Yaxshilik va yomonlik Reja 1. Yaxshilik va yomonlik oʻrtasida tafovut.
2. Rasululloh (s.a.v) naqllari.
3. Insonning eng goʻzal damlari yaxshilik bilan.
Dunyoning ishlari juda qiziq turli xil insonlar bilan gavjum. Ular qatorida yaxshisi-yu yomoni ham bor. Doim yaxshilik deyilganda insoning koʻz oldiga yomonlik ham keladi. Ikkalasi bir-biriga bogʻliq narsa. Biri yomon boʻlsa ikkinchisi yaxshi nom qoldiradi. Yaxshilik bor doim uning qadriga yetamiz negaki yaxshilik yoʻq boʻlsa edi insonlar razil yoki dunyo yomonlikka toʻlgan boʻlar edi. Yaxshilik bor joyda doim yaxshi kayfiyat, yorugʻlik insonlarni dilini shod etuvchi soʻzlar boʻladi. Yaxshilik haqida Alloh taoloning kalomi va Rasululloh (s.a.v) goʻzal soʻzlari bor. Misol uchun: Taqvoli zotlarga: Robingiz nimani nozil qildi? deyilganda ular: Yaxshilikni deyishadi. Bu dunyoda ham u dunyoda ham yaxshilik qilganlarga allohning mukofoti katta boʻladi. Agarda biz imkonimiz boʻla turib insonlarga yordam qoʻlimizni choʻzmasak bu islomga ham iymonga ham toʻgʻri kelmaydi. Shunday ekan doim inson iloji boricha yaxshilik qilishi kerak. Insonlardan yaxshilik qaytadi deb emas alloh doim meni siylaydi deb yodda tutish kerak. Chunki kimgadir yaxshilik qildikmi alloh shu zahotiyoq bizni goʻzal narsalar bilan siylaydi. Mening oʻylashimcha inson qilgan yaxshi ishlari va ammalari bilan baxtli boʻla oladi. Bu borad yaxshilik toʻgʻrisida maqol ma'tal turli xil filmlar ham bor. Misol uchun: Oʻng qoʻling qilgan yaxshilikni chap qoʻling bilmasin. Yaxshilik qil suvga ot. Shu kabi namunalar ham keltirsak boʻladi. Inson doim yaxshilik qilsa atrof ham unga shunday koʻrinadi. Shunday ekan inson doim yaxshilik qilishi odamlarga yordam berishu kerak. Biz siz hammamiz yaxshilik qilaylik dunyo bizdan yaxshilik olsin. Insondan faqat yaxshi nom qoladi. Shunday imkonni alloh bizga bergan ekan yaxshilik qilishda davom etaylik.
Dunyo yaralibdiki, Ikki tushuncha mavjud borliq orasiida ya’ni aytmoqchimanki, yaxsshilik va yomonlik degan tusshunchalaar bor. Yaxshilik — eng muhim fazilat boʻlib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bagʻishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham "ezgu (yaxshi) fikr", "ezgu (yaxshi) soʻz", "ezgu (yaxshi) amal" tushunchalari Avestodan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetakchi oʻrin egallagan. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqkoʻngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo'ylik kabi fazilatlar mujassam boʻladi. Yomonlik — yaxshilikning ziddi, shaxs va jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchi illat. Bu borada juda ko’plab qarashlar bor. Masala, Xalqimizning sevimli shoiri Tohir Malik ta’kidlashicha, yaxshi kishilar birovdan yomonlik ko’rsa ham yaxshilikdan ayrilmaydilar. Umri yaxshilik qilish bilan o’tgan kishi vafot etsa ham, yaxshiligi yashayveradi. Yomonlikka yomonlik bilan javob berish- haqqimizdan, yaxshilik bilan javob berish esa insoniyligimizdan juda chiroyli yoritib bergan. Diniy nuqtai nazardan yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy xislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi; yaxshilik ham, yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Qur’onda yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga o’zining ne’matlari bilan ehson qilganidek, inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi lozimligi ta’kidlanadi.