Media va axborot savodxonligi Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda.
· Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish;
· OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;
· Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ ri qaror qabul qilish;
· Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
· OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Mediasavodxonlik ko‘nikmalari
Mediasavodxonlik ko’nikmalarini uchta asosiy yo’nalishlar bo’yicha taqsimlash mumkin:
audiovisual literacy va visual literacy (audiovizual savodxonlik) makon va vaqtga oid audiovizual voqyelikni tahlil va sintez qilish qobiliyatini ko’zda tutadi. Bu audiovizual mediamatnni o’ziga xos “o’qish” layoqati, audiovizual texnikadan foydalana olish, uning asoslarini bilish bo’lib, bular media kompetensiyasining tarkibiy qismidir.