11-mavzu:Glikozid saqlovchi dorivor o’simliklar REJA: 1. Yurak glikozidlarining tibbiyotda ishlatilishi
2. Yurak qon-tomir kasalliklarida qo'llaniladigan dorivor o'simliklar
3. Valeriana o'simligining dorivor xususiyatlari
4. Sibir pixtasining botanik va dorivor xususiyatlari
Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to’rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaharlari) deb ataladi.
Yurak glikozidlari o’simliklar to’qimalarida sintezlanadi1 hamda ular boshqa glikozidlar singari o’simliklarning barcha organlaridagi hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Bu guruhga kiradigan glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar (piyozgul- doshlar – Liliaceae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiyadoshlar (Asclepiadaceae), karamdoshlar (butguldoshlar – Brassicaceae (Cruciferae)), dukkakdoshlar (Fabaceae), jo’kadoshlar (Tiliaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar (Celastraceae) va boshqa oilalar vakillari tarkibida topilgan.
Yurak glikozidlarining tibbiyotda ishlatilishi Yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo’lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba’zi og’ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
Angishvonagul bargi – folia digitalis O’simlikning nomi. XI DF ga ko’ra mahsulot angishvonagul o’simligi-ning quyidagi ikki turidan tayyorlanadi: qizil angishvonagul – Digitalis purpurea L. va yirik gulli angishvonagul – Digitalis grandiflora Mill. (Digitalis ambigua Murr.), sigirquyruqdoshlar – Scrophulariaceae oilasiga kiradi.
Butun dunyoda angishvonagul turkumining 36 turi uchraydi. SHulardan 7 turi Sobiq Ittifoqda yovvoyi holda o’sadi. SHulardan tibbiyotda hozircha dorivor sifatida angishvonagulning 5 turidan foydalaniladi.
Qizil angishvonagul ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, bo’yi 30–120 sm ga (ba’zan 2 m ga) yetadi. Ildizidan birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yil esa poya o’sib chiqadi. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o’suvchi bo’lib, tuklar bilan qoplangan. Ildizoldi barglari cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, to’mtoq tishsimon qirrali, uzun bandli bo’lib, uzunligi 12–35 sm. Poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, uzunligi 12–20 sm. Barg poyasining yuqori qismiga chiqqan sari kichiklashadi, bandi esa qisqara boradi. Poyaning hamma qismidagi barglari to’mtoq tishsimon qirrali, barg bandi esa qanotli bo’ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to’q yashil, pastki tomoni esa kulrang, sertuk, to’rsimon tomirlangan. Barg plastinkasining pastki tomonidagi tomirlari juda yaxshi taraqqiy etgan, ular aniq bilinib turadigan mayda to’r hosil qiladi (faqat shu o’simlikka xos). Barg plastinkasi pastki tomonining sertuk bo’lishi (plastinka yashil-kulrang tusga bo’yalgan) va tomirlarining o’ziga xos to’r hosil qilishi bu o’simlikning asosiy xarakterli belgilaridan biridir. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, asos qismiga qadar besh bo’lakka qirqilgan. Tojbargi beshta, angishvonasimon yoki naychasimon-qo’ng’iroqsimon birlashgan, pastki qismi ingichkaroq, usti qizil, ichi oq, ikki labli, yuqori labi sal qirqilgan ikki bo’lakli, pastki labi uch bo’lakli bo’lib, to’mtoq uchburchak shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ikki xonali, ko’p urug’li ko’sakcha. Iyun-iyul oylarida gullaydi, urug’i iyul-avgustda yetiladi. O’simlikning hamma qismi zaharli. Geografik tarqalishi. Qizil angishvonagul Ukraina, Belorus respublikalari va Krasnodar o’lkasidagi xo’jaliklarda o’stiriladi.
Yirik gulli angishvonagul ko’p yillik, bo’yi 40–100 sm ga yetadigan (ba’zan bundan uzun bo’ladi) o’t o’simlik. O’simlikda birinchi yili faqat ildizoldi to’p barglar, ikkinchi yili esa poya hosil bo’ladi. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan. Bargi lantsetsimon yoki cho’ziq lantsetsimon, o’tkir uchli, bir oz o’tkir arrasimon qirrali. Poyaning pastki qismidagi barglari keng qanotsimon bandli, yuqori qismidagilari esa bandsiz. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangga bo’yalgan. Tuklar bargning pastki tomonidagi tomirlar bo’ylab joylashgan. Barg uzunligi 7–25 sm, eni 2–6,5 sm, tomirlari kam shoxlangan. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Guli sariq. Gulkosachasi 5 bo’lakli, tojbargi 5 ta, birlashgan – angishvonasimon. Mevasi – ko’p urug’li, ikki xonali ko’sakcha.Iyun-iyul oylarida gullaydi.
O’simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. Yirik gulli angishvonagul yovvoyi holda Ural tog’larida va G’arbiy Sibirning Uralga yondoshgan tumanlarida, Oltoy tog’ etaklarida, Rossiyaning Ovrupo qismining ba’zi (Valday, Volga oldi tepaliklar) tumanlarida, qisman Latviya, Karpat va SHimoliy Kavkaz tog’laridagi keng yaproqli va aralash o’rmonlarda o’sadi. Mahsulotni tayyorlaydigan asosiy joylar Sverdlovsk va CHelyabinsk viloyatlari.
Mahsulot tayyorlash. Yirik gulli angishvonagulning mahsuloti yovvoyi holda o’sadigan o’simlikdan tayyorlanadi. O’simlikning birinchi yili ildizoldi to’p barglari, ikkinchi yildan boshlab ildizoldi to’pbarglari va poyadagi barglari uning gullash davrida yig’iladi. Qizil angishvonugal o’simligi plantatsiyalarda bir yoki ikki yillik o’simlik sifatida o’stiriladigan bo’lgani uchun uning ildizoldi barglarini yoz bo’yi 2–3 marta,
ikkinchi yili esa o’simlikni gullash vaqtida poyadagi barglari ham bandsiz qilib yig’ib olinadi. Bargni quritishdan oldin bandidan ajratiladi. CHunki barg bandida ta’sir etuvchi modda – glikozidlar kam bo’ladi hamda mahsulotning tez qurishiga halaqit beradi. Odatda bargni kunning ikkinchi yarmida, havo ochiq vaqtida yig’ish tavsiya etiladi. CHunki bu vaqtda bargda ta’sir etuvchi modda ko’p bo’lib, havo bulutligida yoki qorong’ilikda u bir oz kamayadi. Mahsulotni yig’ib olib, tezlik bilan 50–60°S haroratda quritiladi. Agar mahsulot sekin quritilsa tarkibidagi glikozidlar parchalanib ketiish mumkin.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot angishvonagul o’simliklarning quritilgan bargidan tashkil topgan. Angishvonagul o’simliklarining bargi asosan bir-biridan barg plastinkasining shakli, ser yoki kam tukliligi, tomirlarining taraqqiy qilishi hamda plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi.
Qizil angishvonagul o’simligining barglari cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, to’mtoq tishsimon qirrali, uzunligi 12–35 sm bo’ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to’q yashil, pastki tomoni sertuk, kulrang, tomirlari yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, aniq bilinib turadigan mayda to’r hosil bo’ladi. Yirik gulli angishvonagul o’simligining barglari lantsetsimon yoki cho’ziq lantsetsimon, o’tkir uchli, o’tkir arrasimon qirrali bo’ladi. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangli, tuklar pastki tomonda tomirlar bo’ylab joylashgan bo’lib, barg uzunligi 7–25 sm, eni 2–6,5 sm.Mahsulot hidsiz va yoqimsiz achchiq mazasi bor.
XI DF ga ko’ra qizil angishvonagul o’simligida mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 18%, qoraygan va sarg’aygan barglar 1 %, poya, meva va boshqa qismlar 1 %, teshigining diametri 2 mm bo’lgan elakdan o’tadigan mayda qismi 2 %, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun: bo’lak
stallari bo’lmasligi, mayda, ikki hujayrali boshchali bezli va uzun, oddiy, so’galli tuklar bo’lishi bilan xarakterlidir. Qizil angishvonagul bargida oddiy tuklar zich, boshqa turlarda esa siyrak joylashgan. Sertuk angishvonagulda oddiy tuklar 12 tagacha hujayrali bo’lib, ular barg bandida va asos qismida o’rnashgan. Angishvonagulning boshqa turlarini (malla angishvonagul, sertuk angishvonagul va kiprikli angishvonagul) barg epidermis hujayralari ustki tomondan to’g’ri chiziqli bo’lib ko’rinadi. Sertuk angishvonagul bargining epidermisi ustki tomondan aniq ko’rinadigan darajada qalinlashgan bo’ladi.
Kimyoviy tarkibi. Angishvonagul o’simligining hamma qismi tarkibida yurak glikozidlari bo’ladi. Qizil angishvonagul o’simligining bargida purpureaglikozid A, purpureaglikozid V, 0,25–0,3% digitoksin, gitoksin, 0,11% gitaloksin, glyukogitaloksin, gitorin va boshqa yurak glikozidlari bor. Purpureaglikozid A (yoki dezatsetillanatozid A) ferment ta’sirida glyukozaga va digitoksin glikozidiga, digitoksin esa kislota ta’sirida 3 molekula digitoksozaga esa digitoksigenin aglyukoniga parchalanadi. SHuningdek, purpureaglikozid V (yoki dezatsetillanatozid V) glyukozaga va gitoksin glikozidiga, so’ngra 3 molekula digitoksozaga hamda gitoksigenin aglikoniga parchalanadi.O’simlik urug’i tarkibida digitalinum verum (0,3%), glyukoverodoksin, gitoksin, digitoksin va boshqa yurak glikozidlari bo’ladi.Barg va urug’i tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari, steroid saponinlar (urug’ida 5,88% digitonin, gitonin, tigonin va ularning aglikonlari, sarsasapogenin), flavonoidlar (apigenin, gispidulin, xrizoeriol va nepetin) hamda kofe va boshqa organik kislotalar bor.DFga ko’ra 1 g angishvonagul o’simligi bargining biologik faolligi 50–66 LED yoki 10,3–12,6 KED bo’lishi kerak.
Ishlatilishi. Angishvonagul o’simliklarining preparatlari yurak porogi hamda yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishini, gipertoniya va yurakning tebranuvchi aritmiyasini davolashda ishlatiladi. Ular strixnin, kofein va kamfora bilan birgalikda og’ir yuqumli kasalliklardan keyingi yurak va qon tomirlarining zararlanishidan kelib chiqqan yurak faoliyati susayishini davolashda ham qo’llaniladi.Angishvonagul o’simligining bargi, glikozidlari, shuningdek, bargdan tayyorlangan preparatlar kumulyatsiya ta’siriga, ya’ni organizmda to’planib qolib, so’ngra ta’sir qilish xususiyatiga ega. Ular ko’p iste’mol qilinsa, kishi zaharlanishi mumkin. SHuning uchun angishvonagul o’simliklari preparatlari yurakka ta’sir etuvchi boshqa preparatlar bilan birga navbatma-navbat ishlatilishi lozim.
Dorivor preparatlari. Bargdan tayyorlangan kukun (poroshok), tabletka, damlama, kordigit (tabletka holidagi preparat) hamda tabletka holidagi digitoksin va boshqalar.Angishvonagul o’simligining boshqa turlari ham o’rganilgan. Ular tarkibida qizil angishvonagul singari yurak glikozidlari bo’lishi aniqlandi hamda ularning preparatlari tibbiyotda ishlatilishiga ruxsat etildi. Quyidagi angishvonagul o’simliklarining preparatlari yurak kasalliklarida keng qo’llanilmoqda.