Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali “kompyuter injineringi” fakulteti 4-bosqich ki 11-20 sirtqi guruh talabasi eshnorova gulruhning



Yüklə 253,25 Kb.
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü253,25 Kb.
#205466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
PEDAGOGOKA 1-MI

Mehnat estetikasi
Mehnat ­– insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsad faoliyati. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning “Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman” qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qiladi. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, “ichdan” bo‘lmasa ham, unga “tashdan” go‘zallik, musiqiylik, badiiylik ko‘rishiga xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham “ichdan”, ham “tashdan” go‘zal bo‘lishini ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda estetik tarbiyaning o‘rni nihoyatda katta va ularga, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya tarbiyani kiritish mumkin. Sog‘lom turmush tarzi estetikasiga an’anaviy va zamonaviy yondoshuvlar mavjud. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlariga: ommaviy axborot vositalari; san’at; badiiy adabiyot kiradi. SHaxsni estetik tarbiyalashda ta’lim tizimining roli nihoyatda ahamiyatlidir. Mehnat esa - turmush estetikasining muhim omili hisoblanadi. Insonda xulq go‘zalligini shakllantirishning zamonaviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, didlilik va farosatlilik – yuksak madaniyat belgisi, farosatsizlik esa shaxs kamolotidagi illat hisoblanadi. Insonda tabiiy go‘zallik bilan estetik didning mutanosibligi muammosi mavjud bo‘lib ularga, sipolik va bachkanalik kiradi. SHaxs va jamiyat estetik madaniyati mavjud bo‘lib, jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotining estetik madaniyat shakllanishiga ta’siri kattadir. SHaxs va jamiyat estetik madaniyatining dialektik aloqadordir. Estetik madaniyat yuksalishining milliy va umuminsoniy jihatlari mavjud bo‘lib, etetik didga “ommaviy madaniyat”ning ijobiy va salbiy ta’siri nihoyatda kattadir. Estetik ravnaq esa estetik ehtiyoj hamda estetik did bilan dialektik aloqadordir. Sportning ham ma’naviy-estetik jihatlari mavjud bo‘lib, inson tanasi va turmush tarzini go‘zallashtirishga sportning ta’siri, sport estetikasining zamonaviy ahamiyati beqiyosdir.
Zamonning o‘zgarishi bilan insonning jamiyatga, tabiatga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib boradi. Bu esa shubhasiz, insonning tafakkuri bilan bog‘liq jarayondir. Zotan, insoniy munosabatlarga daxldor bo‘lgan biror-bir jarayon yo‘qki, u erda tafakkur ishtirok etmasa. SHunday ekan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashining voqelikka ko‘rsatadigan ta’siri bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib turgan milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida e’tirof etilishi bejiz emas. Bu jarayonlarda estetika amaliy jihatdan o‘zini estetik tarbiya orqali namoyon qiladi. Zero, avval boshda uqtirib o‘tganimizdek, nafosat tarbiyasi insonda hayot va san’atdagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lish, ularni baholay bilish hamda o‘zi ham go‘zalliklar yaratish tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘mak beradi. Ammo, bu jarayon o‘z-o‘zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar ishtirokida amalga oshiriladi.



Yüklə 253,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin