Mundarija Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi Ishning asosiy maqsad vazifasi Ishning tadqiqot obyekti Ishning ilmiy yangiligi Ishning nazariy va amaliy ahamiyati Ishning tuzilishi va umumiy hajmi Kirish I bob


Oykonimlar va ularning o’ziga xos qonuniyatlari



Yüklə 60,67 Kb.
səhifə4/15
tarix09.10.2023
ölçüsü60,67 Kb.
#153361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Toponomika

1.1 Oykonimlar va ularning o’ziga xos qonuniyatlari.
Oykonimlar toponimikaning bir turi hisoblanadi. Oykonim deganda , shahar, qishloq, ovul va boshqa shu kabi aholi yashaydigan barcha hududlar tushuniladi.
Shahar so’zi sanskritcha davlat , mutlaqi hokimning qarargohi ma’nosini anglatadi.6 Qadimda har qanday yirik aholi manzilgohlari, xususan, shahar atrofi devor bilan o’rab olingan. Ichki shahar – shahri darun, tashqi shahar – shahri berun deyilgan.
Qadimgi turk tilida shahar – baliq deyilgan. Mahmud Qoshg’ariy turkiy tilda shahar o’rniga kend so’zi ishlatilishini , lekin o’g’uz qabilalari kend deganda qishloqni tushunishini aytgan. Bu nom bugunga kelib ham saqlangan bo’lib, o’g’uz guruhuga mansub Ozarbayjon xalqi qishloq o’rnida kend so’zini ishlatishadi.
Qishloq aslida hajman kichikroq aholi manzilgohi hisoblanadi. Qishloq qishlaydigan joy ma’nosida bo’lib, yayloq (yaylov) – yozda turadigan manzil so’zining aksidir.
Aholi manzilgohlari aholining soni va iqtisodiy – ma’muriy jihatiga qarab ovul ( kichik qishloq yoki chorvadorlar manzilgohi) , mahalla ( shahar va qishloqning bir bo’lagi) kabi turlarga bo’linadi.
Bugungi kunga kelib O’zbekiston oykonimlarining umumiy soni 25 – 30 mingga yaqin. Ko’rinib turibdiki, bunday katta miqdordagi toponimlarni ilmiy jihatdan o’rganish va tahlil qilish oson ish emas.
Oykonimlar toponimiyaning eng o’zgaruvchan tarmog’i hisoblanadi. Buning sababi , o’lka tabiatining xususiyatlari, jamiyat hayotida uzoq asrlar davomida ro’y bergan tarixiy, ijtimoiy – siyosiy voqea – hodisalar, tub aholining kasb – korining nomlari, manzilgohlarga asos solgan yoki o’zlashtirgan shaxs nomlari, u yerda yashagan yoki yashayotgan urug’ nomlari oykonimlarda o’z aksini topadi. Yurtimiz qadimda madaniyat markazlardan biri bo’lgan. Uzoq o’tmishga ega mamlakatning toponimlari ham qadimgi davrga borib taqaladi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Andijon, Zomin, Nurota, Sardoba, Karmana kabi joy nomlari ming yilliklar bilan o’lchanadi.
Oykonimlar tarixiy va lisoniy ( lingvistik) jihatdan eng qimmatli yodgorliklar sanaladi. Ko’pgina oykonimlarning ma’nosi , qaysi tilga mansubligi haqida ko’plab fikrlar yuritilgan bo’lsa-da , kelib chiqish asosi uzil – kesil hal qilingan deyish to’g’ri emas. Toponimlarning etimologiyalari haqida bayon etilgan fikrlar soni ularning aniqlik darajasiga mutanosib emas , degan qarash bor. Bundan xulosa qilish mumkinki, fikr – mulohazalar ko’paygan sari, toponimlar etimologiyasining aniqlik darajasi ham ko’payadi. 7
Aholi yashah manzilgohlari ijtimoiy – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Shu sababli ham oykonimlarning tarkib topishi, joylashishi, atalish qonuniyatlari aniq tabiiy, tarixiy – siyosiy sharoit bilan uzviy bog’liq holda o’rganish muhim ilmiy – amaliy ahamiyat kasb etadi.
Oykonimlar nomlarini alohida o’rganishdan ko’ra, ularni guruhlarga bo’lib tasniflash va tahlil qilish samaraliroqdir. Ularni asosan 2 yirik guruhga bo’lish mumkin:

  1. Tabiiy yoki tabiiy – geografik oykonimlar.

  2. Kishilarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy –iqtisodiy oykonimlar.


  1. Yüklə 60,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin