Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo'nalishda olibboriladi.Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob o'rniga Bosh kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo'llaniladi.Shuningdek,analitik hisob o'rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridan foydalaniladi.Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir.
Bosh kitob bu–bank moliyaviy hisobotlarida ko'rsatiladigan hisobvaraqlar guruhidir.
Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko̳rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo̳lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to̳liqroq ta‘rif beradigan bo̳lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo̳yicha Qo̳shimcha kitob ya‘ni tavsiliy hisobvaraqlari ma‘lumotlari to̳plamidir. Bosh kitob ham Qo̳shimcha kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. Bosh kitob materiallari quyidagilar hisoblanadi:
– choraklik va yillik saldo aylanma -saldo qaydnomalari.
Bulardan tashqari bosh buxgalterning xohishiga ko'ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, ―kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlari bo'yicha jamlama kartochkalari yuritilishi mumkin.
Yordamchi kitob
Yordamchi kitob ma'lumotlari asosida olinishi mumkin,chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yordamchi kitobda aksetiriladi.
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida operatsiya bo'yicha o'tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi.Yordamchikitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Boshkitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblardagi yakuniy summalar har kun oxirida, shuningdek,oyoxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko'ra ularning Bosh kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqish lozim. Boshkitobnazorat hisobvaraqlarning ma‘lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xatolarga yo'l qo'yilmagan bo'lsa,Bosh kitob va Yordamchi kitob summalari teng chiqadi.
Bosh kitob va yordamchi kitoblarni tekshirish. Xatolarni tuzatish
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo'natilganidan so'ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo'li bilan tuzatish memorial orderlari asosida
to'g'rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o'rtasida tuzilgan shartnomada ko'rsatib o'tilgan bo'lishi shart.