Mavzu: O'qish dasturi tahlili



Yüklə 54,71 Kb.
səhifə1/19
tarix21.06.2023
ölçüsü54,71 Kb.
#133339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org


Mavzu: O'qish dasturi tahlili

Mavzu: O'qish dasturi tahlili.

Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona — Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.

O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy — tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.

O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi.

O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor:

1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchi-

larni ifodali o’qishga o’rgatish;

2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.

2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.

3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r — ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin.


Yüklə 54,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin