Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish



Yüklə 50,38 Kb.
səhifə1/7
tarix16.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#182954
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish -www.fayllar.org


Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish mundarija

Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish
MUNDARIJA:
Kirish ..
I-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish
    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etish….


    2. Bolalar faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish




II-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining o’rni va roli
2.1. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish…
2.2.Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilarning kun tartibini to’g’ri taqsimlash
Xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Yangi O’zbekistonda Uchinchi renesansning ustunlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimida yangicha yondashuv, o‘zgarishlar jarayoni kechmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida farzandlarimiz 2-3 yoshdan boshlab ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kelajakda mustaqil hayotga kafolatli tayyorlash, shaxs sifatida o’zini-o’zi rivojlantirish, dunyoqarashi keng, ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishuvchan shaxslar etib tarbiyalash maqsadida 2019-yil 3-mayda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”1 qabul qilindi. Ushbu konsepsiyaning 5-bobi maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan, ya’ni 3-7 yoshli bolalarga xos xususiyatlar jumladan o’z tuyg’ularini boshqarish ko’nikmalarining rivojlanishi; o’z xatti harakatlarini axloqiy boshqarish ko’nikmalarining yuzaga kelishi; shaxsiy fazilatlar asoslarining paydo bo’lishi,o’zini namoyon qilishga intilish; ijtimoiy motivlar va milliy ana’nalarga qiziqishning paydo bo’lishi, muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining paydo bo’lishi va o’z- o’ziga baho berish; o’z xulqini axloqiy boshqarish malakalarining yuzaga kelishi kabilar.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish bo’yicha qator chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan, jumladan, Sog’liqni saqlash vazirligi, ”Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda 3-yoshgacha bo’lgan bolalarning ruhiy-psixologik holatini muntazam nazorat qilish tizimi yo’lga qo’yilgan.
Tarbiya-go’dak va bolalarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini, kompetensiyalarni shakllantiruvchi, maqsadga yo’naltirilgan uzluksiz jarayon. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, mustaqil hayotda avvalambor o’zini, so’ngra atrofdagilarni hurmat qiladigan shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy kompetensiyalarning ahamiyati kattadir. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda bolalikdanoq ona shahriga, ona yurtiga, ona madaniyatiga mehr uyg‘otish zarurligi haqida ko‘p yozilgan. Bu tushunchalarning barchasi bolalarda o‘z ona yurti, ona yurtidan faxrlanish, unga chuqur hurmat tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Shu sababli, o'z xalqi madaniyatini, o'z mintaqasi, shahri tarixini o'rganish zamonaviy dunyoda zarur.
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida”gi O'RQ-595-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son Qarori asosidagi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3261-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo'lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5144-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 yanvardagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4581-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 apreldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5071-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1028-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1026-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 391-son Qarori, Maktabgacha ta'lim vazirining 2020 yil 26 oktyabrdagi “Maktabgacha ta'lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to'g'risida”gi 173-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida ushbu o'quv dastur ishlab chiqilgan. Shuningdek, pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo'yiladigan davlat talablari asosida оilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish va ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni taqozo etadi.

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin