejamkorlik, rejalilik;
- intizomlilik, uddaburonlik;
- uyushqoqlik, ishchanlik;
- tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |