Mavzu: O'qish dasturi tahlili



Yüklə 54,71 Kb.
səhifə17/19
tarix21.06.2023
ölçüsü54,71 Kb.
#133339
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org

1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.

2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.

Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.

Mavzu: O'qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish

Mustaqil ish mashqning faol turi bo'lib, uni bajarish jarayonida o'quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o'rganadilar. Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega.

O'qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. O'quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o'quvchilar saviyasiga mos bo'lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo'lib, uni tanlashda o'quvchilarning tayyorgarligi, o'qiladigan matnning xarakteri, asarni o'rganish bosqichi hisobga olinadi.

Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat.


Yüklə 54,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin