Mavzu: O'qish dasturi tahlili



Yüklə 54,71 Kb.
səhifə16/19
tarix21.06.2023
ölçüsü54,71 Kb.
#133339
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org

1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).

2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.

3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.

Mavzu: STO' o'qish bo'yicha o'quvchilar bilimini, faoliyatini nazorat qilish yo'llarini ishlab chiqish

Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi.

3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.

O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.

O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:


Yüklə 54,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin