Barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada davlatimiz ramzlaridan biri bo’lgan Konstitutsiya haqida ma’lumotlar beriladi



Yüklə 411,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix21.12.2023
ölçüsü411,46 Kb.
#188740
1   2   3   4   5
o-zbekiston-respublikasi-konstitutsiyasining-yaratilish-tarixi-va-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
543 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
ma’noda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining tashabbuskori, ilhomlantiruvchisi va 
asosiy muallifi mamlakat Prezidenti hisoblanadi. Binobarin, taqdir Islom Karimov 
zimmasiga jamiyatni yangilash, o‘tish davrining murakkab sharoitida davlatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, 
davlat-huquqiy 
va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan 
rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qilish, jumladan, bo‘lajak 
mustaqil yurt Konstitutsiyasini yaratish kabi tarixiy vazifalarni yuklagan edi. 
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam – birinchi 
Prezidentimizning Hindistonga 1991 yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq. 
Aytish kerakki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991 yil 17-19 
avgust kunlari “Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston Prezidentining 
xorijga qilgan birinchi mustaqil – tarixiy tashrifi edi”. Yurtboshimiz Hindistonda 
bo‘lgan bir paytda – 19 avgust kuni o‘zini “Davlat favqulodda holat qo‘mitasi”, ya’ni 
GKChP deb atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to‘ntarishini sodir 
etishga qaratilgan murojaati e’lon qilindi. 
Afsuski, O‘zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKChPning 
noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix 
buni yaxshi eslaydi. 
Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” 
kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan: 
“Prezident Islom Karimov GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19 avgust 
kuni zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy 
kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda Markazdan 
kelgan 3 nafar general kutib oladi. 
Bu o‘sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga zid bo‘lib, tagdor siyosiy 
ma’noga ega edi. 

Yüklə 411,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin