Jahon Banki 2020-yil uchun inson kapitali indeksini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston ham ilk marotaba ishtirok etdi



Yüklə 358,41 Kb.
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü358,41 Kb.
#119296
  1   2
Jahon Banki 2020-yil uchun inson kapitali indeksini eʼlon qildi


O‘z Ўз Руc En Kz Tj

Qidirish



Jahon Banki 2020-yil uchun inson kapitali indeksini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston ham ilk marotaba ishtirok etdi

Ta'lim 18 Sentabr 2020 3611


Jahon Banki tomonidan dunyo davlatlarining 2020-yil uchun inson kapitali indeksi eʼlon qilindi. Dunyo aholisining 98 foizi istiqomat qiluvchi 174 ta mamlakat ishtirok etgan mazkur reytingga ilk marotaba Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar ham kiritilgan.


Ushbu maʼlumotlar 2020-yil mart oyigacha boʻlgan davrni qamrab oladi va pandemiyagacha bolalar salomatligi va taʼlimining asosiy koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi.


Inson kapitaliga investitsiya (inson hayoti davomida toʻplangan bilim, koʻnikma va salomatlik) bolaning salohiyatini namoyon etish va har bir mamlakatda iqtisodiy oʻsishni jadallashtirishda asosiy rol oʻynaydi.


Qayd etish lozim, inson kapitali indeksi bolaning kelajakda qay darajada samarali kadr boʻlib shakllanishini oʻlchaydi. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha intervalda boʻlib, qiymat 1 ga yaqinlashishi bugungi bolalarning kelajakda qay darajada yetuk inson boʻlib shakllanishini koʻrsatadi.


Jahon banki guruhi tomonidan oʻtkazilgan yangi tahlilga koʻra, COVID-19 pandemiyasi soʻnggi oʻn yillikda sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalari erishilgan yutuqlarga tahdid solmoqda, bu ayniqsa eng kambagʻal mamlakatlarga kuchli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, pandemiya boshlangunga qadar aksariyat davlatlar bolalarda inson kapitalini shakllantirish boʻyicha barqaror oʻsishga erishgan. Kam daromadli mamlakatlarda esa bu koʻrsatkich eng yuqori natijaga ega boʻlgan.


Shu bilan birga, ushbu taraqqiyotga qaramay va pandemiya taʼsiri sezila boshlangunga qadar, oddiy davlatda tugʻilgan bola toʻliq taʼlim va sogʻliqni saqlash sharti bilan inson kapitalining potensial darajasining atigi 56


Welcomefoiziga erishishgatoTelegramumid qilishi mumkin edi.


Pandemiya tufayli bolalarning aksariyati (1 milliarddan ortiq) maktabga bormadi va taʼlim olish uchun belgilangan oʻrtacha olti oylik bilimlarni yoʻqotilishi iqtisodiy jihatidan sezilarli yoʻqotishlarga olib keladi.

Ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etgan Oʻzbekiston 62 foiz natija koʻrsatgan. Yaʼni Oʻzbekiston MDH mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozogʻiston (63 foiz)dan keyingi oʻringa joylashgan.


Markaziy Osiyo mamlakatlari miqyosida esa Qozogʻiston va Oʻzbekistondan tashqari, Qirgʻiziston 60 foiz, Tojikiston 50 foiz natija koʻrsatgan.





Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, 2020-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasining maʼlumotlari “Inson kapitali indeksi” reytingida eʼlon qilinmagan. Yaʼni Oʻzbekiston tomonidan faqat sogʻliqni saqlash va iqtisodiy koʻrsatgichlar taqdim etilgan va bu Jahon banki tomonidan qabul qilingan. Biroq 2017-yilga qadar mamlakatimiz maktab oʻquvchilarini bilimini aniqlash uchun oʻtkazilgan monitoring ishlari xalqaro standartlarga mos ravishda emasligi sababli taʼlim sifati (oʻquvchilarning bilimini baholash) boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar qabul qilinmagan. Yurtimizda mavjud taʼlim sifati boʻyicha ishonchli maʼlumot taqdim etish uchun 2019-yilning noyabr oyida Taʼlim inspeksiyasi Jahon banki bilan hamkorlikda TIMSS xalqaro tadqiqotlari savollari asosida matematika boʻyicha maktab oʻquvchilarining bilimi oʻrganilgan edi. Mazkur sinovlarda maktab oʻquvchilari qayd etgan natijalar ham yurtimizda inson kapitalini aniqlashda muhim maʼlumot boʻlib xizmat qilgan.
Jahon Bankining hisobotida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining taʼlim sifati boʻyicha natijalari haqida shunday deyiladi:

“Tayanch taʼlim sohasidagi mintaqa natijalari har xil boʻlsada, umuman olganda mintaqaning dunyo standartlari boʻyicha koʻrsatkichlari yomon emas. Oxirgi 10 yillik ichida maktabda oʻqish davomiyligi uzaydi. Ahamiyatlisi, koʻrsatkichning eng sezilarli oshishi Ozarbayjon, Albaniya, Chernogoriya, Polsha va Rossiyada kuzatildi – bu esa asosan oʻrta maktabga va maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilinayotgan bolalar soni oshishi hisobiga sodir boʻldi. Shu bilan birga, qator mamlakatlarda (Bolgariya, Moldova, Ruminiya, Ukraina) maktabda kutilayotgan oʻqish davomiyligi qisqardi.


Mamlakatlarda taʼlim sifati oxirgi oʻn yillikda oʻrta hisobda yaxshilanmadi. Taʼlim sifati yomonlashgani kuzatilgan davlatlar qatorida Bolgariya va Ukraina bor. Taʼlim sifatini oshirishga erishgan davlatlar sirasiga Albaniya, Moldova va Chernogoriya kirdi.

Inson kapitali indeksi boʻyicha hisobotda dunyoning barcha mamlakatlari maʼlumotlar oʻlchovlarini takomillashtirishga daʼvat etiladi. Bu esa siyosatni belgilab berishga masʼul boʻlgan shaxslarga yordamni unga eng koʻp muhtoj boʻlganlarga berishga zamin yaratadi.


Jahon banki Inson kapitali indeksi doirasida bolaning rivojlanish trayektoriyasi (tugʻilganidan voyaga yetgunicha) qator muhim koʻrsatkichlar boʻyicha baholanadi:


tirik qolish ehtimoli (tugʻilganidan 5 yoshgacha);


boshlangʻich va oʻrta maktabda kutilayotgan taʼlim sifatiga qaratilgan oʻqish davomiyligi; rivojlanishi orqada qolayotgan bolalar foizi;


katta yoshdagi avlodning yashovchanligi.


IKI-2020 baholash mezonlari joriy yilning mart oyigacha, pandemiyagacha qayd etilgan muhim prinsipial koʻrsatkichlarni taqdim qiladi.


Olingan natijalar esa pandemiyadan soʻng tiklanish davrida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida siyosat va investitsiya masalalari boʻyicha qarorlarni qabul qilishda axborot manbayi boʻlib xizmat qiladi”.


Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ilk marotaba inson kapitalini baholashga qaratilgan PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ham ishtirok etmoqda. Bugungi kunda Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar tarqatilmoqda. Ularning malakasini oshirish uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar oʻtkazilmoqda. Shuningdek, maktab oʻquvchilari uchun xalqaro tadqiqotlarda foydalaniladigan namunaviy savollar asosida onlayn-trenajyorlar tashkil etildi. Respublika boʻyicha 348 ta tayanch maktablar belgilanib, qolgan maktablarni ularga biriktirgan holda pedagoglarning malakasi oshirilmoqda.


Nashr etmoq f



Welcome to Telegram




Yüklə 358,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin