1. Mahmudxo Ja Behbudiy



Yüklə 23,53 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü23,53 Kb.
#207752
  1   2   3   4
M. Behbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muxtaram yoshlarga murojaat” maqolalari, Sh. Mirziyoyevning Yoshlarga murojaatini tahlil etish va esse tayyorlash.


M. Behbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muxtaram yoshlarga murojaat” maqolalari, Sh. Mirziyoyevning Yoshlarga murojaatini tahlil etish va esse tayyorlash.

Reja:

1.Mahmudxo Ja Behbudiy


2. Sh. Mirziyoyevning Yoshlarga murojaatini
3.M. Behbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muxtaram yoshlarga murojaat” maqolalari,

(1875- 1919) Mahmudxo'ja Behbudiy 1875- yili Samarqandda tug‘ilgan. Behbudiy haj safar ida bo‘lgan chog'ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899-1900). Sayohat davomida yangi maktâb (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog'ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo'lga qo'yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolayi asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolayi jug'rofiyai umroniyi» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyayi umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Behbudiy 1911-yilda «Padarkush» dramasini yozadi. Bu birinchi o ‘zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo'lib, oqimagan, johil va nodon bolaning o ‘z otasini o'ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning ta’sirida yozgani ma’lum. «Padarkush» ham janr, ham mazmu- niga ko‘ra yangi o ‘zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo‘ldi. Drama Toshkentda 1914-yil 27-fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi.



  • YOSHLARGA MUROJAAT

  • Bizni Turkiston va Buxoroda bir sinf muhtaram yoshlar mavjuddurki, hukumat mahkamalarinda tijoratxona, bonka va korxonalarg'a kotib, tarjimon, molfurush va dallollik yoyinki nasyachinlik ila mashg'uldurlar va bu sinf ahlining adadi bugun Buxoro va Turkistonda minglarchadur. Ana yoshlarg'a murojaatdan murod shu sinf ahlidan bo‘lgan hamvatanlarimizg'a bir necha kalima arz qilmoqdur. Lutfan so'zimizni tinglasalar, deb iltimos qilamiz. Va kamoli ehtirom ila ul janoblarg‘a bayon qilarmizki, sizlardan aksaringiz savqi qadar va yoyinki savqi tabiat ila bir nav’i bo‘lub,'ruscha biroz o ‘qub-yozmoqg‘a va yoinki faqat so‘ylamoqg‘a qodir bo‘lubsiz va bu ozgina zamoniy bilgu sababidan vazifa olib, engillik va biroz rifohiyat ila umr o ‘tkarursizki, Tangrim ziyoda etsun! Va sizlami ozgina ilmi zamoniy bilganingiz, albatta, naf kelturdi va alhamdulilloh dini mubing‘a ham yaxshi mu’taqidsiz va bu ilmiy zamoniy e’tiqodingizni buzmadi. Zotan islomiyat shunday bir dini matin va qobili taraqqiydurki, na qadar ilmi zamoniy ko‘b oqusa, insonni yana dini islomg'a shuncha aqidasi mustahkam boiur. Chunonchi, ilmi zamoniy ko‘b o ‘qug‘on Ovrupo ulamolarini(ng) eng nomdor va davlatliklaridan musulmon bo'lub turgonlari jaridaxonlarg‘a ma’lumdur. Bas, sabab bo‘ldiki, ilmi zamoniy islomiyatg'a zarar qilmoq nari tursun foyda etar, endi matlabg'a kelayluk.

Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin