Dermatamikozlar haqida tushuncha klassifikatsiyasi
Dermatomikozlar (dermato... va yun. mykes — zamburugʻ) — terining zamburugʻli kasalliklari; parazit zamburugʻlar (dermatomitsetlar) qoʻzgʻatadi. D. 4 xil boʻladi: 1) keratomikozlar — zamburugʻlar terining eng ustki muguz qavatida yoki soch kutikulasida boʻladi; unda yalligʻlanish, ogʻriq, qichishish alomatlari kuzatilmaydi. Bunga qipiqdi temiratki, eritrazma, pyedra (sochdagi suv sirka), qoʻltiq trixomikozi kiradi; 2) epidermomikozlar — zamburugʻlar terining muguz qavatida, tirnoqlarda boʻladi, koʻpincha teri yalligʻlanadi. Bunga chov va oyoq panjasi epidermofitiyasi, rubrofitiya, kandidamikozlar kiradi; 3) trixomikozlar — zamburugʻlar terining ustki qavatini yalligʻlantirib, sochning tagigacha kirib ketadi. Bularga trixofitiya, mikrosporiya, kal (favus) kiradi, ular yuqumli; 4)chuqur mikozlar — zamburugʻlar terining chuqur qavatiga oʻtib, ogʻir yalligʻlanish alomatlari, katta-kichik tugunchalar paydo qiladi; keyinchalik qon va limfa tomirlari orqali muskul, suyak va ichki aʼzolar (oʻpka, buyrak, ichak)ga ham tarqaladi. Vaqtida davolanmasa ogʻir oqibatlarga olib borishi mumkin. D.ning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish, kasallik manbai va bemorni vaqtida aniqlash, shuningdek, bemorning oila aʼzolari, bolalar muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar va barcha xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish lozim. Davo asosan kasallikning xili va alomatlari ga qarab buyuriladi.
Odatda, barcha zamburug’li kasalliklar terining yengil va sezilmaydigan qipiqlanishidan boshlanadi. Biroq, har bir turi ma’lum bir alomatlar bilan tavsiflanadi:
Keratomikoz — bu epidermisga ta’sir etadi, yallig’lanishni keltirib chiqarmaydi, shikastlangan dermatomalarning qipiqlanishi, pigmentatsiyaning o’zgarishi xarakterlidir. Shikastlanish o’choqlari turli o’lcham va shakllarga ega.Dermatofitiyalar — bunda epidermis va uning ortiqalari jalb etiladi, yallig’lanish jarayoni rivojlanishi ehtimoli mavjud. Oyoq, sochlar, chov qatlamlari haddan tashqari qipiqlanish yoki qizarish bilan tavsiflanadi, yoriqlar, namlanish shakllanadi. O’choqli alopetsiya, tirnoqlarning rangi va qalinligi o’zgarishi kuzatiladi.Kandidozlar — oq rangli o’choqlar paydo bo’ladi, ularning ostida qizarishlar aniqlanadi. Og’riq yoki qichishish bilan birga kechishi mumkin.Chuqur mikozlar — bu terining, ichki a’zolarning tizimli, massiv shikastlanishi bo’lib, zamburug’larning organizm bo’ylab disseminatsiyali tarqalishi bilan birga kechadi. Kechishi tabiati o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin.
Etiologiyasi
Ko’pincha ipli tuzilmalar yoki dermatomitsetalar (trixofiton, mikrosporon, axorion) kuzatiladi. Zamburug’larning ikkinchi guruhi — Kandida avlodiga mansub achitqi zamburug’lari. Kasallik manbalari kasallangan hayvonlar yoki odamlar hisoblanadi.
Infektsiyalanish inson yoki hayvon tanasining nuqsonli qismi bilan yaqin kontakt qilish, shuningdek, bemorning ifloslangan buyumlari bilan aloqada bo’lish orqali sodir bo’ladi.
Zamburug’lar tashqi muhitda juda barqaror bo’lgan sporalar bilan ko’payganligi sababli ular kundalik buyumlarga, epidermis yoki shilliq qavatlarning boshqa joylariga tushadi va ularda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Go’zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, hammomlar, manikyur salonlariga tashrif buyurish paytida zamburug’li kasalliklar bilan kasallanish xavfi mavjud. Ortqicha terlash (gipergidroz), immunitetning pasayishi, terida shilinish va yoriqlar mavjudligida, avitaminozlar va shaxsiy gigiena choralariga rioya qilmaslik bilan bog’liq patologiya paydo bo’lishi hollari mavjud.
Davo choralar:
ZAMBURUG’LI KASALLIKLARNI DAVOLASH
Patologiyalarni davolash va tegishli kompleks terapiyani tayinlash bilan shifokor-dermatolog shug’ullanadi. Terapiyada turli xil farmokologik shakllar qo’llaniladi: tabletkalar, malhamlar, kremlar, kukunlar, aerozollar va ularning kombinatsiyasi, masalan, bir vaqtning o’zida tabletka ichish va malhamlarni surtish.
Immunoterapiya — organizmning himoya xususiyatlarini (immunitetini) rag’batlantirish va vitaminli terapiya ortiqchalik qilmaydi. Tizimli zamburug’larga qarshi vositalardan itrakonazol, flukonazol, terbinafin gidroxlorid, ketokonazol ajratiladi. Mitseliydan qutulish uchun 60%li giposulfit natriy eritmasi, so’ngra 6%li xlorid kislotasi eritmasi bilan artish belgilanishi mumkin. Boshning sochli qismi shikastlanganda, ketokonazol asosli shampunlar buyuriladi.
Kandidozni davolashda: antibakterial dorilarni qabul qilishni to’xtatish, tizimli antifungal terapiya, zamburug’larga qarshi dori vositalari, malhamlar (lamizil, klotrimazol) va kremlarni va ichak mikroflorasini tiklash uchun preparatlarmi (probiotiklar) qo’llash ko’rsatiladi.
OLDINI OLISH
Zamburug’li kasalliklarni oldini olish uchun oddiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish: kishi o’z tarog’i, oyoq kiyimlaridan foydalanishi kerak. Mushuk, it, sigir, ot kabi hayvonlar bilan yaqin kontakda bo’lgandan keyin qo’llarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.