MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJINERINGI”
FAKULTETI 4-BOSQICH KI 11-20 SIRTQI GURUH TALABASI
ESHNOROVA GULRUHNING
“PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA” FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: ESHNOROVA G
MAVZU: XORIJIY PEDAGOGIKADA TA’LIM-TARBIYA.
REJA:
1. Antik davrda ta’lim-tarbiya.
2. Estetik tarbiya.
3. Axloqiy tarbiya.
4. Ekologik tarbiya.
5. Muloqot va uning turlari.
Yaponiya ta’lim tizimi, Germaniya ta’lim tizimi, Buyuk Britaniya ta’lim tizimi, «Gomogenlar>, «Yarim gomogen», «Gegeron», «Ixtisos maktablari», «Davlat maktablari», «Xususiy maktablar», «Oraliq maktablar», «Kollejlar», «Dorilfununlar».
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.
CHet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
Darxaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir. SHu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning xam xamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. SHuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab isloxotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni xarakatlantiruvchi kuch» deb xisoblagan.Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 80 — yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.
Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir kator farklar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’kuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakulьtativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika ta’limi o’quv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini o’rganish xam kiritilgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkybiga fizika, ximiya, biologiya, bazi xollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’kitiladi. O’kuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada 70-80-yillarda to’liksiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat –e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni
maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va
xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv
dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi. 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir. Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi. Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.
Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi. Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan.
2-mavzu: Antik davrda ta’lim – tarbiya.
Reja:
1. Dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda ta’lim va tarbiyaning o`rni. Qadimgi YUnoniston va Rim davlatlarida tarbiya va maktab. Qadimgi yunon faylasuflari ta’limoti.
2. Xalq o`gaki ijodida tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi. “Avesto” qo`hna ma’rifiy yodgorlik.
O’quv dasturlarini qayta ko’rib chiqish
3. O`rxun-Enasoy yodgorliklari va ularning ma’rifiy ahamiyati.
Kishilik jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida inson kamolotining qonun-qoidalari, tartibi va vositalarini o`rganish, umumlashtirish davr talabidir.
Insoniyat mavjud ekan, uning ma‘naviy taraqqiyotini ta‘minlovchi ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot kabi tushunchalar xar bir ijtimoiy tuzumda mavjud bo`lib, u tafakko`r tarixining qayta tug`ilishi va rivojlanishi bilan bog`lik holda pedagogika fanidagi yutuqlarini o`zlashtirish imkonini beradi.
Pedagogika tarixi fanini o`zlashtirish ma‘naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning xarakatlantiruvchi kuchi hisoblangan inson kamoloti haqidagi g`oyalarga ijodiy yondoshgan holda o`rganish imkonini beradi.
Pedagogika tarixini o`rganish inson kamolotining xazinasi bo`lib, kishilik jamoasi taraqqiyotidagi tajribalarga suyangan holda rivojlanib keldi.
Ushbu fanni o`rganish o`qituvchida pedagogik madaniyat, mahorat, tarixiy asarlarni taxlil qilish va munosabat bildirish malakalarini shakllantiradi.
Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo`lib, uning metodologik asosi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi milliy meros va qadriyatlar, ulug` qomusiy mutafakkirlarning inson kamoloti haqidagi asarlardagi g`oyalar ma‘rifatparvar va pedagoglarni ilmiy izlanishlari hisoblanadi.
O`z tarixini bilish xar bir millat uchun farz, chunki tarixni bilishga intilish inson aqli, farosatiga xos azaliy hususiyatdir.
SHu sababdan, pedagog o`z kasb faoliyatining kelib chiqishini, undagi ma‘naviy g`oyalarni pedagogika tarixi kursida o`rganadi.
Pedagogika tarixi yosh avlodning tarbiyasiga doir kishilik jamiyatining ijtimoiy, tarixiy bosqichlaridagi ta‘lim-tarbiya tizimi, uning qonun-qoidalari, ulug` mutafakkrlar hamda pedagoglarning ta‘lim-tarbiya va maorif sohasidagi g`oyalari va ularning rivojlantishini o`rganadigan fandir.
Pedagogika tarixi fani jahon va O`rta Osiyo xalqlari tarixidagi ma‘naviy va ta‘lim tarbiyaga doir fikrlarni o`rganishga xizmat qiladi. Bunda o`tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy pedagogik meroslarini va uning milliy asoslarini o`rgatishga qaratilgandir. Pedagogika tarixiga kiritilgan g`oyalar bo`lajak o`qituvchiga bilim beribgina qolmay, balki ularda milliy iftixor va faxr xissini tarbiyalaydi. Yurtboshimiz I.Karimov aytganideq "Xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy merosining o`zi bir Xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim"'.
Ma‘naviy istiqlol xazinasi ajdodlarimiz yaratgan milliy merosimizni chuqur o`rganib, uni butun dunyo oldida ko`z-ko`z qila bilishimiz kerak. Hind olimi Robindranat Tagor xar bir millat dunyo oldida o`z milliy moxiyatini namoyon etishga majbur ekanini aytgan edi.
Millat o`zida nimaiki yaxshi narsa bo`lsa uni umumiy mulkiga aylantirmogi lozim. Oliyjanob ruh millat boyligi hamdir. Uning mulki esa xususiy tor manfaatlarini yenga borib butun dunyoni o`z ma‘naviy madaniyatida qatnashishga taklif eta bilishligidadir.
- "Qadrlar tayyorlash milliy dasturi" bo`lajak mutaxassislarning jamiyatda o`z o`rnini topa bilishiga keng imkoniyat yaratadi.
Mustaqillik davrida xar bir inson o`z tarixini chuqur bilgandagina o`zligini anglay oladi.
Tariximizda juda ko`p ta‘lim-tarbiya tizimlari mavjud bo`lganligi tufayli mutaxassis o`sha davrdagi g`oya va ta‘lim-tarbiya mazmunini tahlil qilib, uni ijodiy rivojlantirmog`i lozim.
I.Karimov Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot yo najot masalasidir" degan fikrini ko`p mushohada qilib shunday yozgan edi:
"Buyuk mutafakkirlarni bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun, qanchalar muhim, dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunaliq balki undan ham ko`ra muhim va dolzarbdir..."'.
O`tmishdagi pedagog olimlar qoldirgan" pedagogik qadriyatlar yosh avlod tarbiyasi uchun dasturul amaldir.
Mustaqillik tufayli pedagogika tarixini o`rganishda yangi-yangi muammolar o`rganilmoqda. Mustaqqillik pedagogik g`oyalarning rivojlanishida tarixiy izchillikni amalga oshirish, qadrlarning ma‘naviy, g`oyaviy tarbiyasini shakllantirishda pedagogik qadriyatlarga suyanish, ta‘lim-tarbiya sohasidagi o`tmish meros va umumbashariy qadriyatlar, milliy urf-odat va an‘analardan foydalanish bo`lajak o`qituvchining pedagogik bilim va mahoratini oshirish imkonini beradi.
Pedagogika tarixi fanining vazifasi xar bir o`qituvchi, murabbiy, tarbiyachi va turli kasb ziyolilariga insonshunoslik va tarbiya-ta‘limshunoslik borasida boy bilim, hayotiy malakalarni hosil qiladi. Pedagogika tarixi fani 1939 yildan boshlab, pedagogika oliy maktablarida o`qitilmoqda. Uning vazifalari.
-Kishilik tarakdiyotidagi ta‘lim-tarbiyaging ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy riojlsshish haqida ma‘lumot berish;
-Utmishdagi ta‘lim va tarbiya masalalarini, texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yukskak g`oya va tajribalarni jadal rivojlantirishni ijodiy o`rganish;
- Bo`lajak o`qituvchilarni o`quv tarbiya yo`li jarayonida buyuk mutafakkir olimlarning asarlaridagi pedagogik g`oyalarini o`rganish.
Pedagogika tarixi fani tarixiy tarakqiyot jarayonida xalqimiz yaratgan xalq pedagogik ijodini o`rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi. Pedagogika tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi:
1.Qadimgi Sharq va G`arb xalqlari pedagogika tarixi. Bu davrda tarbiya muammosi, uning kelib chiqishi, tarixiy tarakqiyoti. O`rta Osiyodagi ibtidoiy quldorlik davrlarida tarbiya mifologiyaning yaratilishi. Shu bilan birga Qadimgi Gretsiya va Rimda ta‘lim-tarbiya masalalari o`rganiladi.
2.Movarounnahr xalqlari pedagogika tarixi.
VIII-XII asrlarda yaratilgan xalq pedagogikasi keng yoritiladi, hamda Islom din i va xadislarda ta‘lim-tarbiya o`rganiladi.
3.SHarq uyg`onish davridagi ta‘lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlar haqida. SHarq uyg`onish davrining o`ziga xos hususiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o`zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishi Arab forsiy va turkiy tillarda ijod etgan adiblar ijodida ta‘lim-g`arbiya, ma‘rifatparvarlik g`oyalari. Yusuf Xos Xrjibning "Qutadg`u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Xibbatul xaqoyik" dostonlarida (XI-XII asr), Ahmad Yassaviyning "Devoni xikmat"ida ta‘lim-tarbiya, axloq-odob, inson kamoloti bilan bog`lik mulohazalar. Ularning shu kunlardagi ahamiyati.
SHu bilan birga Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiylarning ma‘rifiy va pedagogik qarashlari beriladi. Sharq mashohiylarining ijodiyoti va ularning ta‘lim -tarbiya haqidagi ibratli g`oyalari beriladi.
4.Temuriylar davrida madaniyat, ta‘lim-tarbiya masalalari.
Movarounnahrda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning tarixiy rivojlanishi.
Temur shaxsi. Temur saltanatining vujudga kelishi. Temur saltanatida ijtimoiy
va madaniy hayot. Temur davrida san‘at va me‘moriy asarlar (Tabrizdagi masjid,
SHerozdagi saroy, Bog`doddagi Madrasa, Ahmad Yassaviy maqbarasi). Temur davrida turkiy tilning rivojlanishi. Turkiy tilda yozilgan Temo`rning "Tuzukot" asaridagi tarbiyaviy g`oyalar.
SHu davrning yirik namoyondalari: Shayx Xo`ja Bahovuddin, shoir Nishopuriy, Shayx Kamollidin Ho`jandiy, shoir Ahmad Kirmoniylarning ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlari.
SHu bilan birga Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug`beq Alisher Navoiyning pedagogik g`oyalari bayon etiladi.
5.Turkitsonda maktab va pedagogik g`oyalar.
Rossiya tomonidan Turkistonning bosib olinishi. Turkiston o`lkasida o`qitish tartibi. N.Ilminskiy va V.Nalivkinlar tomonidan tashkil qilingan maktablar. Turkiston o`lkasidagi manfaatparvar shoirlarning ilm, savodsizlikni tugatish, til o`rganish hususidagi fikrlari. Ahmad Donishning hayoti, ma‘naviy merosi, uning tarbiyaviy ahamiyati.
XIX asrning 80-90 yillarida Turkiston o`lkasidagi ijtimoiy siyosiy o`zgarishlar. O`zbek demoqrat-ma‘rifatchilarining ijtimoiy-ma‘rifiy qarashlari. Muhammad Amin Mirzaho`ja o`g`li Muqimiy , Ubaydulla Solih o`g`li Zavqiy, Zoqirjon Muhammad o`g`li Furkat. Furqatning hayoti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, asarlarining tarbiyaviy ahamiyati. Furkat tomonidan ilm-ma‘rifatning targ`ib qilinishi. XIX asrning 80-90 yillarida ijtimoiy-siyosiy hayoti. Dastlabki boshlang`ich maktablarining tashkil qilinishi.
Abduqodir Shakuriy, A.Raxmatullaev va Siddiqiy Ajzi, Said Rasul Aziziylarning hayoti, o`qituvchilik faoliyati, tashkil qilgan maktablari va undagi ta‘lim-tarbiya mazmuni. Ular tomonidan yozilgan darsliklar.
6. Mustaqil O`zbekistondagi Yangi usul maktablari va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi.Turkistonda jadidchilik xarakati va uning maorif taraqqiyotidagi o`rni.
O`zbekistonda dastlabki o`rta ta‘lim maktablarining tashkil etishi va rivojlanishi. Boshlang`ich va o`rta ta‘lim maktabda o`qitish mazmunining takomillashib borishi. Savodsizlikka qarshi kurash va uning jonkuyarlari.
Yangi usul maktablarining vujudga kelishi. Maktab haqidagi qonun va karorlar. Maktab uchun o`qituvchi qadrlar tayyorlash tartibi, umumiy ta‘lim maktabining istikboli. Hamza hamda Abdulla Avloniyning pedagogik ta‘limotlari.
7. Mustaqil O`zbekistonda Xalq ta‘limi va pedagogika fanining taraqqiyoti tarixi. Pedagogika tarixi fanini chuqur o`rganish uchun u bilan bog`lik bo`lgan bir qator fanlar tizimini o`rganish, birinchi navbatda falsafa, ruhshunosliq anatomiya-fiziologiya, tarih jamiyatshunosliq adabiyot tarixi, maktab gigienasi va boshqalar.
Qadimgi xalq og’zaki ijodiyotida inson tarbiyasiga oid fikrlar
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.
Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: Ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.G’afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug’chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug’ning áarcha a’zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
bolalar va o’smirlar;
v) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;
s) keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. o’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo’lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo’lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo’ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.
Eramizdan oldingi ming yillik o’rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo’llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo’lib yashash an’anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo’lishning o’ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni o’zaro bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta dengizga “Buyuk ipak yo’li”ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ladi.
Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o’tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari qo’llanilgan.
Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. “Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir”, - deydi olim. SHunga ko’ra ular ko’proq o’g’il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to’g’ri so’zlikka o’rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’g’il bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar.
O’g’illar hech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. SHu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar.
Gerodotning ushbu ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo’ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar.
Dostları ilə paylaş: |