Mundarija Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi Ishning asosiy maqsad vazifasi Ishning tadqiqot obyekti Ishning ilmiy yangiligi Ishning nazariy va amaliy ahamiyati Ishning tuzilishi va umumiy hajmi Kirish I bob


Ishning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 60,67 Kb.
səhifə3/15
tarix09.10.2023
ölçüsü60,67 Kb.
#153361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Toponomika

Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Nurota tuman oykonimlarini o’rganish ma’lum nazariy hamda amaliy xulosalar chiqarishimizga imkon yaratib berdi. Bitiruv malakaviy ishining ushbu xulosalari tahlil usullaridan respublikamizning boshqa hududlaridagi oykonimlarni tadqiq qilishda, oliy o’quv yurtlarida bitiruv malakaviy ishlar hamda kurs ishlari yozishda, maktabning yuqori sinflari geografiya va o’lkashunoslik mashg’ulotlarida foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi va umumiy hajmi. Ushbu bitiruv malakaviy ishning umumiy tavsifi, kirish qism, ikki bob, umumiy xulosa , foydalanilgan adabiyotlar , shartli qisqartmalar va ma’lumot beruvchilar ro’yxatidan iborat. Ishning yakunida tadqiq qilingan hudud oykonimlarining alifbo tartibidagi ro’yxati ilova tarzida berildi. Ishning umumiy hajmi 45 sahifani tashkil qiladi.
KIRISH.
Mustaqillik ma’naviyatni hayotimiz mazmuniga aylantirdi. Vaqtlar o’tib, ma’naviyatni – ezgulikni xalqqa tarqatish baxtli bir nasibaga aylandi.
I BOB. Toponimika va uning turlari haqida ma’lumot.
XIX asr oxiridan e’tiboran dunyoda amaliy grammatika, xususan, kartografiya ehtiyojlari munosabati bilan toponimikaga qiziqish kuchaydi. Ushbu sohada maxsus asarlar paydo bo’ldi, geografik nomlarni o’rganadigan komissiyalar va jamiyatlar tashkil etildi.
Toponimika dastlab Yevropada paydo bo’lgan va keyinchalik taraqqiy topib, boshqa hududlarga ham tarqala boshladi.
1923-yilda Angliya birinchilardan bo’lib mamlakatdagi toponimik ishlarni tartibga solish maqsadida Toponimika jamiyati ni tuzdi. Shundan keyingina Fransiya, Germaniya , Polsha va Sobiq Ittifoqda ham xuddi shunday jamiyatlar va guruhlar paydo bo’la boshlagan.
Sobiq Ittifoq davrida toponimik tadqiqotlar yanada rivojlandi. Toponimik materiallarni to’plash va qayta ishlashda jiddiy burilishlar bo’ldi. 1965- yil Leningradda SSSR toponimikasi bo’yicha Birinchi Butunittifoq konferensiyasi o’tkazildi. Rossiyalik yirik toponimistlardan biri V. A. Nikonov Sobiq Ittifoqda toponimikaning fan sifatida oyoqqa turishiga katta hissa qo’shdi. Olimning eng yirik toponimik asarlari – “Toponimikaga kirish” (“Bведение в топонимики” – М.,1965.) va “Qisqacha toponimik lug’at” (“Краткий топонимический словарь” - М., 1966.) hisoblanadi. Olim toponimlarning bir-biri bilan bog’liq holda paydo bo’lishining qator qonunlari hamda geografik obyektlarning kam uchraydigan harakterli xususiyatiga qarab nom berilishining nisbiy negativlik qonunini kashf etdi. V. A. Nikonov o’zining toponimik lug’atida yer yuzidagi 4000 ga yaqin yirik geografik obyektlar nomlarining kelib chiqishini izohlab bergan. 3
Sobiq Ittifoq davrida V. V. Bartold, M. S. Andreyev, S. P. Tolstov, Ya, G’, G’ulomov, B. A. Ahmedov, A. R. Muhammadjonov kabi olimlarning tarixiy-geografik asarlarida O’zbekiston toponimlarining ma’nolari va kelib chiqishi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Yurtimizda toponimlarni o’rganish uzoq davrlarga borib taqalsa-da, XX asrning 50- 60 - yillaridan boshlab jiddiy ravishda tadqiq etish amalga oshirila boshlangan. O’zbekistonda toponimika fanining rivojlanishiga va geografik atamashunoslikning o’sishiga professor H. H. Hasanov, T. Nafasov, Z. Do’simov, N. Oxunov, Z. Madrahimov, S. Qorayevlarning xizmatlari katta bo’ldi.
Eng yirik toponimist olimlardan biri, atoqli geograf E. M. Mirzayev (1908 – 1998 ) hisoblanadi. Olim yarim asrdan ko’proq vaqt davomida geografik nomlarning , O’zbekiston toponimlarining kelib chiqishi, transkripsiyasi, xususan , mahalliy geografik atamalar haqida ko’plab qimmatli asarlar, monografiyalar, lug’atlar yaratdi. E. M. Mirzayev ko’p yillik faoliyatida toponimikaning nazariy asoslari bilan bir qatorda geografik atamalarga ham alohida ahamiyat berdi. 4 mingga yaqin xalq geografik atamalarini o’z ichiga olgan lug’ati (Словарь народных географических терминов. – M,.1984) jahon toponimistlari va tilshunoslarning e’tiborini tortdi. Ushbu asar 1999 – yilda to’ldirilib, 2 jildda nashr etildi.
Yer yuzida yaratilgan har bir narsaning o’z nomi bor. Tog’, qir, daryo, shahar, qishloq, dara deganda ma’lum narsa tushuniladi. Bularning barchasi umumiy atama, turdosh ot hisoblanadi. Bu so’zlarni xohlagan tilimizga tarjima qilish mumkin. Atoqli otlar esa biror bir narsani , predmetni, ob’ektni va odatda tarjima qilinmaydi. Barcha tillarda deyarli bir xil yoziladi. Masalan, Samarqand, Xiva, Buxoro yoki Toshkent deyish bilan Yurtimizning ko’hna shaharlari va viloyatlarimiz ko’z o’ngimizga keladi.
Shunday qilib, toponim (geografik nom) – avvalo so’zdir. Lekin toponim oddiy so’z emas, avvalo, atoqli ot. Bugungi kunda ko’pgina toponimlar , hatto tilshunos olimlar uchun ham tushunarsiz. Qadimiy shaharlarimizdan bo’lgan, Samarqand, Xorazm, Farg’ona kabi nomlarning kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar bildirilgan bo’lsa-da, hamon etimologiyasii to’liqligicha ochib berilmagan.
Yurtimizda joy nomlari shu qadar ko’pki, barchasining ham ma’nosini tushuna olmaymiz. Nom qancha ko’hna bo’lsa, uning etimologiyasini aniqlash shuncha qiyin bo’ladi. Davrlar o’tishi bilan nomlar ham o’zgara boradi. Nomlarning o’zgarishi asosan, ularning shakllari bilan bog’liq. Shunga qaramay, ma’nosidan qat’iy nazar, barcha nomlar manzil vazifasini bajaradi. Bundan kelib chiqadiki, toponimlarning kishilik jamiyati uchun eng muhim va zaruriy funksiyasi manzil bo’lib xizmat qiladi.
S.Qorayev ta’biri bilan aytganda Geografik nomlar, joyning biron xususiyatini, u bilan bog’liq tarixiy voqea – hodisani o’zida mujassam etgan oddiy so’z bilan joyning ittifoqi hisoblanadi. Binobarin, shunday ekan, geografik nomlar o’lik so’zlar emas, balki zamirida xalq hayoti , tarixi, tili va shunga o’xshash boshqa ko’plab sirlarni asrayotgan xazinadir ”.
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani zamin tili4 , ya’ni yer tili ham deyishadi. Toponim deb bir joy nomiga aytiladi: lotincha topos - yer, onoma - nom, ism. Joy nomlari yig’indisi toponimiya deyiladi. Joy nomlarini o’rganuvchi fan esa toponimika deb ataladi.
Har bir nom deb yozadi T. Nafasov, til – fakti, tarix – hodisasi, geografiya – adresatidir. U muhim ijtimoiy – siyosiy funksiyani bajaradi. Yer yuzasidagi ob’ektlar uchun mo’ljal sanaladi. Toponimiya xalqlar va tillar munosabatini aks ettiruvchi ko’zgudir. O’tmishda toponimlar dastlab geograflar, tarixchilar tomonidan o’rganilgan. Bugungi kunda toponimlarni tilshunos olimlar sistema sifatida tadqiq etmoqda. Bizning nazarimizda kishilik jamiyati uchun geografik nomlar muhim hisoblanadi. Chunki faqat uning yordamida bir geografik obyektni ikkinchisidan ajratish, farqlash va aniq o’rnini topish mumkin.
Toponimlar turli davrlar mevasi bo’lib, ko’p asrlar barhayotdir. Geografik nomlarga qarab, o’tmishda qandayy xalqlar yashaganini, turli millatlarning o’zaro aloqalarini, ularning bir joydan ikkinchi joyga ko’chganligini, madaniyatini bilish mumkin.5
Toponimika ikki obyektdan : mikro va makro toponimlardan iborat. Mikrotoponimika – muayyan hududda ma’lum bo’lgan , grammatik jihatdan mayda obyektlar, ya’ni turdosh otlar ni, mikro obyektlarning nomlarini o’rganadi. Masalan, buloqlar, quduqlar, ko’priklar, soylar kabi.
Mikrotoponimlar odatda og’zaki nutqda keng qo’llanilib, kamdan kam holda yozma ma’lumotlarda ishlatiladi. Tilning o’zgarishi bilan mikrotoponimlar ham o’zgaradi. Ma’lum davrdan so’ng ular yo’qolib ketishi ham mumkin.
Makrotoponimika esa tabiiy geografik obyektning atoqli oti , ya’ni yirik obyektlarning nomlarini tadqiq qiladi. Materiklar, qit’alar, okeanlar, eng katta tekisliklar, tog’lar nomlari o’rganiladi. Masalan, Qizilqum, Oq tog’, Qora tog’, Pomir , Osiyo kabi.
Toponimlar ko’p va xilma-xildir. Joy nomlariga aholining yashash maskanlari, suvliklar, yer, yer yuzalari nomlari, o’rmon, to’qay, sahro, yaylov, yo’l , dala, dasht nomlari kiradi. Toponimlar bular bilan cheklanib qolmaydi, albatta. Hozirda toponimlar katta va kichik obyektlarni birdek o’rganadi.
Toponimiya bir necha turlarga bo’linadi:

  • Gidronimiya (yunoncha hidro” – suv ) toponimiyaning bir turi. Tabiiy yo’sinda yoki inson tomonidan yaratilgan har qanday suv obyektlari - okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, soylar, kanallar, qo’ltiqlar, bo’g’ozlar, sharsharalar , suv omborlari, jilg’alar , quduqlar nomlarini o’rganadi. Masalan, Aydarko’l, Chashma, Sho’rko’l, Sardoba, Chorvoq, Chirchiq kabi.

  • Oronimiya ( yunoncha “oros ”– tog’) yer yuzasining relyeflari - tog’lar, tepaliklar, cho’qqilar, daralar , qirlar, vodiylar, tekisliklar , dovonlar , jarliklar , soyliklar nomlarini o’rganadi. Masalan, Dehibaland, Ko’ktepa , Bel, Papanay kabi.

  • Oykonimiya ( yunoncha “oykos” – uy, turar joy , makon) aholi yashaydigan har qanday hududlar o’rganiladi;

  • Agronimiya ( yunoncha agra” – dala , ekinzor , shudgor) agro olamni o’rganadi. Masalan, Bedapoya, Dara, Kattachorbog', Koriz.

  • Polinimiya ( yunoncha “polis” – shahar) yoki urbanonomiya ( lotincha urbos – shahar) qishloq va shaharlarning nomlarini o’rganadi;

  • Dranomiya ( yunoncha “dromos” – yo’l) yo’l va so’qmoqlar nomlarini o’rganadi.


Yüklə 60,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin