O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“Tasdiqlayman”
Jizzax politexnika instituti rektori
____________A.Usmankulov
30.08.2023-yil
Ro‘yxatga olindi: №MD 70730401-1.01
30.08.2023-yil
“ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI”
fanining
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
700 000
|
- Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
|
Ta’lim sohasi:
|
730 000
|
- Arxitektura va qurilish
|
Magistratura
mutaxassisligi:
|
70730401
|
- Muhandislik kommunikasiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)
|
Jizzax-2023 yil
Jizzax - 2023 Fan/modul kodi
ITM1104
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
1
|
Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
majburiy
|
Ta’lim turi
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
|
60
|
60
|
120
|
2
| I. O‘quv fanining mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrantlarda ilmiy tadqiqot va uning xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot mavzusini asoslash metodlari, axborotlarni qidirish, nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi, ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, ilmiy tadqiqot natijalarini chop etish va taqdimot qilishni o‘rganish hamda ularni o‘zlarining ilmiy tadqiqot faoliyatida samarali foydalanish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi –magistrantlarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ilmiy tadqiqot jarayoniga ijodiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ilmiy tadqiqot metodologiyasining mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali ilmiy faoliyatini samarali tashkil etish.
|
|
II. Asosiy nazariy qism. (ma’ruza mashg’ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Ilm va ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari.
Ilm tushunchasi. Ilm maqsadi. Tadqiqot usullari. Ilm va ilmiy texnikaviy rivojlanishning samaradorligini oshirish yo‘llari. Ilmiy tadqiqot va uning maqsadi. Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar. Ilmiy tadqiqot ishlarining bosqichlari. Ilmiy tadqiqot tasnifi.
2-mavzu. Ilmiy tadqiqot mavzusini shakllantirish.
Mavzu tanlashning bosqichlari. Mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, iqtisodiy samaradorligi, ilmiy guruh yo‘nalishiga mos kelishi, amaliyotga tadbiq etilishi, istiqbolliligi va barqarorligi.
3-mavzu. Ilmiy-texnik axborot bilan ishlash. Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodikasi. Metodlar bilan ishlash tartibi. Ma’lumotlarni eslab qolish usullari. Ilmiy texnik axborotlarni yozish usullari. Maqsad va aniq vazifalarni shakllantirish.
4-mavzu. Nazariy tadqiqotlar metodologiyasi.
Ijodkorlik –nazariy tadqiqotlar asoslari. Tadqiqotning deduktiv va induktiv usullari. Abstraktlashtirish, formallashtirish, tahlil va sintez usullari. Mantiqiy va tarixiy usullar. Jarayonlarni o‘rganishning kuzatish, solishtirish, o‘lchash va tajriba usullari. Tadqiqot modellari. Fizik, matematik, tabiiy modellar. Modellashtirish usullari. Ehtimol-statistik usullar. Ilmiy tadqiqot nazariy ishlanmalarining asosiy bo‘limlari.
5-mavzu. Tajribaviy tadqiqotlar metodologiyasi.
Tajribaviy tadqiqotlarning tabiiy va sun’iy usullari. Laboratoriya va ishlab chiqarish tajribalari. Tajribaviy tadqiqotlar metodologiyasining asosiy bosqichlari. Tajribaning dastur-rejasini ishlab chiqish. Tajriba o‘tkazishning o‘lchov vositalarini tanlash va o‘lchashni baholash. Tajribaviy tadqiqotlar metodologiyasining asosiy bosqichlari. Tajribani o‘tkazish. Tajriba natijalarini qayta ishlash va tahlil etish.
|
Dostları ilə paylaş: |