7 mavzu sertifikatlashning qoida va tartiblari



Yüklə 205,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü205,66 Kb.
#116882
  1   2   3
7-maruza



7 - MAVZU SERTIFIKATLASHNING QOIDA VA TARTIBLARI 
 
Reja
 
1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy serrtifikatlashtirish 
2. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish sxemalari turlarini tahlil qilish
3. Axborot kommunikasion texnologiya vositalarini sertifikatlashtirish
4. Davlat metrologiya xizmatlari tuzilmasining sxemalari
1.Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy serrtifikatlashtirish 
 
Sertifikatlashtirish ikki xil buladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu 
sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon 
hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, 
albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo’ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi 
ixtiyoriydir. 
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqida ega bo’lgan idora 
tomonidan mahsulot jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini 
tasdiqlash tushuniladi. 
Ihtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ 
yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi. 
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan 
va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini yaxshilash, ularning 
raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o’tkazish ehtiyoji ortib 
bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. 
U ko’riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchining /birinchi tomon/ va 
xaridorning /ikkinchi tomon/ manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko’radilar. 
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning 
ishonchiga sazovor bo’lmoqda va shu sababli bunday yo’l keng qo’llanilib, salmoqli ravishda 
tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish 
tizimini tashkil etish amalda shuni ko’rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab 
chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, 
masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun 
elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi. 
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo’lgan standartlar 
doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosida qimmatbaho toshlarni 
sertifikatlashtirish tizimlari qo’llanilgan. 
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o’tkaziladigan 
texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. 
Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash 
havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, 
aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog’ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini 
ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi. 
 
 
2.Mahsulotlarni sertifikatlashtirish sxemalari turlarini tahlil qilish 
Sertifikatlashtirish bo’yicha ISO tarkibidagi qo’mita tomonidan tayyorlangan hujjatda 
uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta sxemasi berilgan 
bo’lib, respublikamizda ham aynan shu 8 ta sxema tadbiq etilgan: 




Yüklə 205,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin