Qiziltepa tuman O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhi tomonidan
Xulqida og‘uvchanligi bo‘lgan o‘quvchilar, ularning sinf
rahbarlari, ota-onalari bilan ishlash bo‘yicha
TAVSIYALAR.
O‘quvchilardagi psixologik xususiyatlar, rivojlanishida o‘ziga xos
tomonlar, ular o‘rtasida salbiy odatlarni oldini olish va boshqa masalalar
doirasida umumta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari tomonidan qator
tadbirlar, ya'ni psixotrening va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Maktablarda
bolalarga nisbatan ba'zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi.
Asosan
tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘p holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash
nazoratchilari ro‘yxatida hisobga olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlik
ichishga, bezorilik va o‘g‘rilikka moyil o‘quvchilar nazarda tutiladi.
Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida
pedagogik ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning hulqida o‘zini biz hohlaganday
tutmaslik holatlari kuzatiladi.
Tarbiyasi qiyin bolalar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri ularda
o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo‘lishidir. Odatda bunday
munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Jumladan o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli nisbiy
bilim olish
bilan qanoat hosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust
rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda xukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka
duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob'ektiv baho berilmasligi,
o‘qituvchi tomonidan bolaning individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga
yetarlicha e'tibor berilmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning qiziqarsiz
o‘tilishi, o‘quvchining sinf jamoasi bilan yaxshi aloqada bo‘lmasligi va
boshqalar. O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o‘z
o‘rnini borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a'zolari bunday
o‘quvchining qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija berishi
mumkin. O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab quvvatlamasligi
yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi
va giyohvandlik kabi salbiy
holatlarning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola uchun kelajak
rejalarining poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan
o‘smir o‘z kelajagini, orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga
bog‘lashdan ko‘ra, yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa
kishilardan najot izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli bolalar
to‘dasiga tushib qoladi va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, oilaviy sharoitning salbiy ta'siri ham tarbiyasi og‘ir
o‘smirlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy
imkoniyatlar mavjud emasligi sababli bola nohush holat bilan yolg‘iz kurash olib
borish kechinmalari bilan yashaydi. O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan
paydo bo‘lgan norozilik hissi kundan kun avj olib, ichki qo‘zg‘olonga
aylanib
boradi. Bundan tashqari, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi,
ba'zi ota-onalarning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy
dunyosiga ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha, o‘quvchilardagi tarbiyasi qiyinlik oiladagi
va ta'lim tizimidagi pedagogik qarovsizlik natijasida yuzaga keladi.. Pedagogik
qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi:
1.Past. hatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha
baho berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi.
2.O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning buzilishi. O‘qish va
mehnatga qiziqmaslik, nizolar egoistik yo‘nalishga asoslanishi. Pedagogik ta'sir
choralari to‘g‘ri qabul qilingan holda unga amal qilmaslik.
3.Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro
munosabatda tajovuzkor
bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “ahloq normalari”ni oqlashga urinadilar.
Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib yetmaydilar.
4.Kriminal. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bo‘lib, ularning hulq-atvorini
boshqarib bo‘lmaydi. Bundaylar har qanday tarbiya vositalariga qarshilik
ko‘rsatadilar. Hatti harakatlarida tajovuzkorlik ko‘proq uchraydi. Ular o‘zlarining
huquqbuzarlik motivlarini o‘zlari belgilagan “ahloqiy me'yorlar” bilan
o‘lchaydilar, natijada jinoyatga qo‘l uradilar.
Amaliyotchi psixolog avvalo bolalarning oilaviy ahvolini o‘rganish,
maktab bilan ota-ona o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatish, fan o‘qituvchilari bilan
aloqani mustahkamlash, o‘quvchining darsga qatnashini kuzatish,
darsdan
tashqari faoliyatini nazorat qilish, turli savol-javoblar o‘tkazish orqali tarbiyasi
og‘ir bolalar bilan ishlash dasturi va rejalarini belgilab olishi lozim. Bundan
tashqari psixolog maktab shifokori, tashxis markazi shifokori bilan hamkorlikda
bolaning tibbiy varaqasi bilan ham tanishib chiqishi kerak bo‘ladi.
Agar bola
sog‘lom rivojlangan bo‘lsa-yu, maktab va oila tarbiyasiga bo‘ysunmasa, bunday
vaziyatlarda psixolog yordamga kelishi va. avvalo bola bilan suhbatlashib, nima
uchun uning hulqida bunday o‘zgarishning yuzaga kelganligi, ko‘cha ta'siriga
berilishi, salbiy norasmiy guruhlarga a'zo bo‘lib qolishi, darsni sababsiz
qoldirishi, past o‘zlashirishi, jamoat ishlarida qatnashmaslik sabablarini aniqlaydi.
-Do‘stingning nimasi senga yoqadi?
-Do‘stingning qaysi tomoni yoqmaydi va nima uchun?
-Unga qanday yordam qilasan?
-Sizlarning kelajak rejalaringiz?
5.Ota-onalari bilan suhbat.
-Farzandingizning o‘qishi va xulqidan qoniqasizmi?
-Uning o‘qishi va xulqidagi qaysi tomonlar sizni bezovta qiladi?
-Siz unga qanday yordam berasiz?
-Uning kun tartibi qanday?
-Uyda nimalar bilan shug‘ullanadi?
-Uy ishlarida sizga yordamlashadimi?
-Kelajakda qanday kasb tanlashini maslahat berasiz?
6. Sinf sardori bilan suhbat.
-Sinfdoshing haqida qanday fikrdasan?
-Uning xulqida qanday nuqsonlar bor?
-Sinfdoshlarga munosabati qanday?
-Jamoat ishlarida qatnashadimi?
-Sinfdoshlari tomonidan uning namunali o‘quvchi bo‘lishiga qanday
yordam ko‘rsatildi?
7.Xulosa
-Tarbiyasi qiyin o‘quvchiga tavsifnoma
-Uni tarbiyalash yuzasidan oila, maktab va sinfdoshlarining
imkoniyatlari
va bahosi.
-Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan yakka va guruhli tartibda ishlash uchun
reja va dastur.