Mavzu: Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etish Reja



Yüklə 25,95 Kb.
səhifə1/3
tarix26.07.2022
ölçüsü25,95 Kb.
#62899
  1   2   3
Mavzu Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashk


Mavzu: Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etish
Reja:

  1. Ilk yoshdagi bolalarga ta'lim berish.

  2. Bolalarni kichik va o`rta katta yosh guruxlarida tarbiyalash

  3. Mashg`ulotlar bolalar bog`chasida o`qitishning asosiy va etakchi shakli sifatida

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ilk yoshdagi bolalarga ta'lim berish.
Bolaning rivojlanishi bola hayotining dastlabki kunlaridanoq boshlanadi: ilk yoshlik chog`ida bolaning bo`yi va og`irligi, inson hayotining boshqa davrlariga qaraganda, tezroq o`sib boradi, sezgi, idrok, xotira, diqqat, tafakkur va boshqa psixik funktsiyalarning rivojlanishi ham tez boradi. Bu davrlarda bolaning nutqi ham tez rivojlanadi. Ikki yoshlarda gapira boshlagan bola, uch yoshga borib qo`shma gaplar tuza oladi, uning so`z boyligi ham ko`payadi (1000-1200 so`z). Bolaning ilk yoshlik chog`ida to`g`ri, mavridi bilan o`sishi uning hayot sharoitiga, tevarak atrofdagi kattalarning aktiv, biror maqsadga qaratilgan ta'sir ko`rsatishiga bog`liq. Bola uchun zarur sharoit yaratish, kattalarning unga bevosita ta'sir ko`rsatishi natijasida bolada birinchi tabassum yuzaga keladi, u buyumlar bilan o`ynaydi, harakatlari, nutqi, rivojlanadi. Bolaning rivojlanishi uning ta'lim va tarbiyasi bilan belgilanadi. Buni bola hayotining birinchi oylaridanoq boshlash kerak. Chaqaloqlik davrida boshlangan to`g`ri tarbiya bolaning tetik kayfiyatda bo`lishini, uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlaydi, keyingi yosh davrlarida bola tarbiyasini engillashtiradi. Bolalar hayotining birinchi yillaridanoq quyidagi printsip: bolada biror bir malaka hosil bo`lishini, u yoki bu psixik protsessining rivojlanishini kutib o`tirmay, organizmning hamma funktsiyalarini aktiv ravishda yaxshilash, psixik protsesslarni faol suratda tarkib toptirish, axloq formalarini rivojlantirish kerak degan printsip bajariladi. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi xususiyati ularning jismoniy va nerv-psixik rivojlanishi o`rtasida mustahkam aloqa bo`lishidadir. Bu yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan hamma ishlarni meditsina ishlari va tarbiyaviy ishlarga ajratish qiyin. Bolalarning nerv-psixik rivojlanishiga etarlicha e'tibor bermaslik ularning jismoniy rivojlanishiga yomon ta'sir etadi. Aksincha, bolalarning jismoniy rivojlanishiga beparvolik bilan qarash, ularning nerv-psixik o`sishini to`xtatib qo`yadi.
Sog`lom, jismonan yaxshi rivojlanayotgan bola, kasalga tez chalinmaydi, psixik jihatdan yaxshi rivojlanadi. Bolalarning salomatligidagi ozgina o`zgarishlar ham ularning umumiy kayfiyatiga ta'sir etadi-ular sal narsaga achchig`lanadigan, lanj bo`lib qoladilar, mashg`ulotlarda hamshira-tarbiyachining so`zlariga kirmaydilar, diqqatlarini bir joyga to`play olmaydilar, tez charchaydilar. Ilk yoshdagi bolalarning jismoniy va nerv-psixik rivojlanishidagi o`zaro bog`liqlikni e'tiborga olib barcha gigienik- sog`lomlashtirish va tarbiyaviy tadbirlarni moslashtirilgan sistemaga birlashtirish zarur. Davolash tadbirlarini bajarishda bolaning psixikasini hisobga olish, unga ta'lim beri shva u bilan shug`ullanishda esa uning sog`lig`i to`g`risida o`ylash kerak. Ilk yoshdagi bolalarning ikkinchi xususiyati ularning juda tez rivojlanishidadir. Bola bir yoshdalik vaqtida to`g`ri ovqatlantirilsa, to`g`ri tarbiyalansa, jismoniy jihatdan juda tez rivojlanadi. Bolalar bir yoshda asosiy harakatlarni egallab oladilar. Bir yoshning oxiri va ikkinchi yoshning boshlarida ikkinchi signal sistemasi, ya'ni bosh miya po`stlog`ining bevosita qo`zg`ovchilarigina emas (rang, tovush, kattakichiklik, buyumlarning shakli) balki bu quzg`ovchilarning o`rnini bosadigan so`zlarni idrok qili shva ularga javob qaytarish qobiliyati rivojlana boshlaydi. Ikkinchi signal sistemasi asosida bolaning nutqi o`sadi va tafakkuri rivojlanadi.Ilk yoshlik davridagi bolalar sal narsaga ham darov xafa bo`ladilar, tez-tez va oson, ba'zan esa hatto arzimagan sabablarga ko`ra kasallanadilar. Shuning uchun ilk yoshdagi bolalar tarbiyasining birinchi galdagi vazifasi ularni jismoniy rivojlantirish, chunonchi bolaning sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish organlarining normal ishlashini ta'minlash hamda nerv sistemasining qo`zg`aluvchanlik holatini saqlashdan iborat. Shu bilan birga bolaning umumiy harakatlarini rivojlantirish, unda madaniy-gigienik malakalar hosil qilish jismoniy tarbiya vazifalaridandir. Bolalarning aqliy tarbiyasi ikkinchi muhim vazifadir.Bola biror bir intellekt namunalari bilan tug`ilmaydi, biroq I.M.Sechenov aytganidek, «bola tafakkurining manbai his qilishda»dir, ya'ni fikr yuritishdan oldin bola o`zining sezgi organlari: ko`z, quloq, hid bilish, sezgi va boshqalar yordamida tevarak-atrofdagi narsalarni bila boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlaridanoq ko`radi, eshitadi, biror narsa tekkanini , og`riq, issiq, hi dva ta'mni his etadi. Tevarak-atrofdagi borliqni bilish, sezish va idrok qilishdan, ya'ni borliqdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. Ilk yoshdagi bolaning idroki ancha takomillashadi va ikkiyoshda u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligi ga ko`ra farq qila boshlaydi, tanish ohangni biladi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko`rish va ko`zdpn kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, o`zi ko`rayotgan va eshitayotgan narsasiga taqLid qilish qobiliyatini rivojlanadi. Bola turli taassurotlar olishi-buyumlarni ko`rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini ko`rishi, xilma-xil tovushlarnieshitish kerak. Bu bolalarning sensor ivojlanishlari uchun zarur sharoit yaratadi. Sensor qobiliyatlarining o`z vaqtida rivojlanishi esa ilk yoshlikdagi bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Aqliy tarbiya vazifalaridan biri bolalarni biror ish bilan shug`ullana bilishga o`rgatishdan iborat. Bu yoshda bolalarning bilim doiralarini kengaytirishga emas, balki ularda bilimlarni egallab olish malakalarini tarkib toptirishga harakat qilish muhimdir. To`g`ri tarbiyaviy usul yordamida bolalarda shug`ullanish, o`rganish, ya'ni topshiriqni oxirigacha eshitish va tushunish, uni xotirada saqlab qolish va kattalar aytib bergan ma'lum qoidalarga amal qilib topshiriqqa binoan ish ko`rish, tegishli natijaga erishish uchun intilish qobiliyatini erta rivojlantirish mumkin. Bu qobiliyatni o`z vaqtida hosil qilish bilim va xilma-xil malakalar egallashda, bolalarning fikrlash faoliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Diqqatni tarbiyalash va xotirani o`stirish ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi muhim vazifalardandir, chunki bu psixik protsesslar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega va uning kelgusidagi faoliyatining muvaffaqiyatli bo`lishi uchun zarur.
Bola nutqining o`z vaqtida va tug`ri rivojlanishi uning aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq yordamida bolalar bilan kattalar o`rtasida xilma-xil munosabatlar o`rnatiladi. Nutq psixik protsesslarining (idrok, xotira va boshqalarning) rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir ko`rsatadi. Bolalar nutqining rivojlanishi bilan kattalar so`zlarining tarbiya vositasi sifatidagi roli ortib boradi. Ilk yoshdagi bolalar tarbiyasining uchunchi vazifasi axloq tarbiyasidir. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko`rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi insonlarga bo`lgan munosabatini bildiradi. Kattalarning xatti-harakatlari, ishlari, sodir bo`layotgan voqealarga bergan bahosi, bolaning insonlarga bo`lgan munosabati-bularning hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi. Yosh bolada avvalo kattalar bilan muomalada bo`lishlikni, yaqin insonlarga mehribonlik va muhabbat, boshqa insonlarga nisbatan xushmuomalalik, kattalarning talablarini xotirjamlik bilan bajara bilishlikni tarbiyalash kerak. Bolalarning o`zaro do`stona munosabatda bo`lishlarini tarbiyalash o`yinchoqlarni bir-birlaridan tortib olmaslik, ularni boshqa bolalar bilan baham ko`rish, ularga yordamlashishdan iborat. Uyushqoqlikni, mustaqillikni tarbiyalashga, boshqalarning manfaati bilan hisoblashish, insonlarning mehnatini xurmat qili shva qadrlash, buyumlarga ehtiyotkorlik bilan qarash, oddiy topshiriqlarni bajarish, baqirmay gaplashish, salomlashish, xayrlashish, tashakkur bildirish kabi sotsial axloq qoidalarini tarkib toptirishga katta e'tibor berish kerak. Bolada ilk yoshlik chog`idan boshlab tabiatga qiziqish, muhabbat uyg`otish va barcha jonli narsalarga g`amxo`rlik ko`rsatish odatini hosil qilish kerak. Bu bolaning aql-idroki va his-tuyg`ularini boyitadi, uni shafqatli qiladi. Bolalar hayotini to`g`ri yo`lga qo`yish natijasidagina ilk yoshdagi bolalar tarbiyasining ko`rsatib o`tilgan vazifalarini bajarish mumkin. Ilk yoshdagi bolalar tarbiyasi muvaffaqiyatli bo`lishi uchun yaratilishi lozim bo`lgan sharoitlar quyidagilardan iborat: gigienik sharoitlar, rejim, yaxshi emotsional sharoit, o`yin va mashg`ulotlarni doimo o`tkazib turish, yordamchi hodimlarning mahorati va yaxshi yo`lga qo`yilgan ishlari. Bolalar muassasalarini jihozlashda faqat pedagogik talablarni emas balki gigienik talablarni ham e'tiborga olish kerak. Mebellarni bolalarning bo`yi va yoshiga qarab tanlash gavdaning to`g`ri bo`lishini ta'minlaydi, mashg`ulot vaqtida organizmning ortiqcha zo`r berishiga yo`l qo`ymaydi, bu esa umurtqa pog`onasining egilishi va bolalarning uzoqni ko`rolmasligini oldini olishda katta ahamiyatga ega. U yoki bu asbob uskunaning xavsiz bo`lishi, bolalar travmatizmining ehtimolini istisno qilish, ularni tozalash mumkinligi, yorug` tonlarga bo`yash muhim tadbirlardandir. Har bir bolani kiyim echish xonasi, yotoqxona, hojatxonalardagi o`zi foydalanadigan buyumlarning tozaligiga javobgar qilib qo`yish pedagogik va gigienik jihatdan katta ahamiyatga ega. Ovqatlanish va choy idishlari har bir gruppa uchun alohida shkaflarda saqlanishi kerak. Umivalnik, dushxona, vanna, unitazlar bolalarni bo`yi, yoshiga mos bo`lishi hamda gigienik talablarga javob berishi kerak. Ularning o`lchamlari bolalarning undan foydalana oladigan davrajada bo`lishi lozim.

Yüklə 25,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin