Mundarija Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi Ishning asosiy maqsad vazifasi Ishning tadqiqot obyekti Ishning ilmiy yangiligi Ishning nazariy va amaliy ahamiyati Ishning tuzilishi va umumiy hajmi Kirish I bob



Yüklə 60,67 Kb.
səhifə6/15
tarix09.10.2023
ölçüsü60,67 Kb.
#153361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Toponomika

Orooykonimlar , ya’ni relyef shakllari nomlarini bildiradigan oykonimlar tushiniladi. Oykonim tarkibida adir, bel, dara, dahana, do’ng, jar (yor) , kamar, ko’tal, tal , tepa, teva, tosh, tog’ –tov, chosh, o’y, qapchig’ay, qo’ton, qiya , qir , qum kabi atamalar (indikatorlar) bo’ladi. Orooykonimlar ichida jar va tepa indekatorlari juda ko’p marotaba ishlatilgan. Aynan jar indekatori oltmish martadan ortiqroq ishlatilgan bo’lsa, tepa indekatori esa rekord darajasida desak mubolag’a bo’lmaydi.

Relyef shakllaridan nom olgan orooykonimlar:

  1. Adir - Adirmoq, Bo’lakadir;

  2. Bel – Bel, Belariq, Beltov, Beltepa;

  3. Dahana – Oqdahana , Qoradahana;

  4. Dara – Dara, Omondara, Palandara ;

  5. Do’ng – Do’ng , Do’ngovul , Do’ngtepa;

  6. Jar (yor) – Jomonjar, Ko’kjar , Kuyganyor , Oqyor , Omborjar;

  7. Kamar – Kamar, Kamarqishloq , Qorakamar, Zarkamar;

  8. Ko’tal – O’zbekko’tal, Tojikko’tal ;

  9. Tal – Tallak, Tal(l)ashqon;

  10. Tepa – Yoptepa, Yapaloqtepa, Yastepa , Qoratepa;

  11. Tosh – Dovtosh ,Toshhovuz , Qoratosh;

  12. Tog’ (tov) – Oqtov, Qiztog’ , Qoratov, Yetimtog’ , Bobotog’ ;

  13. Qo’ton ( shamol kam tegadigan , chuqurroq soylik ) - Jarqo’ton , Qoraqo’ton;

  14. Qiya – Qorachaqiya , Ayriqiya, Qoraqiya;

  15. Qir – Qoraqir , Jetimqir.




  1. Fitooykonimlar - o’simlik nomlari bilan atalgan oykonimlardir. Oykonim tarkibida madaniy hamda yovvoyi o’simliklar indikator sifatida keladi. Madaniy o’simliklar : anjir, anor , arpa, beda, bodom, gujum , jiyda (jida), olma, paxta , pista, tariq, tarvuz, terak , tol , tut, uzum, shaftoli, qovoq, qovun; yovvoyi o’simliklar : ajriq, archa, bodomcha, burgan , do’lana, evalak, erman, jing’il (jangal) , lola, so’kso’k (saksovul), sunbul , tikan , turang’i, shilvi , shuvoq, qayrag’och , yulg’un , yantoq, g’umay kabi nomlar uchraydi. Masalan, Keskanterak , Qovunkesdi , Qayrag’och , Sunbul, Tikanli , Tutli va b.

Yurtimizda fitooykonimlar u qadar ko’p emas . respublikamizdagi barcha aholi yashash manzilgohlarining atigi bir foizidan ko’prog’ini fitooykonimlar tashkil etadi.10 Buning sababi, bog’ – rog’, paxta, g’alla va ekinlar bilan band manzilgohlarda paxta maydonlari ham, bog’lar ham , polizlar ham kishining e’tiborini alohida tortadigan va toponim hosil qiladigan darajada ajralib turmaydi.
Shuni aytib o’tish kerakki , ajriq (Ajriqti) , archa (Archazor) , bodom (Bodomzor, Bodomcha, Bodomchali) , burgan (Burganlik) , do’lana (Do’lana) , pista (Pistamozor) , qamish (Qoraqamish, Oqqamish , Sariqqamish) , qiyoq (Qizilqiyoq) , so’kso’k (Saksovul , So’kso’k) , evalak (Evalak) , yulg’un (Yulg’unzor) , yantoq (Yantoqzor) , g’umay (G’umayli), shuvoq (Shuvoqzor) kabi yovvoyi o’simliklarning nomlari bilan atalgan manzilgohlar nafaqat tilshunoslik, balki tarixiy va tabiiy geografiya bo’limining ham o’rganilish obyekti bo’lishi lozim.
Madaniy o’simliklar nomlari negizida yasalgan oykonimlar : Anjirli , Anorzor, Arpako’l , Bedazor , Beshterak , Beshqovoq, Galatur, Gujumli , Jiydali , Jiydamozor , Mingo’rik , Nayzaqayrag’och , Olmali , Olchazor, Paxtakesh , Pistalik , Qorajiyda , Qo’shyog’och , Sertut, Tutli, Teraktagi , Tolliquduq , Tolliovul , Yakkatol , Yakkaarcha va shu kabi oykonimlar uchraydi .


  1. Yüklə 60,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin