Axloq va din
Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy oʻrnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yoʻlga kirib ketganlarni toʻgʻri yoʻlga daʼvat etishdir. Dinlarda toʻgʻri yoʻlga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha boʻlishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Axramanyu oʻrtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan gʻoya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning oʻz ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, oʻzlari uchun katta baxtga sazovor boʻladilar. Qur’oni Karimda toʻgʻri yoʻlga yurishlik istiqomat (oʻzini oʻzi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda boʻlganlarga, yaʼni oʻz-oʻzini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, oʻzini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“ („Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qoʻyganlar uchun qalbini poklash sari umid tugʻdiradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda oliyjanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular – ehson (yaxshilik qilish), kechirimli boʻlish, sabr-qanoat, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, ota-onani, oʻzidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham koʻrsatilib, ulardan saqlanishga undaladi. Bular – baxillik, hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru havo), gʻiybat, zinodir. Shu tarzda insoniyatning butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va oliyjanob axloqqa chaqirishlari, nojoʻya ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok, taqvodor boʻlsa, unday kimsa axloqsizlik yoʻliga kirmaydi. Islomga amal qiladigan xalqlar axloqi, baʼzi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik sharq axloqi degan nom bilan birlashgan. Sharq axloqi Qur’on va hadisdan tashqari juda koʻplab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida taʼrifu-tashviq etilgan. „Qobusnoma“, „Axloqi Jaloliy“ kabi maxsus kitoblar yozilgan.
Axloqiy tarbiya tug'ilishdan boshlanadi, va kundalik munosabatlar jarayonida hayot davomida davom etadi. Bu atama deganda jamiyat “axloqiy” deb ataydigan axloqiy tamoyillar, sifatlar, shuningdek, xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan shaxsga ta’sirlar tizimini tushunamiz. Axloq tushunchasi xalq madaniyatiga, dinga va ma'lum bir davrga bog'liq (agar uni ma'lum bir davr ichida ko'rib chiqsak). Axloqiy tarbiya shaxsni rivojlantirishning asosidir. Axloq nima U har doim gapirishni yaxshi ko'rardi. Unga o'qituvchilar, psixologlar, din arboblari e'tibor qaratdi. Axloq normalari tsivilizatsiyaning, jamiyatning asosi bo'lgan va bo'ladi. Bu insondagi aqliy va ma'naviyatning birligi, uning jamiyatdagi xatti-harakatlarini, dunyo bilan munosabatlarini ta'minlaydi. Axloqning eng keng tarqalgan sinonimi axloqdir. Bu shaxs uchun nima? Bu uning ongli harakatlarini (holatlarini) u tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normalari asosida baholash istagi. Biz uchun axloqimiz o'lchovi vijdondir. Bu bitta yaxshi va yomonning muvozanatini belgilovchi tarozi bizning xatti-harakatlarimizda. Har birimizning axloqni o'lchaydigan tarozi, o'z mezonlari, o'z qoidalari bor, u oilada, maktabda, diniy ta'limotlarda va atrofdagi jamiyat bilan munosabatlarda tarbiya oladi.
Insonning axloqiy fazilatlari oilada tug'iladi va shakllanadi. Sertifikatlangan o'qituvchilar qanchalik ko'p ko'rinmasin, lekin axloq asoslari har doim ota-onalar tomonidan belgilanadi. Yuzlab yillar oldin shunday bo'lgan, har doim ham shunday bo'ladi. Axloqning birinchi tushunchasini chaqaloqqa uning onasi tabassum va ozgina qattiqqo'llik bilan nima yaxshi va nima yomonligini tushuntiradi. "Opangizning sochidan tortish, qo'pol so'z aytish yoki tilingizni ko'rsatish yomon, lekin mazali taom uchun minnatdorchilik bildirish, kimgadir salomlashish yoki yordam berish yaxshi" - bu misol va ularning yuzlablari bor. Axloqiy tarbiya elementlarini kundalik hayotning har bir daqiqasida kuzatish mumkin. Bola uchun axloqiy namuna har doim ota-ona bo'ladi, u nima bo'lishidan qat'i nazar. Shuning uchun mo'rt shaxsga to'g'ri o'rnak berish juda muhimdir. Shaxsning shakllanishi murakkab, uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, ota-onadan, ta'lim muassasalaridan, shuningdek, butun jamiyatdan e'tibor va sabr-toqatni talab qiladi. Axloqiy fazilatlarni singdirishda shaxsning yoshini, uning axborotni qabul qilish, tushunish va to'g'ri qayta ishlash qobiliyatini (tayyorligini) hisobga olish kerak. Axloqiy tarbiya quyidagilarni o'z ichiga oladi: Axloqiy tuyg'uni shakllantirish; Shaxs madaniyati va xulq-atvor madaniyati; Jamiyat bilan ongli aloqa; Axloqiy tushunchalarni (tamoyillarni) yaratish; Xulq-atvor normalarini shakllantirish.
«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bо‘lib, uning moxiyati shaxs xatti-xarakatlari, yurish – turishi, turmush tarzi xayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy ruxiy xayotida muxim axamiyat kasb etadi.
«Axloq» tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk boskichida shakllangan.Demak «axloq» tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafaiy, psixologik, pedagogik, tarixiy badiiy, etnografik va madaniyat-shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli kо‘lamlarda ishlatib kelingan. Axloq (xulq -atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri bо‘lib, ijtimoiy tartib qoida bо‘lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bо‘lgan ma’naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi.
Axloq kishilarning xulq atvor meyorlari va qoidalarini, ularning о‘z-о‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni о‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning aloxida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan tо‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g‘oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bо‘lgan ma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma’naviy jihatdan yetukligi bilan bog‘lanadi.
Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega uy fikrlari, niyatlar, g‘oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tarkibida namoyon bо‘luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bо‘lgan о‘y fikrlar, niyatlar, g‘oyalar, nazariyaning va ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini e’tiborga olish lozim. Demak о‘zbek xalqining ma’naviyati haqikatgо‘y va adolatli bо‘lish jaholat va qabixlik yо‘lini tо‘sish, insoniylik mexr-shavqat ma’rifat dо‘stlik, mardlik, birodarlik, mexmondо‘stlik, poklik, xushxulqlilik, insof vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.
Qadim-qadimdan о‘zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy о‘rin egallab kelgan. Kaykovusning «Qobusnomasi» dan tortib, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nazariy Yusuf Xos, Hojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» (Haqiqat sovg‘alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al adab Al-Mufrat kabi jahonga mashhur asarlarida Alisher Navoiyning о‘lmas sheriyatida, Munis, Xorazmiyning kabi shoirlar asarlarida axloq - odob masalalari yoritilgan.
Koshifiyning asarlaridagi talim - tarbiya, axloq masalalari kо‘pchilik uchun andoza, namuna, odob meyori sifatida qisqa asosli, lо‘nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim - tarbiyasiga bog‘liq. Shundagina u odobli hisob-lanishi mumkin. «Odob - bu qalbni yomon sо‘zlardan va nojо‘ya xulqdan saqlay olish, о‘zini va о‘zgalarni xurmat qila bilishdir»,- deydi olim.
Navoiy esa, «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog‘idir» - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan о‘lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bо‘lishga chakiradi.
Shuningdek Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida odob, axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan. Uning birdan - bir orzu-umidi, ideali insonga bо‘lgan mehr - muhabbat, samimiylik edi: «Donishmandlar aytadirlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan gо‘zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Yoshlarni kо‘zga ulug‘ qilib kо‘rsatadigan narsa odobdir».
Qoshg‘ariy: «Insonlarda oq kо‘ngillilik, bag‘ri kenglik, mehnat- sevarlik, sofdililik, rostguylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, katiyatlilik kabi fazilatlar, bо‘lishi shart va bular insonning barkamolligidan dalolat beradi,- deydi, ammo xasislik, olg‘irlik, ochkо‘zlik, g‘irromlik, pastkashilik, tuhmatchilik, xoinlik, yolg‘onchilik kishilarni beburd, axloqsiz qilib qо‘yadi. Bunday salbiy xislatlar ularni obrо‘sizlantiradi, hayotini izdan chiqaradi, notо‘g‘ri yо‘lga boshlaydi. Pastkash, baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz daraxtdan meva kutishga о‘xshaydi». Odobli bо‘lishning fazilati tо‘g‘risida she’r va dostonlardan adabiy manbalardan juda kо‘plab parchalar she’riy misralar keltirish mumkin. Odobli, yaxshi xulqli bо‘lish tо‘g‘risida dono xalqimiz tо‘qigan kо‘plab maqol, matallar asrlar osha og‘izdan og‘izga о‘tib kelmoqda: Odobing-obrо‘ing odob kishining zebu-ziynati. Oltin olma odob ol. Yaxshilikka yaxshilik xar kishining ishidir, yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir. Bugungi kunda ma'naviy - ma'rifiy ishlarni yuksak darajaga ko'tarish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish muammosiga alohida e'tibor qilinmoqda. O'zbekiston mustaqilligi davrida jamiyatimiz ma'naviy - axloqiy hamda ma'rifiy ishlarni amalga oshirish davlat siyosatining ustivor yo'nalishlariga aylandi. Ma'naviy - axloqiy tarbiya, shaxsning barkamol bo'lib shakllanishida asosiy omil bolalikdagi
berilgan ta'lim-tarbiya ekanligini anglagan holda respublikamizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy tarkibiy qismlaridan biri - bola, shaxs hisoblanadi, u ayni paytda kadrlar tayyorlash tizimi, ta'lim xizmatlarining iste'molchisi va ishlab chiqaruvchisining bosh sub'yekti hamda ob'yekti hisoblangan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri, mustaqil O'zbekistonda o'sib kelayotgan yosh avlodlarning har tomonlama yetuk, barkamol va rivojlangan insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Bu jarayonda maktabgacha ta'lim muassasalari dastlabki bo'g'in hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30-sentyabrdagi PQ-3305 son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori tasdiqlandi. Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish mana shu vazirlik dasturida keltirilgan. Bundan tashqari uzluksiz ta'limni rivojlantirish vazifasi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining 4-bo'limi hisoblangan ijtimoiy sohasini rivojlantirish va innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish kabi bandlarda keltirilgan.
Maktabgacha ta'limda olib borilgan o'ziga xos nazariy bilimlar bolalarni maktabga 1-sinfga qabul qilinishi bilan uzviy bog'liqdir. Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko'rinishlari - tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to'qnashamiz. Shu kabi muammolar bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar ko'p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar.
Deviantlik, og'ishgan xulq, psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg'otib kelgan. Og'ishgan xulq mavzusi shaxslararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning "Ijtimoiy me'yor" tushunchasi bilan birgalikda ekanligi muammoni ko'p marotaba murakkablashtiradi chunki, me'yorning chegaralari o'ta shartli, insonda esa barcha ko'rsatkichlar bo'yicha absolyut me'yorning o'zi mavjud emas.
Yondoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og'ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy - psixologik yordam ko'rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko'zga tashlanadi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida ushbu muammoga bag'ishlangan bir qancha adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazildi. Bolalarni ma'naviy - axloqiy tarbiyalash borasida O.Musurmonova, M.Inomova, Sh.Shodmonova, O.Mallayev kabi olimlar tadqiqotlar o'tkazishgan. Bugungi kunning talabi hamda dolzarb vazifalaridan biri, bolalarni sog'lig'ini, ma'naviy - axloqiy jihatdan normal rivojlanishini ijtimoiy
himoya qilishdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga ta'lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish, o'z navbatida tarbiyachidan yuqori darajadagi pedagogik mahoratni talab qiladi.
Nemis olim-pedagogi Adоlf Distcrvcg (1790-1866) ham LGBcstabtstsi ketidan bu printsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O'z ishlarida yozgan ediki, ta'lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e'tiborga olish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini shallantirishda tarbiyaviy mashg'ulotlarning o'rni bugungi kun uchun o'ta dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Axloqiy tarbiya jarayonida bola axloqiy jihatdan kamolga yetadi. Axloqiy tasavvurlarning rivojlanishi jarayonida eng avvalo ular o'zlarining boshqalar bilan bo'ladigan munosabatlarini ongli ravishda tushuna boshlaydilar, tengdoshlari va kattalar bilan bo'ladigan munosabatlarida axloq saboqlari rivojlana boradi.
Pedagogika fani bolaning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Axloqiy tarbiyaning vazifasi asosan quyidagilardir:
1. Bolalarda axloqiy his-tuyg'ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash;
2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash;
3. Shaxsda axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash;
4. Xulqdagi salbiy hislarni barham toptirish;
Umumiy vazifalar yosh guruhlari bo'yicha konkretlashtiriladi va o'quv -tarbiyaviy jarayonining mazmunida o'z aksini topadi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni bolalar bog'chasi dasturining maxsus bo'limida bayon qilib berilgan.
Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardir:
- G' oyaviy va tarbiyaviy ishning ma'lum maqsadga qaratilganligi;
- Ta'lim - tarbiya ishini hayot va zamon bilan bog'lab olib borish;
- Bolalarning faolligi;
- Jamoada tarbiyalash;
- Tarbiyaviy ishning sistemaligi va izchilligi;
- Ta'sirchanligi;
- Oila, bog' cha va kattalar tarbiyaviy ta' sirining birligi;
- Boladagi ijobiy sifatlarga suyanish;
- Bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko'zda tutish.
Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoitlar bilan qo'shib amalga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta'sir etadi. Olib borilgan bir qancha ilmiy ishlarning natijalari bolalar bog'chasida axloqiy tarbiya berishning pedagogik shart-sharoitini belgilash imkoniyatini yaratadi. Bular:
1. O'zaro to'g'ri munosabat uslubi:
a) jamoaning katta a'zolari o'rtasida;
b) pedagogik va ota-onalar jamoasi o'rtasida;
v) kattalar va bolalar o'rtasidagi munosabat, kattalarning bolalarga munosabati;
Kattalar (pedagoglar)ning bolalarga nisbatan insonparvarlik prinsipida, o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam, hurmat munosabatida bo'lishi eng muhim shart-sharoit hisoblanadi.
2. Bolalar bog'chasida o'rnatilgan qat'iy rejim;
a) Bolalarning o'z tengdoshlariga va boshqa kishilargaa nisbatan ijobiy hissiy munosabatni yuzaga keltiruvchi muhit yaratish.
b) Bolalarni axloq normalari va qoidalariga o'rgatish hamda shular asosida bola shaxsida ijobiy axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash.
3. Jamoada hamma bolalar uchun teng sharoit yaratish va bolalar jamoasi o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish;
a) Kun davomida bolalarning xilma-xil qiziqarli faoliyatlarini tashkil etish;
b) Bolalarning ijobiy axloqiy xulqni mashq qildiradigan shart-sharoit tug'dirish;
v) Bolalarning ota-onasi bilan aloqani kuchaytirish va boshqalar. Hozirgi davrda axloqiy tarbiya muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etish ko'p jihatdan jamiyatning va undagi har bir shaxsning axloqiy darajasi bilan bog'liq deb hisoblaymiz.
Insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bogʻliqdir. Oilaning taqdiri esa insonning oʻziga bogʻliq. Jamiyatning maʼnaviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bogʻliqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning ijtimoiy-maʼnaviy boʻgʻini, kichik bir vakili boʻlib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib-intizom boʻlsa, uning aʼzolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga koʻchiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatlarida qoʻllaydilar. Bu esa, ularning oʻz xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab boʻladi.
Oila bu odobi axloq, xushmuomlalik, mehnatsevarlik asosida qurilgan boʻlishi, insonlar oʻrtasidagi munosabat va muloqotlarda oʻta muhim va shaxsning feʼl-atvori, yurish-turishida alohida ahamiyat kasb etadi. Agar oila oʻz farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu his-tuygʻu unga butun hayoti davomida hamroh boʻladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʻayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir[1],” – degan edi. Sharq mutafakkirlari merosida taʼlim-tarbiya, xususan, oilaviy tarbiya masalalariga keng oʻrin berilgan. Ular bolalarni tarbiyalashni jamiyat taqdirini, millatning kelajagini belgilaydigan asosiy mezon deb hisoblaganlar. Ularning pedagogik qarashlari zamirida ijtimoiy ideal sifatida komil inson gʻoyasi yotadi. Ular tarbiyada ijtimoiy va biologik tomonlarning oʻzaro munosabati haqida toʻxtalib, tarbiyada irsiyat va muhit taʼsiri birdek ekanligi, tan va ruh sogʻlomligining birligi kabi masalalarni oʻrtaga tashlaydilar. Ularning aqliy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi hamda ularni amalga oshirish yoʻllari haqidagi va oilada bolalar tarbiyasi haqidagi fikrlari mazkur muammolarning koʻpgina jihatlarini qamrab oladi va ular muayyan tarbiyashunoslik boʻyicha qarashlar tizimini tashkil etadi. Ana shunday durdona asarlardan biri A.Fitratning “Oila” asaridir.
Jumladan, A.Fitrat oʻzining mazkur asarida farzand tarbiyasida aqliy tarbiya, badan tarbiya va axloqiy tarbiyaning oʻrni muhimligini taʼkidlaydi[2]. Mazkur uchta tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya hisoblanadi. Oʻzingiz xohlaganingizcha bolangizning aqliy va badan tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin va qoʻlingizdan kelguncha uni dono va baquvvat qiling[3]. Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida boʻlmasa, aqli va jismoniy kuchini oʻzi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi. Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanib koʻp harakat qilish lozimligini taʼkidlaydi, – A.Fitrat.
Axloqiy tarbiya – odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, yaʼni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, feʼli va amali oʻziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan boʻlsin. Boshqacha aytganda, odamning feʼli va harakatida yaxshi fazilatlarni tarbiyalash demakdir. Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini oʻrtaga tashlamoqda. Bu mezonlar vatanparvarlik, milliy gʻurur, milliy ong, milliy oʻz-oʻzini anglash, milliy tafakkur, milliy tarbiya kabi tushunchalarda oʻz ifodasini topgan boʻlib, ular tarbiya jarayonining bugungi kunda rivojlanishi uchun muayyan tarzdagi bir maqsadga qaratilganini taʼminlaydi[4].
Abdurauf Fitrat axloqiy tarbiyani jismoniy va aqliy tarbiyadan keyingi – uchinchi boʻgʻin tarbiya sifatida uqtirib, u “Insonni komil, chiroyli axloq egasi, jamiyatga foydasi tegadigan aʼzo qilib shakllantirish”[5], deb uni amalga oshirishning quyidagi tizimini taklif qiladi.
Bolaga hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini tushuntirish. A.Fitrat Shayx Muslihiddin Saʼdiyning (XIII asr) maslagi va hikoyatlarini tavsiya qiladi, uning “Guliston” va “Boʻston” asarlarida kichik hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini bayon qiladi[6].
Tarbiyachining oʻzi ibrat boʻlishi lozimligi. Tarbiyachining soʻzi bilan xatti-harakati uygʻun boʻlib, u xatti-harakati bilan barchaga ibrat, oʻrnak namuna boʻlmogʻi lozim. Bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda “shaxsning maʼnaviy-axloqiy kamolotida ibrat muhim oʻrin tutadi, inson feʼl-atvorini faqat pand-nasihat, dashnom va vaʼz aytishlar emas, balki munosabat va ibrat shakllantiradi”[7], jumladan, axloqiy ong, axloqiy xatti-harakat va axloqiy munosabat uygʻun holda inʼikos etadi.
Yomonlarning yomonligini koʻrsatib, yaxshilarning yaxshiligini uqtirib borishda muayyan ijtimoiy tuzum va muhitni hisobga olish, yaʼni axloqiy tarbiya real voqelik va amaliy jihatlari bilan maʼnaviy-axloqiy muhitni muayyan darajada barqarorlashtiradi. Demak, axloqiy tarbiyani ongli va maqsadli olib borish funksionalligini taʼminlash insonda ezgu axloqni shakllantirishga asos boʻladi. Muayyan maʼnaviy-axloqiy fazilatlarning tizimli tahlili jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhiti taraqqiyotiga rivojlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Jumladan, karamlilik – saxovat, yaxshilik, demakdir. Bu halol va pok, mehnatkash, mehribon boʻlish va vijdon amriga boʻysunib yashashdir. Karamlilik maʼnaviy-axloqiy poklanish, nogironlarga, yetim-yesirlarga xayri-ehson, yaxshilik qilish, ularning koʻnglini koʻtarish, moddiy yordam berish kabi insoniy fazilatlarni qamrab oladi. A.Fitrat uni “odamlarga yaxshilik qilib, millatni yuksaltirish”[8], deb tushuntiradi.
A.Fitrat shijoat fazilatini izohlab shunday yozadi: “Mening orzuim, falon jamoani pismadon gʻayrisharʼiy ishdan manʼ etishdir…. Bu esa mening ishim, birov meni bu vazifadan manʼ etolmaydi, chunki bu mening huquqimdir… Aslida komil inson bunday mushkilot va bemaʼni toʻsiqlar andishasiga bormay erkinlik bilan haq-huquqlaridan foydalanadi va oʻz vazifalarini bajo keltiradi”[9]. Zero, shijoat insoniylik sharafi boʻlib, u insonga qadr-qimmat ato qiladi. Shijoatning haqiqati qalbning matonatidan, ruhning salomatligidan iborat. Bu axloqiy fazilat zamirida maqsadlar sari intilish tuygʻusi mavjud. Har bir shaxsda mazkur tuygʻu shakllantirilishi, uning ongi va qalbiga mazkur fazilat urugʻi sepilishi kerak.
Maʼnaviy-axloqiy fazilatlar zanjirining keyingi halqasini sabotlilik fazilati tashkil etadi. U – ulugʻ maqsadga yetishish uchun qatʼiy harakatdir. Ulugʻ ishlar va buyuk maqsadlarga intilgan odamni hech bir qiyinchilik va toʻsiqlar toʻxtata olmaydi, balki besabr va shoshqaloq insonlar hayotda oʻz maqsadlarini amalga oshira olmaydi, natijada, jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhitiga raxna soluvchi illatlar ildiz otishiga sabab boʻladi. Olimlar sabotlilik fazilati jamiyatda moʻtadil muhitni qaror toptishrishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab, ushbu fazilat, avvalo, har bir kishida, qolaversa, ijtimoiy faol va albatta, tarbiya ishi bilan shugʻullanuvchilarda boʻlishi kerakligini taʼkidlab, kishida sabotlilik fazilatini shakllantirish izchil va uzviy amalga oshiriladigan iroda quvvati va halol mehnatni talab qiladi. Bu fazilat insonni kashfiyotga boshlaydi. A.Fitrat bunga qiziqarli bir hikoyatni misol keltiradi. Xorun ar-Rashid (IX asr) zamonida musulmon madaniyati rivojlandi. Hatto, soat ixtiro qilindi. Xorun ar-Rashid ulardan birini Franso (Fransiya) hukmdoriga yubordi. Hukmdor ajoyib sovgʻadan hayratga tushdi, soatni ayonlariga koʻrsatdi. Ayonlari hayratda qolib, xulosa qildilarki: “Ahli islom qutining ichiga shaytonni solib yuborganlar”[10]. A.Fitrat xulosa qiladiki, bugun endi fransolar sabot bilan rivojlanib, sanoatdagi ixtirolari bilan shaytonni hayratga solmoqdalar. Yana bir maʼnaviy-axloqiy fazilat halimlilik boʻlib, odamni odamga birodar va doʻst qiluvchi, yaxshilik va ezgulikka chorlovchi xususiyatga ega. A.Fitrat “Komilu olim insonlar nafslarini (oʻzliklarini) shunday tarbiyalaydilarki, natijada, afv va madora, muloyimlik odatlariga aylanadi”[11] deb yozadi. Demak, halimlik afv (kechirimlilik); murosa (kelishuvchanlik); muloyimlik (moʻtadillik) kabi xulqlarni shakllantirish orqali yuzaga keladi. Oʻzligida halimlik fazilati boʻlgan kishi ruhan kuchli, xushxulq, nodonlikka qarshi kurashuvchi tinchliksevar insondir. Halimlikni mazmunan toʻldiruvchi fazilat sadoqatlilik va sadoqat koʻrsatish, yaʼni insoniy va fuqarolik huquqlarimizdan foydalanish, barcha burch va vazifalarimizni hazrati inson mavqeiga munosib bajarishni anglatadi. Sadoqat ijtimoiy axloq tizimi sifatida insonni ikki olamda baxtga yetaklovchi va maʼnaviy-axloqiy omildir. “Bu dunyoda moʻtabar, oxiratda baxtiyor boʻlishni istaganlar, – deb yozadi A.Fitrat, – oʻzlarida sidq (sadoqat M.Q.)ni paydo qilib, doimiy odatlariga aylantirishlari kerak. Ijtimoiy aloqalarning yagona nazoratchisi sidqu sadoqatdir”[12]. Kishi oʻzligidagi sadoqat tuygʻusi bilan ijtimoiy foydali shaxsga aylanadi. Sadoqat ezgu ishlarga fidoyi boʻlish natijasida shakllanadi. Shu maʼnoda, sadoqatli kishi haqiqatgoʻy shaxs sifatida talqin qilinadi. Agar oilada sadoqat boʻlmasa, u uyda osoyishtalik ham boʻlmaydi, shu boisdan, u avvalo mikro muhitdagi axloqiy harakat va munosabatlarda namoyon boʻladi.
Maʼnaviy-axloqiy fazilatlar uzviyligi va funksionalligini taʼminlashda qanoatning oʻziga xos oʻrni boʻlib, u insonni voqeiylikda halol mehnat orqali topilgan neʼmatlarga shukur qilib yashash orqali insoniy martabani saqlash va yaxshilikka intilishdir. Oʻz davrida A.Fitrat oʻz zamonida tarkib topgan qanoat talqinini tanqid qilib, “Biz turkistonliklarda ajib bir holat borki, axloqiy fazilatlarni va sharʼiy amrlarni yo bilmasdan, yo bilib, yaʼni qasddan xato, gʻalati tushunamiz. Masalan, bugun uyda oʻtirib, hech yerga chiqmay, saʼy-harakat qilmay, qotgan nonga rozi boʻlishlikni qanoat deb oʻylaymiz”[13]deb yozgan. Bu qanoat emas, balki tanballik va noshudlikdir. Qanoat maʼnaviy-axloqiy fazilat sifatida mavjud narsalarga shukur qilish, nafsni jilovlash zamirida axloqiy ong, axloqiy xatti-harakat va axloqiy munosabat orqali oʻzi va xalqiga manfaat keltiruvchi faoliyatdir. U insoniylikni saqlovchi mezon, axloqning tarkibiy qismi sifatida mavjud maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish va rivojlantirishda axloqiy nazorat, axloqiy boshqaruv va axloqiy tarbiya vazifasini bajaradi. Chunki yuqorida keltirilgan zanjir xalqalari tizimida axloq ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy muhitda ijtimoiy tarbiyani amalga oshiradi. Qizigʻi shundaki, axloqni ijtimoiy tarbiya va ongning hosilasi sifatida tushunish islom madaniyatida ham boʻlgan. Abu Nasr Forobiy ilmli, aqlli boʻlishni axloq fazilatisiz tasavvur qilmagan, “bilim, aql, albatta, yaxshi axloq bilan bezalmogʻi lozim”[14], deydi.
Bizningcha, shaxsni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda quyidagi axloqiy meʼyorlarga asoslanish kutilgan samarani beradi:
Shaxs irodasini shakllantirish. Iroda ichki his-tuygʻu, ammo muhim insoniy fazilatdir. Iroda kishida bilish, his qilish va chiniqish quvvatini hosil qiladi. Iroda vositasida shaxs olam va odamni, voqea va hodisalarni anglab yetadi, haqiqatni teran his qiladi, yaxshilik va yomonlik taʼsirida bardoshlilik koʻnikmasini hosil qiladi. “Shaxsda iroda oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi, balki u muayyan vaqt davomida shakllantiriladi. Faylasuf olim I.Saifnazarov oʻz tadqiqotlarida maʼnaviy barkamollikka erishish mumamosini tadqiq etar ekan, “…komillik uning koʻnglidagi, irodasidagi tabiiy intilishga asoslanishi kerak”[15] deydi, demak, irodali shaxs jamiyatning ongli individi sifatida faoliyat koʻrsatadi, buning aksi boʻlgan irodasiz kishi esa ongsiz, mute va oʻzgalarga qul sifatida shakllanadi. Inson maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuksalishi natijasida uning irodasi ham kuchayadi.
Shaxsni haqiqatgoʻy qilib voyaga yetkazish. Haqiqatgoʻylik muhim axloqiy qadriyat sifatida shaxsning maʼnaviy – axloqiy qiyofasida alohida oʻrin tutadi. Haqiqatga intilish shaxsni jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam beradi. Shu maʼnoda, haqiqatgoʻylik shaxs xarakterini shakllantiruvchi omillardan biridir.
Shaxsni insonparvar qilib voyaga yetkazish. Insonparvarlik shaxs faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi va uni baholovchi muhim axloqiy tamoyillardan biri. Shaxs oʻz faoliyatida insonparvarlik fazilatini namoyon qilmas ekan, u jamiyatning ilgʻor kishisiga aylana olmaydi. Zero, jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida maʼnaviy-axloqiy tarbiya muhim oʻrin tutadi. Chunki jamiyatimiz demokratik qadriyatlarni qabul qilib borgan sari uning aʼzolarini “tarbiyalovchi” daʼvogarlar koʻpayib bormoqda. Ayniqsa, turli diniy oqimlar oʻz mutaassibona, illyuzionizm xususiyatiga boy tarbiya yoʻllarini tiqishtirishga urinishmoqda. Bunday sharoitda maʼnaviy-axloqiy tarbiya yoʻnalishlarini aniq belgilab olish dolzarb masala hisoblanadi. Shu maʼnoda, maʼnaviy-axloqiy tarbiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: maqsadlilik, onglilik, samaradorlik.
Oʻzbekiston sharoitida jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhitining asoslari va meʼyorlari oʻziga xos xarakterda boʻlishi bilan diqqatni tortadi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938 sonli Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Farmonda quyidagilar nazarda tutiladi:
– jamiyat va oilada sogʻlom va barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni taʼminlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish;
– jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini oʻrnatish;
– oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli koʻmaklashishni tashkil etish[16] kabi masalalarni atroflicha hal qilish nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston sharoitida jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhitining asoslari va meʼyorlarini belgilashda falsafiy fikr tajribalaridan unumli foydalanish lozim. Misol uchun, donishmand Arastu deydi: “Uch omil odamlarni yaxshi va ezgu xislatli qiladi: tabiat, odat va aql. Bu omillar insonda uygʻun holda mavjud boʻlishi kerak”[17]. Nazarimizda, bu fikr eʼtiborga loyiq. Unga koʻra, inson tabiatni anglashi va uning hayoti tabiat qonuniyatlariga bogʻliqligini tushunmoq lozim. U tirik mavjudot sifatida tabiatdan tashqarida yashay olmaydi va shu sababli tabiatga nisbatan ongli munosabatda boʻlishi kerak. Shuningdek, inson oʻzi mansub boʻlgan xalqning odatlarini oʻzlashtirmasdan jamiyat aʼzosi boʻla olmaydi. U oʻz jamiyatining toʻlaqonli aʼzosi boʻlishi uchun xalqining odatlari, anʼanalari va madaniyatini bilishi darkor.
Bu ikki narsa insonning aqlli boʻlishini taqozo etadi. Aqlli boʻlish har bir munosabat va faoliyatda meʼyor hamda tartibga rioya qilish demakdir. Shu maʼnoda, inson nazariy bilganlarini amaliyotga tatbiq eta olishi lozim.
Zero, Arastuning bu fikri milliy jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhiti asoslarini belgilashda uch muhim jihatga eʼtibor berish lozimligini koʻrsatadi. Bular:
Tabiiylik. 2. Odatlilik. 3. Aqllilik.
Demak, jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhitiga oid axloqiy kategoriyalar oʻziga xos xususiyatlarga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin.
Birinchidan, maʼnaviy-axloqiy muhitda insonlarning oʻzaro maʼnaviy hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Bunda shaxsning yaxshi-yomonni farqlashi, vijdonli, or-nomusli boʻlishi va baxtli yashashga intilish koʻnikmalarini hosil qilishi maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, shaxsni maʼnaviy-axloqiy muhitda oʻzaro maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash asosiy masalalardan biri. Bunda shaxsning irodasini mustahkamlash, uni haqiqatgoʻy va insonparvar qilib voyaga yetkazish asosiy maqsad hisoblanadi.
Uchinchidan, maʼnaviy-axloqiy muhitda shaxsda masʼuliyat hissini tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu oʻrinda shaxsda adolat, majburiyat va hayotsevarlik tuygʻu hamda koʻnikmalarini hosil qilish asosiy masalalardan biridir.
Umuman, jamiyat maʼnaviy-axloqiy muhiti, qadriyatlari axloqiy kategoriyalari asosini, umuminsoniy va milliy fazilatlar negizini yaxshilik va yomonlikni farqlash, vijdon, or-nomus, iroda, haqiqat, insonparvarlik, adolat, majburiyat va hayotsevarlik kabi insoniy fazilat va xislatlar tashkil etadi. Oʻzida bu fazilatlarni mujassamlashtirgan ushbu uygʻunlik jamiyatda ijtimoiy tartiblar, huquq, odob meʼyorlarini anglab olishga, unga rioya qilgan holda ijtimoiy hayotni qadrlashga olib keladi.
Ekologik tarbiya. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.
Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otishda qo‘l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‘otish mumkin. Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog‘langan. Bunda har bir asarni o‘qib tahlil qilish vaqtida va o‘quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatni muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o‘quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda «Tabiatni asrash-Vatanni asrash», «Tabiatni e’zozlaylik» kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o‘qitilayotgan xalq og‘zaki ijodi misolida esa o‘quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o‘rganadilar.
O‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‘simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o‘rni ochib beriladi. O‘qilgan badiiy asarlar misolida, o‘tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish va toshbag‘irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlar inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishadi. Masalan, Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shunday holda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo‘yicha har yili taxminan 6-7 mln.gektar yer ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300-500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni asrab avaylash kishining kelajak oldidagi burchi hisoblanishini uqtiriladi. Har bir Mehnat ta’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo’layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o’rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, echish yo’llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo’lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta’lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;
Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo’naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash;
3. Har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o’zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish;
4. Jamiyat a’zolariga o’zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog’larning go’zalligi, ularning inson xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog’cha tarbiyachilari, maktab va o’quv yutrlari o’quvchilari, turli o’yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’tishda o’zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog’lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o’tishi kerak.
Shunday ishlar amalga oshirilganda har bog’cha bolasi, maktab o’quvchisi va talabalar o’simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to’qayning yonishi, suvning befoyda oqishiga befarq bo’lmaydi. Tabiat, uning jonzotlariga, o’zi ichadigan suvga nisbatan joni achiydi, ahvolni yaxshilash uchun ichki intilish tuyg’usi vujudga keladi. Bu esa insondagi yangi biologik kuchdir. Uning yangi aql-zakovatining inqilobi, ekologik ta’lim-tarbiyaning g’alabasi bo’ladi.
Ekologik ta’lim asosida inson, jamiyat a’zolarini tabiat va uning boyliklarini saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to’g’ri va oqilona yo’l tutishi, amaliy ishlarni muhit muammolarini echishga bag’ishlashi, shaxsning ekologik ta’limoti, tarbiyasi va madaniyatiga befarqdir.
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldi rayotgan hodislardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatni ng atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'ratsida katta tashvish uyg'otmoqda. O'zbekiston Respubl ikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar", 55 moddasida esa "Yyer osti boyliklari, suv, o'simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir" deyilgan.
Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Yashil o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv xavzalari va atmosfyera havosining ifloslanishi, chiqi ndi moddalarni ng ortib borishi natijasida aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash, enyergiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur etmoqda.
Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit o'rtasida bo' lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, xajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'zlashtirishdan iboratdir.
Inson tabiatga, o'zini o'rab olgan muhitga nisbatan o'z munosabatini o'zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o'rganishi va ular asosida o'z hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo'llarini ishlab chiqish kyerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo'ladi va shu ofatlardan halok bo'ladi.
Ekologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat o'rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bug'luvchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.
Ekolgik ta'lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq odob yuzasidan halqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko'paytirish, bog'u-rog'lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg' otishdan iboratdir.
Insonni o'rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go'zalligiga qo'shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni etishtirish - bu ekologik tarbiya maqsadi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq al lomalaridan Muhammad Muso al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e' zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Tabiatshunoslikka oid "Kitob al-mabodi al-insonia", "Kalam fia'zo al hayvon" kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a'zo larining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o'xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik fiziolgik tushunchalar byerilgan. Ularining ruhiy holatlaridagi hususiyatlari
haqida ham to'xtalib o'tilgan. Kasalliklarining oldini olish, sog'lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo'llash lozim ekanligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologiya haqidagi tushunchalar va qonuniyatlar to'g'risida bilim byerish. Bunda mehnat muhofazasi, tabiatni asrash, noyob jonzotlar ro'yxati, tabiat va atmosfyeradagi inqirozlar oldini olishga oid tushunchalar va qonuniyatlarga e'tibor byeriladi.
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar ekologik tarbiyasidan ko'zlangan maqsadlardan biri - bir to'mondan - muqaddas Ona zaminimizni ozoda qilib saqlash bo'lsa, ikkinchi to'ondan - musaffo osmonimizni aslidagi- dek saqlashdan iborat. Bu ona diyorimizni obod etishga qo'shiladigan katta hissa bo'lib, uning yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarda obodonchilik va orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Bular maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi ekologik qonuniyatlar va tushunchalarni ongli ravishda anglashni kafolatlaydi:
• tabiat haqidagi tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy o'illar va ular orasidagi bog'lanish;
• tabiat boyliklaridan tejab-tyergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
• atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;
• tabiatni kelajak avlodlar uchun qanday boisa, o'shandayligicha qoldirishga intilish va shu kabilar.
Uzoq tarixga nazar tashlaydigan bo'sak, Markaziy Osiyo xalqlari.
Jumladan, o'zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan hisoblanadi va ular jahon ilm-faniga, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligining guvohi bo'amiz. Ota-bobolarimizning bu boradagi qoldirgan boy ma'naviy myerosi milliy myerosimizni chuqur, har taraflama o'rganishimizga va u haqda xolisona fikr bildirishga hamda 0'zbekiston mustaqilligiga yerishuvida buyuk ma'naviy ozuqa bo'ldi yoki ota-boboiarimiz qoldirgan milliy qadriyatlarimizni tiklash va ularni targ'ib qilishga keng imkoniyatlar yaratildi.
«Respublikamiz mustaqillikka yerishgandan so'ng, ekologik tarbiyada xalq pedagogikasidan foydalanishga katta e'tibor byerib kelinmoqda. Atrof-muhitni muhofaza etish, moddiy boyliklardan oqilona foydalanishga oid tarbiyani milliy qadriyatlar va an'analar, sharqona urf-odatlar orqali byerish ehtiyoji paydo bo'ldi.
Tarbiyachining bolalarga ekologik ta'lim va tarbiya byerishda xalqimizning o'ziga xos milliy tarbiyasidan o'rinli foydalanishi yaxshi samara byeradi. Milliy tarbiyamizda to'rt narsa - yyer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e'tiqod qo'yib, yozning eng jazirama kunlarida «Suv sayli» otkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv - tabiat in'o'i, hayot manbayi», deb bejiz aytishmagan. Har to'chi suvni gavhardek qadrlab, bog'-rog'lar yaratishgan. Biz esa suvdan xo'jasizlarcha foydalanishimiz natijasida Orol muammosining tug'ilishiga
sababchi bo'ldik. Sirdaryo va Amudaryoning belgilangan yyerga to'la yetib bormasligi natijasida bugun 0'rta Osiyo uchun ahamiyatli bo'gan Orolning butunlay yo'qolish xavfi paydo bo'ldi».
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya byerishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar, marosimlar, nodir qo'lyozmalar va davlat arboblarining ushbu sohaga oid faoliyatlari mustahkam didaktik asos bo'lib, bular orqali ularni atrof-muhitni toza saqlashga, ozodalikka, pokizalikka va eng asosiysi sog'lo' turmush tarzi hamda muhitini tashkil eta olishga o'rgatiladi.
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiyoti darajasi undagi xalq xo'jaligining turli jabhalariga ta'sir etadi. Bu borada o'ziga xos global va mintaqaviy ekologik muammolar ham yuzaga kelavyeradi. Bunda global muammolarga Orol fojiasi, Chyernobil halokati, Xirosima va Nagasaki shaharlardagi bomba portlashlar hamda shu kabilar misol bo'la olsa, zavod va fabrikalardan chiqadigan zararli chiqindilar yoki ma'lum hududdagi tuproq yerroziyasi, ba'zi kasalliklarning ko'payishi va shu kabilarni misol qilib olish mumkin.
Shu sababli ekologik tarbiya yo'nalishlari ham turli xil bo'ldi. Quyida ularning ba'zilari to'g'risidagi ma'lumotlar keltiramiz:
1. Maktabgachayoshdagibolalarniyashabturganj oyidagitabiatimizboyliklari nitej ab-tyergashga, unimuhofazaqilishgao' rgatish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'z o'quv muassasalarini va uning tevarak-atroflarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekishga o'rgatish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda
saqlash ko'nikmalarini shakllantirish.
4. Ekologik dunyoqarashni yuksaltirish.
5. Ekologik madaniyatni shakllantirish.
6. Ekologik savodxonlikni yuksaltirish.
7. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida atrof-muhit va uning shaxs
ma'naviy dunyosiga ta'siri haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
8. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida tabiat va uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni haqidagi tasavvurlarni paydo qilish.
9. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya byerishda o'quv muassasaiari va oila o'rtasidagi umumiylik va xususiylik.
10. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida atrof-muhit muhofazasida bolalarning vazifasi haqida tasavvur hosil qilish.
Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in' omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang o'pkada gaz almashuviga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu insonning sog'lig'ini bora-bora izdan chiqarib, turli-tuman xastaliklarni vujudga keltiradi. Tabiat shunday odil mo'jizaki, atrof-muhitni
muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o'siml iklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o'simliklar Juuyosi, 1arnziy ma'noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab byeruvchi bebaho vositadir. Bunda inson o'z atrofini o'rab turgan iabiatni, uning o'simliklar dunyosini ko'z qorachig'iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo'lidan kelganicha ko'pr oq daraxt ekishi, ko'kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota- bobolarimiz daraxt ekish, bog'-rog' yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo'ladi, deb bejiz aytishmagan.
Dostları ilə paylaş: |