O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORIJIY TILLAR FAKULTETI
“ INGLIZ TILI LEKSIKASI” KAFEDRASI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
MAVZU: Ilg’or pedagogik texnalogiyalarni va ta’lim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish
Bajaruvchi: Jo’raqulova Gulhayo
Ilmiy rahbar: “Ingliz tili leksikasi” kafedrasi o`qituvchisi D.X.ZOYIROVA
NAVOIY-2014
Mundarija KIRISH 3
I. PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNALOGIYALASHTIRISHNING IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA O’RGATISHNI O’RGANISH
Pedagogik texnalogiya nazaryasining ijtimoiy asoslari, g’oyalari va ta’lim vositalarini o’rganish 7
Ta’lim jarayonida texnologik yondashuv mazmuni tamoyillari turlarini ishlab chiqish bosqichlari xususida 18
Ta’limni tashkil etishga nisbatan innovatsion yondashuvlar mazmuni 30
II BOB. INGLIZ TILI DARSLARIDA O’QUVCHI TALABALARNING TIL KO’NIKMALARINI O’STIRISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH METODIKASI
Ingliz tili darslarida zamonaviy pedtexnalogiyalarni qo’llash samaradorligini oshirish metodi va vositalari 33
Ingliz tili darslarida o’quvchilarning o’qish qobiliyatini o’stirish jarayonida zamonaviy pedtexnalogiyalarni tadbiq etishning o’ziga xos jihatlari 38
Ingliz tili darslarini ilg’or pedtexnalogiyalar asosida tashkil etish 43
XULOSA 48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 51
KIRISH
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir.Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O’zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxasis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vaO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida”gi PQ-1875-sonli qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |