M. Behbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muxtaram yoshlarga murojaat” maqolalari, Sh. Mirziyoyevning Yoshlarga murojaatini tahlil etish va esse tayyorlash.
Bizlarda bir fazilat bor bolsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi iymon-la diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab boimas. Chunki zamonamiz shunday zo'rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur.
Bizlarda bir fazilat bor bolsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi iymon-la diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab boimas. Chunki zamonamiz shunday zo'rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur.
Shuning uchun zamonaning muhlik asbobig'a qarshu muqovamat etadurgon bir narsa bor boisa, ul-da maorifdur.
Tahsili maorifni ibtidoiy qismi muntazam maktablar boigan uchun endi biz Turkiston musulmonlarig‘a ibtidoiy maktablami ko'payturmoq lozimdur. Tabiiy, maktab muallimsiz ko‘paymas. Hozirda esa Turkistonda muallim oz bo‘lub, muallimlarga ehtiyojimiz shadiddur. Chunki bu kunlarda yangi maktab havaskoroni kundan-kun ziyodalashmoqdadurki, muallimlar mavjud bo'lgan taqdirda har yil Turkistonda yuzlarcha maktab ochmoq mumkindur. Endi ushbu mushkul hollarni nazari e’tiborga olub, Turkiston yoshlari muallim yetushdurmoqning chorasini topmoqlari lozimdur. Agar bukungi yoshlarimiz ushbu muhim vazifa va xizmatni ifo etmakga qasd eta boshlasalar, muallim yetushdurmoqni chorasi ham topilsa kerak. Chunonchi, Turkistonda muallim chiqormak uchun dorilmuallimin boimasa ham, har shaharda usuli ta’limdan xabardor bir-ikki nafar muallim, albatta, bordur.
IKKI TIL EMAS, TO’RT TIL LOZIM
Biz turkistoniylarg'a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. Turkiy, ya’ni o ‘zbekini sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o ‘zbakiy soylashur. Forsiy bo‘Isa, madrasa va udabo tilidur. Bukung‘acha Turkistonni har tarafindagi eski va yangi maktablarinda forsiy nazm va nasr kitoblari ta’lim berilib kelgandur. Barcha madrasalarda shar’iy va diniy kitoblar arabiy ta’lim berilsa ham, mudarrislami taqriru tarjimalari forschadu`r. Bu qoida, ya’ni dars kitobi - arabiy, muallim - turkiy, taqrir-u tarjimani forsiyligi xila ajibdur. Turkistonda qadimdan beri bu uch til joriydur. Chunonchi, eski yorliqlardan ma’lum bo‘lurki, Turkistonda eski amir va xonlarni amri farmoyish va muborak nomalari doimo turkiy, yana ayni zamonda dorulqazou adabiyot tahrirlari forsiy yozilar ekan. Bu qoidalar zotan yaxshidur. Ammo bora-bora yoinki kela-kela usuli ta’lim va kitobatg‘a ehmol paydo bo'lub, hozir bir darajag‘a kelibdurki, ahli savod yoinki ahli ilmni yuzdan toqson toqquzi bu uch tilda mukammal tahriri adabiyg‘a molikyoqdur. Ya’ni usuli ta’lim va tadrisni isloh etmak kerak. 0 ‘tayluk. Turkistonning Samarqand va Farg'ona viloyatlarinda forscha so‘ylayturgan bir necha shahar va qishloqlar bordur. Buxoro hukumatining tili forsiydur. Fors shoir-u udabosi asarlari qiyomatg‘acha lazzati ketmayturgan xazinayi ma’naviydurki, mundan foydalanmoq uchun ovrupoyilar milyardlar sarf etarlar.