Mundarija Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi Ishning asosiy maqsad vazifasi Ishning tadqiqot obyekti Ishning ilmiy yangiligi Ishning nazariy va amaliy ahamiyati Ishning tuzilishi va umumiy hajmi Kirish I bob
Mundarija Ishning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi
Ishning asosiy maqsad vazifasi
Ishning tadqiqot obyekti
Ishning ilmiy yangiligi
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati
Ishning tuzilishi va umumiy hajmi................................................................................................................. 3 6
Kirish.....................................................................................................................
I BOB. Toponimika va uning turlari haqida ma’lumot .
Oykonimlar va ularning o’ziga xos qonuniyatlari.....................................
Ayrim oykonimlarning etimologiyasiga xos mulohazalar........................
II BOB. Nurota tuman oykonimlarining yasalishi.
2.1 Oykonimlarning tuzilish jihatidan turlari:
2.1.1. Hududdagi tub oykonimlar.......................................................................
2.1.2. Morfologik usul bilan yasalgan oykonimlar..........................................
2.1.3. Sintaktik usul bilan yasalgan oykonimlar...............................................
2.1.4. Onomastik konversiya usuli bilan yasalgan oykonimlar........................
UMUMIY XULOSALAR................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...........................................................
SHARTLI QISQARTMALAR..........................................................................
MA’LUMOTCHILAR.......................................................................................
ILOVA................................................................................................................
Ishning umumiy tavsifi. Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil Yurtimiz o’zining rivojlanish va taraqqiyot yo’lini bosib o’tmoqda. Jadal rivojlanayotgan mamlakatimiz har sohada olg’a intilib, yuqori cho’qqilarga erishmoqda.
Bugungi kunda barcha sohalar kabi, ilm-fan va madaniyatimizga va tariximizga ham alohida e’tibor berilib, o’rganilib kelinmoqda.
Ota-bobolarimizning boy dunyoqarashi va yuksak turmush tarzi ifodasi sifatida shakllangan joy nomlari tariximiz va milliy o’zligimizni aks ettiruvchi muhim manbadir. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan va bizgacha yetib kelgan joy nomlarida bebaho hikmat mujassam. Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, Ajdodlarimiz o’zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, bog’-xiyobonlarga nom tanlashda juda katta e’tibor bergan. Qadimiy nomlarda ota-bobolarimizning hayot va tafakkur tarzi yaqqol o’z aksini topgan1. Birinchi Prezidentimiz I. A .Karimov o’zining Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch asarida ta’kidlaganidek, O’tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo’lida ilgari tasavvur ham qilib bo’lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida O’zbek tilining qo’llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar ko’plab chop etildi... 2 O’zbek tilshunosligi tadqiqida nomshunoslik onomastika alohida o’ringa ega. Nomshunoslik bugungi kunda jadal rivojlangan sohalardan biridir. Buning o’ziga xos sabablari bor. Avvalambor, atoqli otlar o’zbek tili leksikasining boy tarmoqlaridan biridir. Ushbu boy tarmoq, afsuski, o’tgan asrning 50 60 yillargacha juda kam o’rganilgan edi. Ikkinchidan, atoqli otlarning paydo bo’lishi, mohiyatiga ko’ra O’zbek xalqining ma’naviyati, madaniyati bilan chambarchas bog’langan lug’aviy qatlamdir. Joy nomlarida xalqimizning o’tmishi, ijtimoiy, falsafiy qarashlari, diniy tasavvurlari o’z ifodasini topgan. Mana shu jihatlardan toponimiya xalqning madaniy ma’naviy merosi, ajralmas bo’lagidir.
Bu borada qator izlanishlar amalga oshirilgan. Toponimlarni hududiy o’rganish sohasida K. Abdimuratov, A. Aslanov, Z. Do’simov, T. Nafasov, A. Turobov, A. Otajonova, Sh. Qodirova kabi olim va olimalarimiz samarali mehnat qilganlar.
Shuningdek, toponimlarni umumlashtirib, ularning ayrim lisoniy jihatlarini o’rganishga bag’ishlangan, alohida ishlar ham bor. E. Begmatov, Z. Do’simov , J.Latipov, T. Ernazarov, E. Qilichov, S. Qorayev, Z. Madrahimov, O’.Oripovlarning ilmiy izlanishlarini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.
Lekin hali ushbu sohada qilinadigan ishlar talaygina. Bu ishlar sirasiga nomlarning to’liq yig’ilib, mukammal holatga keltirilishi, lug’atlar yaratilishi, yaratilganlarini to’ldirish, toponimlarning etilmologiyasini oydinlashtirish, ularning tasnifini belgilash kabi vazifalarni kiritish lozim. Bu kabi yangilanish va izlanishlar bugungi kun nomshunosligi uchun muhim bo’lib, bunday holatlar tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilay oladi.