Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar mavzuda ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens



Yüklə 38,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü38,19 Kb.
#208017
  1   2   3
20-23



TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
20
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK RISOLALARINI YOSHLARGA 
O‘RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH 
 
Umarov Asilbek Akbar o‘g‘li 
Nizomiy nomidagi Toshken davlat pedagogika universiteti 
harbiy ta’lim fakulteti talabasi 
Milliy istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma`naviyatini yanadа 
rivojlantirishda millatimiz tarixini o‘zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida 
o‘rni bor. O‘zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan 
to‘rt qismdan iborat ‘‘Adabiyot yoxud milliy she`rlar’‘ hamda ‘‘Birinchi muallim”, ‘‘Turkiy guliston yoxud 
axloq”, ‘‘Ikkinchi muallim” , ‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari ham xarakterli bo‘lib, yaxlit 
bir tadqiqot uchun manba bo‘la oladi. 
Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli 
yetkazishi alohida e`tiborni tortadi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy o‘qib chiqish va unda ilk darslikka 
xos tuzilmani, g’oyaviy to‘liqlikni, kitoblardagi o‘ziga xos xususiyatlarni monografik yo‘nalishda o‘rganib 
chiqish zarur. Zero, hozirgi ijodiy erkinlikdan foydalanib yaratilayotgan qator boshlang’ich sinf darsliklari 
mualliflari darslik yaratishda ulug’ adib tajribasidan foydalansalar, yosh kitobxon qalbiga kirib borishlari oson 
bo‘ladi. Shu asosda Abdulla Avloniyni ilk maktab darsliklari mukammal yaratuvchisi, mohir pedagog sifatida 
o‘rganilganligi, asarlaridagi g’oyaviy-badiiy mushohadalarni tadqiq qilinganligi bitiruv ishining dolzarbligini 
belgilaydi. Qolaversa, ushbu mavzuning dolzarbligi Abdulla Avloniyning ham pedagogik, ham badiiy 
ijodkorlik mahoratini mavjud ilmiy manbalar va tarixiy asarlar asosida qiyosan o‘rganish bilan ham 
belgilanadi. 
Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham yo najot, yo halokat, 
yo saodat, yo falokat masalasidir va o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan, ta'bir joiz 
bo‘lsa, masalalarning masalasidir”. Shu ma'noda, bugungi kunda Abdulla Avloniy yozgan asarlarining bolalar 

Yüklə 38,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin