ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
BIZNESDA REKLAMANING O’RNI
Toirjonov Tohirjon Nizomjon o’g‘li
Toshkent moliya instituti, Moliya fakulteti MMT-86 guruh talabasi
Safarova Nodira Ashuraliyevna
Toshkent moliya instituti, Moliya kafedrasi PhD, dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7904614
Avvalambor aytishimiz mumkinki, biznesni boshlashda reklama potentsial mijozlarga
mahsulot va xizmatlar haqida aytib berishning ajoyib usuli va ularni bu turdagi mahsulot va
xizmatdan xarid qilishga undash imkoniyatidir. Reklama qimmat mashq bo'lib tuyulishi
mumkin, ammo biznesda umumiy daromadning taxminan 8 foizini reklama orqali biznesni
sotishga sarflashni maqsad qilinishi kerak.
Reklama so’zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” degan manoni beradi. Insoniyat
tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan desak noto‘g‘ri bo‘lmasa
kerak. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda
ularning janglari haqida jar solib gapirganlar. Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu
tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi
va savdogarlar tovar sifatini tekshira turib, tamg‘a qo‘yganlar.
Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va
yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi
haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda
XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta
daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan
tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan.
Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining
otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p
hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi. Hozirgi vaqtgacha reklama faoliyatining rivojlanishiga
bir necha omillar ta’sir qildi, bularga:
birinchidan, sanoat ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatidan foydalanish tugatildi,
buning natijasida tovarlar bozorda ko‘payishiga olib keldi;
ikkinchidan, suv yo‘llari, shosse va oddiy yo‘llar chorrahalarning yaratilishi natijasida
tovarlar va reklama vositalarining boshqa joylarga yetkazish imkoniyati yaratildi;
uchinchidan, mamlakat miqyosida kiritilgan majburiy boshlang‘ich ta’lim savodxonlik
darajasini oshirdi, ro‘znomalar va jurnallar chiqarishning o‘sishiga yordam berdi. Radioning
keyingi paytda, televideniyening kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo‘lib xizmat
qildi.
Reklamaning bozordagi sotuvchi va xaridorlar hamda tovar va xizmatlarning keskin
raqobatchilar bilan aloqasi quyidagi tushunchani shakllantiradi:
Reklama – reklama beruvchi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarning har xil matnlarini, u
foydalangan tahlil yoki boshqa vositalardan qat’i nazar, shu jumladan, bosma, nashr qilish
yo‘li bilan, efirga uzatish yo‘li bilan iste’molchilarni ommaviy o‘rganish, foydalanish yoki
yetkazish maqsadida uchinchi shaxslarga nisbatan reklama beruvchi to‘g‘risida uning
tovarlari, ularning xususiyat, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa holatlar to‘g‘risida, shu
maqsadlarning reklama beruvchi uning tovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki
Dostları ilə paylaş: |