13. Mavzu: Telefondan suhbatlashish mantiqi, maslahat sxemasining o’zgarishi Reja: 1 Telefonda gaplashish odobi 13.1. Muloqot haqida tushuncha. 13.2. Nutq va uning turlari. 13.3. Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati. 13.4. Muloqot vazifalari va turlari . TAYANCH TUSHUNCHALAR: Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
Verbal kommunikatsiya - inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi
Kommunikatsiya - tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi.
Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi.
Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog e. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.