Ishning asosiy maqsad-vazifasi. Tanlangan mavzuning asosiy maqsadi Nurota tumanidagi oykonimlarining lisoniy tavsifiy va sistemaviy tahlil qilishdir. Shu maqsadga erishish uchun ushbu ishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Hudud oykonimlarini lisoniy tahlilga tortish bo’yicha ularni atroflicha o’rganish;
Hudud oykonimlarining yasalish xususiyatlarini tahlilga tortish.
Ishning tadqiqot obyekti.Ushbi bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyektini Nurota tumanidagi oykonimlar tashkil qiladi. Shu sababli, ishda Nurota shahar va tuman oykonimlarini tadqiq etish uchun ularni atroflicha va to’liq qamrab olishga harakat qilindi. Shu bilan birga, ushbu ishda Nurota tumani va qishloqlarining o’tmishiga oid tarixiy , etnografik manbalardagi mavjud qimmatli ma’lumot va faktlardan ham foydalanildi. Ba’zi o’rinlarda shu hududda yashovchi kishilarning ma’lumotlariga tayanildi.
Hudud oykonimiyasidagi mushtarakli xususiyatini ochish uchun mahalliy nomlar respublikamizning boshqa hududlaridagi oykonimlarga ham qiyoslandi va o’zaro taqqoslandi. Bitiruv malakaviy ishi uchun tahlil obyekti bo’lgan oykonimlarning miqdori 100 ga yaqin. Bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar, shaxsiy kuzatishlar, izlanishlar orqali, shuningdek, ma’lumotchilarning va boshqa manbalarning materiallarini o’rganish orqali to’plandi.
Ishning ilmiy yangiligiquyidagilardan iborat:
Nurota tumanidagi oykonimlar alohida bitiruv malakaviy ishi sifatida ilk marotaba tadqiq qilinmoqda;
O’rganilayotgan hudud oykonimiyasi asosida ayrim oykonimlarning etimologiyasi o’rganildi;
Oykonimlar va ularning qonuniyatlari atroflicha ochib berildi;
Nurota tumanidagi oykonimlarning yasalishi o’rganildi;
Oykonimlarning morfologik va sintaktik tuzilishi aniqlandi;
Onomastik konversiya usulida yasalgan oykonimlar tahlilga tortildi va b.