Badiiy uslub. Badiiy asarlarda (poeziya, proza, drammatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berishi bilan birga, obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi



Yüklə 60,71 Kb.
səhifə1/8
tarix03.11.2022
ölçüsü60,71 Kb.
#67246
  1   2   3   4   5   6   7   8
akademik nutq javoblari


1-bilet
2. Badiiy uslub. Badiiy asarlarda (poeziya, proza, drammatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berishi bilan birga, obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi. YOzuvchi badiiy asarlarda tilning tasviriy vositalari (sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, kinoya va boshqalar) yordami bilan voqea – hodisaga turli bo‘yoq beradi, o‘z his – hayajoni, ichki kechinmalarini qo‘shib, asar mazmunini badiiy obrazlar orqali bayon qiladi. Badiiy uslubda yozuvchi tilida mavjud bo‘lgan vositalarning hammasidan foydalana ladi.Tasvirlanayotgan davrning ruhini aks ettirish uchun eskirgan so‘zlar, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni ham ishlatadi Nutqda uslubiy mutanosiblikni ta’minlash ham nutqning ifodaliligini oshiradi. Masalan: Ona zamin uzra tole’ing kulsin. Zamin uzra, tole’so‘zlari badiiy uslubga xosdir. Ona kulsin so‘zlari esa uslubiy hoslanmagan so‘z hisoblanadi. Demak, ushbu jumladagi so‘zlar uslubiy jihatdan to‘g‘ri tanlangan. Nutqning ifodaliligini oshirishda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyosdir. CHunki, nutqda badiiy tasvir vositalarini qo‘llash orqali ifodalilikka erishish mumkin. Ziyoli, ayniqsa, san’atkor o‘z nutqining badiiy bo‘lmog‘iga erishmog‘i joizdir
2-bilet
Nutq madaniyati olam-olam mazmunni go‘zal ifodalab berishga asoslanadi. Bu esa avvalo tilni yaxshi bilish, undan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanishi malakasiga ega bo‘lish – nutq madaniyatini egallashdir. Mavzuni chuqur bilish, tushunarlilik, ta’sirchan, aniqlik, mantiqiylik, soflik, qisqalik va lo‘ndalikni ta’minlash tinglovchilarning diqqatini tortish, fikrlarni mukammal bayon qilish nutq orqali amalga oshiriladi. Nutq madaniyati va adabiy til. Adabiy tilning ikki shakli. Adabiy til me’yorlari: fonetik, leksik, grammatik (morfologik, sintaktik), orfografik, orfoepik, aktsentologik, semantik va hokazo. Nutq madaniyati va uning mezonlari nutqning to‘g‘riligi mezoniga bog‘liqligi. Sof lisoniy mezon ekanligi.
O‘zbek adabiy tili me’yorlari quyidagicha tasnif qilinadi: 1) Leksik – semantik me’yorlar (so‘z qo‘llash), 2) talaffuz (orfoepik) me’yorlari, 3) aktsentologik me’yorlar (urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish), 4) fonetik me’yorlar, 5) grammatik (morfologik va sintaktik) me’yorlar, 6) so‘z yasash me’yorlari, 7) orfografik me’yorlar (imlo), 8) yozuv me’yorlari, 9) punktuatsion me’yorlar (tinish belgilari), 10) uslubiy me’yorlaryu ushbu me’yor turlarining har biriga o‘nlab qoidalar ishlab chiilgan. Jumladan, jarangi undoshlarning so‘z jarangsizlashuvi, assimilyatsiya va dissimilyatsiya hodisalarining mavjudligi, egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda o‘zakda bo‘ladigan o‘zgarishlar va hokazo. Xullas me’yor tilning ijtimoiy vazifa bajarishidagi asosiy sharti bo‘lib, unga amal qilish shu tilda so‘zlashuvchilar uchun majburiydir. O‘zbek tilining qanchalik umum milliy o‘zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir
3-bilet
Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bo`g’in ko`chirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy .me`yor so`zlarning to`g’ri, xatosiz yozilishiga asoslanadi
Nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik omili – leksik – semantik va sintaktik me’yorlar hisoblanadi. Mazmunni tinglovchiga etkazishda leksik va grammatik qurilish bilan birga intonatsiyaning ham roli kattadir. CHunki har qanday so‘z va gapning real ma’nosi intonatsiya yordamida oydinlashadi.
4-bilet
Bu fanning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo`shish hamda maktab o`quvchilari va talabalarga nutq
madaniyati tarixidan ma`lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so`z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o`rganish va ularga baho berishdan iboratdir. Fanning vazifasi nutq madaniyati va uslubiyat masalalari bo`yicha atroflicha tushuncha berish, kishilarning madaniy nutq malakasini shakllantirish shu bilan birga yaxshi nutqni baholash va targ’ib qilishdan iborat.
aktsentologik me’yorlar (urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish) Aksentologik (urg’uning to`g’riligi) me`yorlar. Bunda so`z va gaplarda urg’uni to`g’ri qo`llash me`yori tushuniladi Urg’uni to`g’ri ishlatmaslik so`z ma`nosiga ta`sir qiladi: olma-meva, olmabuyruq fe`li.
5-bilet
Nutq madaniyati asoslari fanining asosiy tayanchi hozirgi o`zbek adabiy tilining grammatikasidir, chunki nutqning to`g’riligi uning asosiy fazilati bo`lib, u grammatik normalarga asoslanadi. Nutq madaniyati asoslari fanining asosiy tayanchi hozirgi o`zbek adabiy tilining grammatikasidir, chunki nutqning to`g’riligi uning asosiy fazilati bo`lib, u grammatik normalarga asoslanadi. Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi. Ammo kelishik qo`shimchalarini noto`g’ri qo’llash uchraydi. Ba`zan –ning o`rnida –ni, -lar o`rnida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida ko`rdim. (direktorni o`z xonasida ko`rmoq). Direktorning xonasida ko`rdim. (Boshqa birovni direktor xonasida ko`rmoq).
Piktografiya yozuv Logografik, yozuv Iyeroglifik yozuv Ideagrafik yozuv Mixsimon yozuv Fonografik yozuv Ko’pchilik olimlarning
fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish xamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun xozirgi zamon yozuvi bo’lmagan paytda odamlar ba’zi xodisa va voqealarni uzoq, masofaga etkazish niyatida yoki zamonda adiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yo’li bilan amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan.
Bu atama ikki so’zdan iborat bo’lib birinchi yarim lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha grapho yozaman degan ma’nolarni anglatadiMarkaziy Osiyodagi xalqlar, shu jumladan, o`zbek xalqi behad o`hna yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu o`rinda so`g`d, O`rxun-Yenisev (runik), uyg`ur, arab yozuvlarini esga olish kifoya. Har biri o`ziga xos bu yozuvlar
muayyan darajada oromiy yozuvi bilan bog`liq. Turkiy tillarga oid eng qadimiy yozma matnlar eramizning beshinchi asriga tegishlidir. V—X asrlarda turkiy xalqlar orasida O`rxun yozuvi (boshqa nomlari - turkiy runik yozuv, dulbarchin) keng tarqalgan edi.O`rxun yozuvi turkiy tillarning xususiyatlariga juda mos edi. Bu yozuv yodgorliklari rang-barang bo`lgan, lekin ulardan bizgacha, asosan, qabr toshlariga yozilgan bitiklargina yetib kelgan, chunki toshlar davr sinovlariga chidamlidir. Bu xat turkiy, jumladan, o`zbek xalqi XX asrgacha qo`llab kelgan yozuvlar
ichida eng qulayi bo`lgan. XI asrdan keyin o`rxun yozuvi tamoman iste'moldan chiqdi.
6-bilet

Yüklə 60,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin