2-mavzu:
Raqamli texnologiya.
Reja:
1.
Arifmetik asoslari.
2.
Ma`lumotlar kodlash, raqamli tizim.
Arifmetik asoslari.
Ushbu o’quv mavzusida raqamli texnologiyada qo’llaniladigan
sonlar tizimi,
razryad og’irligi, raqamli texnikaning asosiy mantiqiy elementlari va ularning
kombinasiyalari, ular asosida sxemalar yig’ish va ularni soddalashtirish usulari va boshqa
elementlari ko’rib chiqiladi. Kompyuter texnologiyasi bo’yicha ularning tuzilishi va uni
elementlarining asosiy vazifalari, axborot texnologiyasi va tizimlari haqida,
yo’nalishning andozaviy dasturiy vositalari, hamda elektromexanik tizimlarni avtomatik
boshqarish tizimlarini xisoblash va tadqiqot qilish uchun
sonli metodlar hamda maxsus
dasturlar majmuasini usullari ko’rib chiqiladi.
Mavzuning o’qitishdan maqsad - talabalarni texnologik
komplekslarni, robotlarni
va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv
algoritmlarini o’rganish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini
ta'minlashdir.
Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizimlarning mehnat unumdorligini oshirish
va sifatli mahsulot ishlab chiqarish ushbu sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik
darajasiga bevosita bog’liqdir. Sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik
darajasi bu
qurilmalarning zamonaviy va energetik ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan texnika vositalari
bilan jixozlanishi hamda ishlab chiqarishni boshqarishni dasturiy tizimini yaratish bilan
belgilanadi. Sanoat qurilmalari ishchi organlarini harakatlantiruvchi va ularni
boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining asosini dasturiy boshqarish
tashkil etadi.
Dasturiy boshqarish tizimlari (DBT) ning tashkil etuvchi elementlariga ishchi
mashinaning ijrochi organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uning koordinatalarini
boshqaruvchi boshqariluvchi o’zgartkich, o’zgartkichning
boshqaruv tizimi va turli
o’lchov o’zgartkichlar, vazifalovchi qurilma hamda turli elektron moslama va qurilmalar
kiradi. Biroq zamonaviy DBT ni loyihalash, tahlil qilish va yaratish jarayonida maxsus
hisoblash tizimlari hamda konkret boshqaruv ob'ekti uchun dasturiy ta'minotni bilish
talab etiladi. "Dasturiy va raqamli boshqarish" fanning asosiy vazifalaridan biri
texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy boshqarish tizimlari,
boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganishdan iboratdir. "Dasturiy va
raqamli boshqarish" fani boshqa umumiy texnika fanlarga asoslangan xolda alohida fan
sifatida yuzaga kelgan va oliy ta'limning "Elektrotexnika, elektromexanika va
elektrotexnologiyalar (mashinasozlik)" bakalavriatura yo’nalishining
ixtisoslik fanlari
blokiga kirib, talabalarni texnologik komplekslarni, robotlarni va liniyalarni dasturiy
boshqarish tizimlari, boshqaruv strukturalari, boshqaruv algoritmlarini o’rganish bo’yicha
yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta'minlashga amaliy manba bo’lib xizmat
qiladi.
"Raqamli va dastur boshqarish" mavzusini o’qitishdan
maqsad talabalarni elektr
texnik, elektr mexanik va elektr texnologik ob'ektlarni boshqarish tizimlarini
loyixalashda zamonoviy kompyuter va raqamli texnika vositalarini qo’llashga
o’rgatishdan iborat.
Ma'lumki, elektr texnik, elektr mexanik va elektr texnologik ob'ektlarni
ifodalovchi matematik modellarni yuqori o’lchamliligi va chiziqsizligi, boshqarish
algoritmlarini murakkabligi raqamli hisoblash texnikasi vositalarini keng qo’llamasdan
turib, mazkur ob'ektlarni avtomatik boshqarish tizimlarini (ABT) yaratish juda qiyin.
Fanni o’qitishning vazifasi talabalarni mavjud bo’lgan
raqamli va axborot
texnologiyalarini asoslari hamda tayyor dasturlar vositalari bilan tanishtirish va kelgusida
elektromexanik tizimlari ABT ni xisoblash va tadqiqod qilish uchun maxsus dasturlar
majmuasini (MDM) tuzishdan iborat. Ushbu fan "Informatika" kursida o’tilgan
bilimlarga asoslanadi. Bunda talabalar informasiya, xotira, raqamli texnikaning
qurilmalari, fayl, dastur, tarmoq va boshqa tushunchalarga ega bo’lishi kerak. Texnikaga
aloqador bo’lmagan insonlar robotlar, EHMlar, kalkulyatorlar
va boshqa elektron
qurilmalarga qandaydir, tagiga tushunib yetish qiyin bo’lgan ob'ekt deb qarashadi. Aslida
esa bu qurilmalar aniq mantiq qonunlari asosida ishlaydi.
Mantiqiy elementlar har qanday raqamli sxemalarnng asosini tashkil qiladi. Biz
ko’rib chiqadigan mantiqiy elementlar ikkilik sanoq sistemasidagi raqamlar bilan
ishlagani uchun ikkili mantiqiy elementlar deyiladi. Mantiqiy elementlarni oddiy
uzgichlarda, releda, tranzistorlar, diodlar va integral sxemalarda (IS) yig’ish munkin.
Arzonligi, ixchamligi va keng tarqalgani tufayli ko’pgina mantiqiy elementlar IS larda
yig’iladi.
2.1-rasm: Mantiqiy element.