Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
540
w
www.oriens.uz
November
2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISH
TARIXI VA AHAMIYATI
Mamadayupova Vasila Shonazarovna,
TDYU, Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi
v.mamadayupova@mail.ru
ANNOTATSIYA
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida
yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi
barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada
davlatimiz ramzlaridan biri bo’lgan Konstitutsiya haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so’zlar
: konstitutsiya, modda, bob, mustaqillik, demokratik , qonun.
ABSTRACT
Since the day Uzbekistan declared its independence, a new, sovereign state has
been established on the world stage, and the legal foundation stone of independence
was established with the adoption of the first Constitution. This article provides
information about the Constitution, which is one of the symbols of our country.
Key words:
constitution, article, chapter, independence, democratic, law.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida so‘z
yuritishdan avval “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga
muvofiqdir.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) –
davlatning Asosiy
Qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini,
ularning
vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi,
fuqarolarning huquq va
erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek,
sud tizimini
hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator
Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo
mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat
xususiyatiga ega bo’lib, shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi
xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
ASOSIY QISM
Asosiy Qonunimiz yaratilishining
murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli
solnomasiga nazar solar ekanmiz,
hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi