Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali “kompyuter injineringi” fakulteti 4-bosqich ki 11-20 sirtqi guruh talabasi eshnorova gulruhning


Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi



Yüklə 253,25 Kb.
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü253,25 Kb.
#205466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
PEDAGOGOKA 1-MI

Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko‘pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko‘proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga befarq bo‘lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida qayd etib o‘tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.”
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o‘zaro aloqasini xatto tashqi ko‘rinishini ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo‘g‘i 4 yilda egallab olar ekan. SHunisi hayratlanarliki, 1998 yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo‘lsa, 2001 yilda ularning soni 700 millionga etgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Bu borada uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo‘ladi...
Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta’sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko‘ra, avvalo:

narxining arzonligi;
- asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj;
-yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo‘lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag‘ishlaydi;
- chinakam global xarakterga ega ekanligi.
Ahamiyat berilsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg‘ulariga va dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e’tibor beradigan bo‘lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o‘zgarishga bo‘ladigan ta’sir san’at va adabiyotdanda ko‘lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.


Yüklə 253,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin