Tabiiy yoki tabiiy geografik oykonimlar deganda, suv obyektlari nomlariga, joyning geomorfologik shakllariga , o’simlik va hayvon nomlariga , shuningdek tabiiy geografik sharoitga moslab qo’yilgan aholi yashash joylari tushuniladi. Ular o’z navbatida turlarga bo’linadi:
Gidrooykonimlar ya’ni suv obyektlari mavjud bo’lgan yoki suv obyektlari nomi bilan ataladigan aholi manzilgohlari. Tarkibida anhor, ama, ariq, afdoq, bodoq, buloq, gurillovuq (sharshara), daryo , hovuz hovut, jo’y, jo’yak, jo’ybor, kanal, koriz keriz, ko’l, mashat bashat, nahr, ob, ro’z, ro’dbor, soy, suv, sel , sardoba, tagob, chashma, quduq, qoq, o’zak, yop, sharshar, sharloq, sharillovuq kabi atamalar uchraydi. 8
Bunday oykonimlarni Respublikamizning hamma joyida uchratishimiz mumkin. Aholi manzilgohi suvli hududda barpo etiladi. Shu sababli, oykonimlar ariq soylar nomi bilan ataladi. Ariq, buloq, ko’l, soy, quduq kabi atamalar aholi yashash joylarining nomlarida 50 dan 100 martagacha takrorlanadi. 9
Suv obyektlaridan nom olgan gidrooykonimlar:
Arna Arnasoy, Arn(a)ovul;
Anhor (nahr) Anhor, Ulug’nor;
Ariq – Orariq, Beshariq, Jarariq, Toshariq, Ariqboshi ;
Buloq Toshbuloq, Tilbuloq, Kunbuloq, Qozonbuloq, Sovuqbuloq;
Daryo Amudaryo , Sirdaryo, Daryobo’yi ;
Yop Kattayop, Qumyop , Bo’zyop;
Jo’y, jo’ybor Jo’yimulk, Jo’ysafed, Jo’ybor ;
Kanal Kanalpasti, Kanalbo’yi, Kanalobod;
Koriz Kalkoriz, Saksonkoriz, Keriz;
Ko’l Sariko’l , To’rtko’l, Oqko’l, Aynorko’l;
Mashat (boshot) suvi qumga singib ketadigan kichik buloq Uchmashat, Mashat;
Ob Obiravon , Duoba, Labiob;
Ro’d, ro’dbor daryo , kanal Ro’dak, Ro’dasoy, Labiro’t;
Sardoba Sardoba (bir necha qishloq nomi);
Saqa (kanalning bosh inshooti) Saqachi, Toshsaqa;
Soy Soybo’yi, Soykechar, Buyumsoy, Kichiksoy;
Suv Suvliq, Ko’ksuv, Bo’zsuv, Qorasuv;
Chashma Chashma, Sarchashma;
Shar-shar (sharshara) Sharilloq, Sharshar;
O’zak suvi ba’zan qurib qoladigan kichik ariq Ko’ko’zak, Sario’zak;
Qoq cho’ldagi katta ko’lmak suv Botqoq, Qizilqoq, Toshqoq;
Quduq Balandquduq , Oyoqquduq, Qo’shquduq, Qizilquduq, Tasquduq, Teriquduq, Yakkaquduq;
Hovuz Qirhovut , Qizilhovut (hovuz fonetik o’zgarish asosida hovut shaklini olgan).
Dostları ilə paylaş: |