Barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada davlatimiz ramzlaridan biri bo’lgan Konstitutsiya haqida ma’lumotlar beriladi



Yüklə 411,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix21.12.2023
ölçüsü411,46 Kb.
#188740
1   2   3   4   5
o-zbekiston-respublikasi-konstitutsiyasining-yaratilish-tarixi-va-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
541 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil 
ishonch hosil qilamiz. 
Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy 
davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va 
So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek 
xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning 
mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan. 
Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, asosiy 
Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or 
konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan. 
Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, 
muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni 
bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, 
Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy 
qismidir. Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga 
davlat tili maqomi berilishidir. Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 
oktabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi 
unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan 
biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin 
sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. “O‘z ona tilini 
bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q 
odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi”, degan fikrlar o’rinlidir. 
Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qilishi 
kerak. 
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, 
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga 
davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz 
bahslar bo‘lib o‘tgani alohida eslab o‘tilgani bejiz emas. 
O‘sha qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd 
etganidek: “Og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, 
barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, 
xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga 
erishdik”. 
Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan 
muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha 
muhrlab qo‘yildi: 



Yüklə 411,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin