O. S. Sabirova t f PhD (Toshkent Amaliy fanlar universiteti V b. dotsent) Annotatsiya



Yüklə 27,34 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü27,34 Kb.
#175182
  1   2
Тезис


TALABALARDA MEDIA VA AXBOROT SAVODHONLIGI
KUNIKMALARINI MUSTAXKAMLASH
O.S.Sabirova t.f PhD
(Toshkent Amaliy fanlar universiteti v.b.dotsent)
Annotatsiya: Talabalar turli sohalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega va shu bilan birga ko‘nikma va qobiliyatlari darsning tarbiyaviy maqsadlari, shuningdek, shaxsiy maqsadlarga erishishda rivojlanish, tizimli va maqsadli amalga oshiriladi. Ushbu maqolada talabalar undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari, mediasavodxonlik bo‘yicha bilim, munosabat va ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Bu raqamli davr muammolarini hal qilishda va doimiy o‘zgaruvchan media landshafti taqdim etgan imkoniyatlardan foydalanishda yordam beradi.
Kalit so‘zlar: media savodxonligi, media ta’lim, media kontent, mediatizatsiya, raqamli, vizual, kommunikatsion.
Abstract: Students have great opportunities for development in various areas, while ix skills and abilities are developed, systematically and purposefully implemented to achieve educational goals, as well as personal goals. And this state students will develop knowledge, attitudes and media literacy skills using ix acutely. This helps address the challenges of digital epoxy and take advantage of the opportunities presented by the ever-changing media landscape.
Key words: media literacy, media education, media content, mediatization, digital, visual, communication.
Аннотация: Учащиеся имеют большие возможности для развития в различных областях, при этом их навыки и умения развиваются, систематически и целенаправленно реализуются для достижения образовательных целей урока, а также личных целей. В этой статье учащиеся будут развивать знания, отношения и навыки медиаграмотности, используя их осторожно. Это помогает решить проблемы цифровой эпохи и воспользоваться возможностями, предоставляемыми постоянно меняющимся медиа-ландшафтом.
Ключевые слова: медиаграмотность, медиаобразование, медиаконтент, медиатизация, цифровая, визуальная, коммуникация.

Inson maʼlum bir ekologik muhitda xavf-xatarsiz hayot kechirishi uchun avvalo o‘sha muhitda yashashning o‘ziga xosliklari haqida xabardor bo‘lishi zarur. Xuddi shunday zamonaviy inson eng ko‘p vaqtini sarflayotgan, hayot kechirayotgan media muhitda xavfsiz yashashi uchun ham u o‘zi faoliyat olib borayotgan, hayotiy zarur qarorlar qabul qilishiga taʼsir etayotgan muhitning o‘ziga xosliklaridan xabardor bo‘lishi ushbu muhitda xavfsiz yashashi uchun muhim zaruratdir.


Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab asosiy yumushlaridan biri, dastlab imo-ishora, keyinchalik esa nutq rivojlangandan so‘ng so‘zlashuv orqali axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ydi. Bundan kelib chiqadiki, insoniyat paydo bo‘lganidan boshlab media bilan hamnafas yashab kelmoqda. O‘qish, yozish qobiliyati kabi bu juda muhim ko‘nikma bulganligi sababli bugungi kunda odamlar media dunyosida yashaydilar, turli axborot manbalaridan foydalanadilar.
Аyniqsa, bugun mediatizatsiya hayotimizga chuqur va tezkor kirib borayotgan, maʼlumotlar hajmi tobora ortib borayotgan yangi global davrga kirib borishimiz jarayonida insonning ishonchli axborotga nisbatan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Аxborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy kommunikatsiyaning kuchayishi natijasida axborotlar inson ongu shuuriga shiddat bilan oqib kelmoqda. Insoniyat isteʼmol qiladigan mahsulotlar ichida eng xaridorgiri – axborotdir. Unga ehtiyoj hamisha yuqori bo‘lgan.
Аxborot texnologiyalari soxasidagi zamonaviy taraqqiyot va yangi raqamli media va o‘quv vositalarining keng tarkdlishi, media savodxonlikning ahamiyati tobora ortib borishiga olib kelmokda. Bugungi kunda media savodxonlik deyarli butun dunyo taʼlim tizimida eng asosiy kompetentsiyalardan biri deb tan olinmokda.
Media ta’lim - bu texnologiya olamiga olib boradigan yo‘l, busiz buni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozirgi sharoitda, uning o‘rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib borishi axborotga bo‘lgan talabning yuqoriligi, nafaqat uni uzatish vositalari, turlariga, balki axborotning asosiy vazifasi, mazmun-mohiyatiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmasdan qolmayapti.
Shu bois bu jarayonda uzatilayotgan axborotning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi u qadar eʼtiborga olinmayapti. Insonlarning axborot jamiyati hayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun yangi bilim, kunikma va kursatmalar zarur. Tez-tez qo‘llaniluvchi «savodxonlik» atamasi bugunda «raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik», «kommunikatsion» va albatta, «media» va «axborot» kabi tushunchalar bilan birga qo‘llanilmoqda.
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir.
Shuni taʼkidlab utish lozimki, hozirda «savodxonlik» anʼanaviy yozish va o‘qish kunikmalariga egalikni anglatuvchi tushuncha bilan chegaralanmaydi. Sanash, o‘qish va yozish kunikmalarining ahamiyatini kamaytirmagan holda media va axborot savodxonligining fundamental kunikmalar tuplamiga kiritilishi, bugungi kunda yoshlar media va boshqa axborot yetkazib beruvchilarning (masalan, kitoblar media resurs sifatida xizmat kiluvchi kutubxonalarning) imkoniyatlarini bilishlari, shu bilan birga shaxsiy, jamoaviy, kasbiy faoliyatida hamda taʼlim olish maqsadlariga erishish uchun axborotni izlash, baholash, yaratish va qo‘llay bilishlari kerakligini anglatadi.
Shu maʼnoda media savodxonlik uz ichiga kuyidagilarni oladi:

  • Estetik va kreativ kunikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin qilish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali yosh avlod mazkur kunikmalarni uzida shakllantirishi mumkin.

  • Interfaollik kunikmalari media vositasida muloqot qilish va turli media-rollarni bajarib kurish kobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Mazkur kunikmalarni taʼlim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik kunikmalari o‘z fikr va qarashlarini ifoda etishga tayyorlikni ko‘rsatadi.

  • Tanqidiy tahlil kunikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda, turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Ushbu kunikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o‘rganish orqali yaxshiroq rivojlanadi;

  • Havfsizlik kunikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularni oldini olish qobiliyatida namoyon buladi. Virtual makondan havfsiz foydalanish, shaxsiy makonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi.

Media bilan individual munosabat har doim inson va mediamatn urtasidagi mulokotni nazarda tutadi. Yaʼni dalil yoki tuqima - haqida ketayotganligidan qatʼiy nazar, inson mediamatnning mazmunini shaxsiy qarashlari va tajribasi bilan solishtiradi. Shuningdek, tadqiqotlar insonlar mediadan uz qarashlari, qadriyatlari va his-tuyg‘ulariga mos keladigan qarash va g‘oyalarni tanlashga moyil ekanliklarini kursatdi.
Mediadan foydalanish insonlar televizorni birgalashib kuradi, chatda dustlari bilan muloqot qiladi, bir-biri bilan interfaol uyin o‘ynaydi, hatto kinoga borish ham jamoaviy tadbir hisoblanadi. Odatda, mediadan yonimizda hech kim yuqligida foydalanishimizga qaramay, biz baribir yagona hayoliy jamiyatda ishtirok etayotganimizni his qilamiz. Media vositasida insonlarda o‘zaro birdamlik hissi mustahkamlanadi. Yoshlarga Internetdagi yangiliklar va boshqa axborotlarni “sog‘lom” isteʼmol qilish ko‘nikmalarini singdirish, axborotni bir necha mediamanbalardan olish orqali axborotdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, feyklarni aniqlash va yangiliklarga oid onlayn-resurslarning ishonchliligini aniqlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish uchun kutubxonachilar treninglar, ochiq maʼruzalar, loyihaviy o‘qitish tashkil etish, taqdimotlar, broshyuralar, plakatlar tayyorlash, veb-sahifalardagi maqolalar chop etish hamda ijtimoiy mediadagi materiallar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish zarur hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, biz o‘z ishlanmalarimiz asosida va media-axborot savodxonligi hamda media-ta’lim kontseptsiyasiga zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda bizni qiziqtirgan tushunchalarning ta’riflarini shakllantiramiz.
Ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini rivojlantirishning eng yaxshi usuli bu turli xil ommaviy axborot vositalariga ta’sir qilishdir, ammo ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun avtomatik, takroriy ta’sir qilish etarli emas. Buning uchun bizga qadriyatlar haqida savollar berish, muayyan media-resurs tanlash haqida o‘ylash, talabani ishonchli ma’lumotlarga yo‘naltirish, ommaviy axborot vositalarining ommabopligi bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatishimiz kerak.
Shunday qilib, media va axborot savodxonligi media-ta’lim natijasida yuzaga keladi. Mos ravishda, media-ta’lim ko‘p yo‘nalishli ta’lim majmuasi hisoblanadi.

Yüklə 27,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin