O‘z qatlam. Ma’lumki, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur qoraqalpoq singari tillar o‘zaro qarindosh tillar bo‘lib, ular birligi turkiy tillar guruhini tashkil etadi. Tilimizda faol qo‘llanadigan oyoq, qo‘l, ikki, uch, ol, kel, yaxshi, men, sen singari so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillar uchun ham faol so‘zlar hisoblanadi. Barcha turkiy tillar uchun umumiy iste’molda bo‘lgan bunday so‘zlar umumturkiy so‘zlar deyiladi. O‘zbek tili leksikasining katta qismini umumturkiy qatlamga mansub so‘zlar tashkil etadi.

Tilimizda umumtukiy so‘zlarning quyidagi leksik-tematik guruhlari faol ishlatiladi: 1) inson tushunchasi bilan bog‘liq so‘zlar: kishi, el, yurt; 2) qarindoshlik tushunchalari bilan bog‘liq so‘zlar: ota, ona, opa, enaga, aka, uka, singil, qayin, qayinog‘a, yanga va boshqalar; 3) odam va hayvon tana a’zolari nomlari: barmoq, bag‘ir, bel, bo‘g‘iz, biqin, milk, miya, og‘iz va boshqalar. Muayyan tushuncha doirasida birlashuvchi bunday so‘zlar guruhi uyadosh so‘zlar deyiladi.