Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o’quvchilar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar.
Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag’allarga yordam ko’rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo’lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g’oyasi ilgari surilgan bo’lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to’g’riligi hiylagarning makri ustidan g’olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g’oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to’g’riso’zlilikning g’alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g’alaba

Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo’y bola» (1-sinf) ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
b) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va hok.
2. Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so’zlarni topish, lug’at ishi (ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);