“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
46
MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN
BOLALARGA TA’LIM – TARBIYA BERISH
Abdurahmonova Niginabonu Jahongir qizi
Qо‘qon davlat pedagogika
instituti Maxsus
pedagogika – logopediya yо‘nalishi 1 kurs talabasi
Baratboyeva Muxlisa Tursunali qizi
Qurbonova Nazokatxon Iqboljon qizi
Qо‘qon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika yо‘nalishi 1-kurs talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.7487339
Annotatsiya:
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq
о‘stirishdagi ayrim muammo va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalardagi kamchiliklar
chiroyli qilib yoritilgan. Oilada ota – onaning farzand tarbiyasi bilan birga bola bilan
qanday
gaplashish, unga ertaklar aytib berishi hamda tarbiyachilarni mohirona
faoliyatiga oydinlik kiritib berilgan. Oilada va bog‘chada nutqida nuqsoni bо‘lgan
bolalarga tavsiya va takliflar berilgan.
Kalit sо‘zlar:
Suyrdopedagogika, jarayon, fan, nutq, oila, nuqson, talaffuz, ong,
aql, ta’lim – tarbiya
.
Maxsus pedagogika tarmog‘i – surdopedagogika (lot. «surdus»-karlik),
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta’lim-
tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog‘i).
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan ilk va maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarning
rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonlari va qonuniyatlari – maktabgacha
surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi. Maktabgacha davr eshitishda
nuqsoni bo‘lgan bolaning rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir, zero
korreksionpedagogik
tadbirlarning
barvaqt
boshlanishi
bola
o‘sishidagi
kamchiliklarining
oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol,
har tomonlama
rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. Maktabgacha surdopedagogikaning
alohida fan sifatida o‘rganilishi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yosh
davrlariga xos jismoniy, psixik va fiziologik
xususiyatlarning mavjudligi, bolalar
turmushini tashkil etish va qulay ta’lim-tarbiya shart-sharoitlarini yaratishda ushbu
omillarni hisobga olish zarurligi bilan belgilanadi.
Eshtishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish
xususiyatlari va
imkoniyatlari, ularga ilk davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish
zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Eshitish qobiliyatining pasayishi
bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng asosiysi
nutqining shakllanishiga