Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish


II-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining o’rni va roli



Yüklə 50,38 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#182954
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha taʼlim jarayonida pedagogik jarayonni tashkil etish -www.fayllar.org

II-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining o’rni va roli
2.1. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish
Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Kichik guruh bolalarining ko'p vaqti guruh xonasida o'tadi. Yaxshi jihozlangan xona, o'yinchoq va qo'llanmalarni to'g'ri tanlash bolalarning to'laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o'yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 3-4 ta bo'lib o'ynashlarini e’tiborga olib joylashtirilishi, «Oila», «Bolalar bog'chasi» va shunga o'xshash o'yinlarni o'ynashlari uchun o'yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi o'yinchoqlar ham bo'lishi kerak, qolgan o'yinchoqlar, rasmlar shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirishi lozim. Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun ham joy ajratilishi kerak. Harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo'yiladi.
kichik guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek muhit tashkil etiladi. Bundan tashqari kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balki, to'rlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti maydonchasida sport o'yinlari bilan shug'ullanish uchun maxsus joy bo'ladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qo'yiladi: velosipedda uchish uchun yo'lka, tirmashib chiqish uchun jismoniy tarbiya narvonchalari, muvozanatni saqlash uchun ma'lum balandlikda yotqizilgan g'o'la va shunga o'xshashlar bo'ladi. Olib chiqilgan o'yinchoqlarni o'ynash uchun maxsus stollar, o'rindiqlar, suv bilan o'ynash uchun maxsus idish, qum yashigi bo'lishi kerak.
O'rta guruh xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish xonasiga ega bo'lishi kerak.
Guruh xonasi bir necha bo'limdan iborat bo'lishi kerak. Birinchi o'yin bo'limida qo'g'irchoq bilan o'ynash uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo'ladi. Ikkinchi o'yin bo'limida qurilish materiallari qo'yiladigan shkaf va ular bilan o'ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari uchun kerakli materiallar qo'yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o'yini bilan shug'ullanishlari uchun o'yin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqda joylashtirgan ma’qul. Xona amaliy san’at asarlari va ko'kalamzorlashtiruvchi o'simliklar bilan bezatiladi.
Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o'simliklar bilan to'silib, jismoniy mashqlar va sport ermak o'yinlari uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi.
Katta guruh. O'yin bo'limlari bolalarning yoshiga mos holda, o'rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashg'ulot o'tkaziladigan bo'lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o'ynashlari uchun hamma kerakli materiallar ular bemalol foydalana oladigan qilib joylashtirilishi kerak (stollar, o'yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar]. Tabiat burchagi, qo'l mehnati bilan shug'ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat burchaklari bo'lishi kerak. Bulardan tashqari bolalar bemalol, erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo'sh joy bo'lishi zarur. Maydonchada sport o'yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg'itish uchun katta joy ajratiladi. Syujetli o'yinlar uchun o'yinchoqlar ham bo'ladi.
Tayyorlov guruhi. Bu yerdagi mashg'ulot o'tkaziladigan bo'limda katta guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo'yiladi. Guruh xonasidagi jihozlar zarurat tufayli shug'ullanganda o'yinga joy bo'shatish maqsadida boshqa tomonga surib qo'yadigan qilib joylashtiriladi. Maydonchada sport o'yinlari va har xil o'yinlar uchun joy ajratiladi, gulxona va poliz tashkil etilib, u yerda bolalar o'zlari gul va sabzavotlarni yetishtiradilar.
Bolalar hayotini tashkil etishga qo'yiladigan talablar. Running birinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish, bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotida 9-10 soat bo'lishi kun tartibida belgilab qo'yilgan. Bunda ertalabki qabul muhim rol o'ynaydi. Tarbiyachi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi vaqti qiziqarli, sermazmun o'tishini ta’minlaydi.
Buning uchun ertalab bolalarni ochiq chehra bilan kutib oladi, ota-onalari bilan xushmuomala, xayrixoh munosabatda bo'ladi. Ertalabki qabul vaqtida ijodiy o'yinning hamma turlari tashkil etiladi, tabiat burchagida kuzatish, bolalarning guruh xonasidagi, ovqat va mashg'ulotlardagi navbatchiliklari, nonushtadan oldin ertalabki gimnastika va yuvinish tashkil etiladi. Nonushta vaqtida tarbiyachi bolalarning ovqatlanish madaniyatini nazorat qilib turadi.
Nonushtadan keyin dasturda ko'rsatilgan vaqt mobaynida mashg'ulot o'tkaziladi. Mashg'ulotgacha va mashg'ulot o'rtasida o'yinlar tashkil etiladi. Qanday o'yin o'tkazilishi mashg'ulotning mazmuni va xususiyatiga bog'liq. Bolalar o'tirib shug'ullanadigan mashg'ulotdan oldin harakatli o'yinlar, jismoniy tarbiya va musiqaviy mashg'ulotdan oldin o'yinlar o'ynashadi. Mashg'ulotdan keyin sayr o'tkaziladi. Tarbiyachi tevarak-atrofdagi tabiatni, kattalar mehnatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatishni tashkil etadi. Harakatli o'yinlar o'tkazadi, mustaqil o'yin o'tkazishni taklif etadi. Mana shu vaqt ichida bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, didaktik o'yinlar, ijodiy o'yin turlari bilan shug'ullanishlari uchun katta e’tibor beriladi. Maqsadli sayrlar uyushtiriladi. Sport o'yinlari va mashqlar, jismoniy dam olish va shunga o'xshashlar bolalarning harakat faolligini o'stirishga ham katta iihamiyat beriladi.
Bolalarning sayrdan qaytishlari, yechinib yuvinishlari, tushki ovqat va kunduzgi uyqu ham juda uyushqoqlik bilan o'tishi kerak.
Running ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarni uyg'otib, faoliyatga kirishlarini ta’minlaydi va kechki nonushta tashkil etiladi. Keyin musiqaviy yoki jismoniy tarbiya mashg'uloti o'tkazilishi mumkin. Kechki sayrga quyidagilar kiradi: hamma ijodiy didaktik o'yinlar, tinch harakatli o'yinlar, kuzatish, qo'l mehnati, bolalarning mustaqil tasviriy faoliyati, ko'ngil ochishlar (haftada bir marta). Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etishga qo'yiladigan asosiy talab har bir bolaning mazmunli va qiziqarli faoliyat bilan shug'ullanishini, ularning har tomonlama rivojlanishi va baxtli bolalikni ta’minlashdir.
Shunday qilib, kun davomida bolalar hayotini tashkil etishga quyidagi talablar qo'yiladi:
  1. Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.


  2. Har bir yosh guruhda faoliyat turlarini almashtirib borish


  3. Bolalarning harakat faolligini yetarlicha ta'minlash.


  4. Mashg'ulot, o'yin, mehnat, maishiy faoliyat o'rtasida aloqa o'rnatish.


  5. Bolalarning olgan bilim, malaka, ko'nikmalarini mustaqil faoliyatlarida qo'llay olishga o'rgatish.


  6. Bolani faol bo'lishga, har doim biron narsa bilan mashg'ul bo'lishga o'rgatish.


  7. Har bir bolani ijobiy xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sha- roit yaratish.


  8. Bolalarning butun faoliyatiga tarbiyachining rahbarligi.


  9. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish.


Tayanch tushunchalar:


Faoliyat - kishining madaniy ma'naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlari majmuasi.
Tushuntirish - ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi sanaladi.
Tushuncha - bu narsa va hodisalarning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi fikr - tafakkur shakli.

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin