Ishning metodik va nazariy asoslari. “Ta’lim tog’risidagi“ Qonun, „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“, I.Karimovning „Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch“ ,
„Barkamol avlod orzusi“asarlari, J.Jalolov, U.A.Hoshimov, I.Y.Yoqubov, A.M.Matoshkin, B.G.Ziyomuxamedov, B.L.Faberman, shuningdek, boshqa bir qator olim va metodistlar fikrlariga tayandik.
Bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni hal etishni rejalashtirgan:
dars davomida o’quvchi – talabalarga o`qishni o’rgatish va uni boyitish jarayonlarini tashkil etish;
dars davomida o’quvchi – talabalarga o`qishni interfaol usullardan foydalanib o’rgatish va o’z xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda oldini olishga erishshish;
Tinglab tushunishni o’rgatish orqali ularning aniq va ijodiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish.
Ingliz tilini o’rganuvchi o’quvchi – talabalarga talaffuzni o’rgatish va ingliz tilida ravon gapirishini ta’minlash;
Ingliz tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarning o`qish qobiliyatlarini o’stirish va rivojlantirish.
Bitiruvmalakaviyishningamaliyahamiyati shundaki, ushbu bitiruv malakaviy ishdan аkаdеmik litsеy vа kаsb-hunаr kоllеjlаrining ingliz tili o’qitish jаrаyonidа fоydаlаnilаdi, bundаn tаshqаri оliy o’quv yurtlаri ingliz tili o’qitish mеtоdikаsi dаrslаridа hаm fоydаlаnish imkoniyatini beradi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.