Mundarija Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi Ishning asosiy maqsad vazifasi Ishning tadqiqot obyekti Ishning ilmiy yangiligi Ishning nazariy va amaliy ahamiyati Ishning tuzilishi va umumiy hajmi Kirish I bob


Ayrim oykonimlarning etimologiyasiga xos mulohazalar



Yüklə 60,67 Kb.
səhifə8/15
tarix09.10.2023
ölçüsü60,67 Kb.
#153361
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Toponomika

Ayrim oykonimlarning etimologiyasiga xos mulohazalar .

Biz yuqorida oykonimlar haqida, ularning turlari va o’ziga xosliklari haqida atroflicha to’xtalib o’tdik.
Ushbu rejada Nurota tumanidagi ba’zi oykonimlar va ularning etimologiyasi yuzasidan alohida mulohazalar yuritamiz.


Oqsoqota ( Nav.vil., Nurota t., Tosh.vil., Parkent t.) toponimining etimologik tahlilida xarita bilan ishlash usuli alohida ahamyatga ega. Mazkur toponimning kelib chiqishi haqida ikkita taxmin bor :

  1. Xalq vakillari bu toponimni cho`loq, oqsoq kishi yashagan joyning nomi deb izohlashadi: oqsoq-ot > Oqsoqota. Bu taxminda qandaydir ma`noda kishini kamsitish sezilib turibdi.

  2. Toponim aslida uchta ma`noli qismdan tashkil topgan: oq, oqsoqol, ota. Ulardan oq va ota so`zlari oldin aq, ata shaklida bo`lgan kabi soqol so`zi saqal shaklida aytilgan. Keyinchalik a unlisi o unlisiga o`zgargan.

Ushbu uch apelyativ birikib, joy nomini tashkil qilgan vaqtda soqol (saqal) so`zidagi ol bo`g`ini tushib qolgan va onomastik konversiya natijasida appelyativ leksikadan onomastik leksikaga ko`chgan: oq+soqol+ota > oqsoqolota > oqsoqolota > oqsoqota > Oqsoqota. Bu tarzda shakllangan toponim keksa kishi, oqsoqol ota yashagan joy degan ma`noni anglatadi. Mazkur obyektning tabiiy geografik holati, ya`ni ekstralingvistik omil bo`lib ham bu holatni tasdiqlaydi. Sababi , tog`ning balandligi katta gavdali kishini eslatsa, undagi qorlar esa o`sha odamning soqoliga o`xshaydi. Nom oldidan Oqsoqolota shaklida bo`lgan, keyin xaritada Oqsoqota tarzida qayd etilib ketgan. Demak, nom oldin toqqa berilgan. So`ngra u qishloqqa nisbatan nom sifatida ishlatilgan. Uning etimoni oqsoqol ota shaklidagi atributiv birikma. Ammo toponimni chiziqcha bolan (Oqsoq-ota) yoki ajratib yozish Oqsoq ota noto`g`ri.
Bulardan ko`rinib turibdiki, birinchi taxmin xalq etimologiyasi sanaladi. Ikkinchi taxminda esa fonetik o`zgarish ham , ya`ni bo`g`inning tushib qolishi e`tiborga olingan, ham geografik joylashish nazarda tutilgan. Shuning uchun ikkinchi taxmin, bizningcha, haqiqatga yaqinroqdir.



Yüklə 60,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin