Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan
sinov tashkilotlarida
o’tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan bo’lib, so’ngra savdo
shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib
boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay,
balki
korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo’lishini ham nazorat qiladi.
Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida uning mezonini
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro
sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko’p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to’rtinchi
sxemalarga
qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo’lib, uning afzalligi
ite’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon
hisoblanadi.
Oltinchi sxema faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash
bilan tizimni
baholanishini o’tkazishga mo’ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatlash
deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi
mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.
Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan to’dasidan sinovlarga tanlab olishga
asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab to’dani ortish uchun qaror qabul qilinishi
aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning
hajmi aniqlanishi lozim, bu esa
tayyorlangan to’daning katta-kichikligiga maqbul bo’ladigan sifat darajasiga bog’lik. Qabul
qilingan qoidaga asosan tanlanmani to’plash vakolatlangan sinov tashkilotlari
tomonidan amalga
oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo’llanilishi statistik usulni qo’llash bilan bog’liqdir.
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyerlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga
muvofiqligi sinovlar o’tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqorida-7
sxemalariga qaraganda ta’minlovchining ma’suliyati ancha yuqori.
Tabiiyki muvoffaqiyatli
3
sinovlardan o’tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8- sxema mahsulotga
nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo’yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning
ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga
katta iqtisodiy zarar
yetkazganida qo’llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan
tayyorlanadigan buyumlarda ko’proq qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning
belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bilan
faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi /attestatlanishi/ga asoslangan.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari
tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi va oltinchi sxemadir. Bu
sxemalar to’lik bo’lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro
sertifikatlashtirish
tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining
nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni
majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo
talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo’lgan qonunlar va me’yoriy xujjatlar asosida o’z
ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o’tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi
mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga o’xshashlarni bajarib
uchinchi tomon vazifasini bajaradi.