5-mavzu. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. Gibbs tenglamasi. Ionlar adsorbsiyasi. Ionitlar.
Reja:
1. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya.
2. Gibbs tenglamasi.
3. Dyuklo-Traube qoidasi. Ionlar adsorbsiyasi.
4. Qattiq modda sirtida eritmalardan bo`ladigan adsorbsiya. Ionitlar.
1.Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya.
Molekulyar (noelektrolitlar) adsorbsiya quyidagi omillarga bog‘liq:
Adsorbentning tabiatiga;
Erituvchining tabiatiga;
Yutilayotgan modda (adsorbtiv)ning tabiatiga;
Eritmadagi
moddaning konsentrasiyasiga;
Haroratga.
Adsorbent tabiatining ta’siri mohiyati shundan iboratki, gidrofob adsorbentlarga qutbsiz
moddalar, gidrofil adsorbentlarga esa qutbli moddalar yaxshi adsorbilanadi.
Qattiq adsorbentlarga erigan moddalarning adsorbsiyasi quyidagi umumiy qoidalarga
bo‘ysunadi:
Adsorbentning sirtini berilgan erituvchi qancha yomon ho‘llasa va modda ayni
erituvchida qancha yomon erisa, erigan moddaning adsorbsiyasi shuncha yaxshi bo‘ladi.
Adsorbentga erituvchi qancha yomon adsorbsiyalansa, erigan modda ushbu adsorbentga
shuncha yaxshi adsorbilanadi.
Qattiq jism sirtiga modda (erigan modda va erituvchi)
larning adsorbilanuvchanlik
kriteriysi – bu ularning sirt tarangligidir. Ma‘lumki, SFMlarning sirt tarangligi kichik bo‘ladi.
Shuning uchun muhitning (erituvchining) sirt tarangligi qancha katta bo‘lsa, qattiq jism sirtiga
erituvchi molekulalari shuncha kam adsorbsiyalanadi, erigan modda (SFM)
esa kuchli
adsorbilanadi. Adsorbsiyalanuvchanlikning ikkinchi kriteriysi bu – adsorbentning erituvchi bilan
ho’llanish issiqligidir. Ho‘llanish issiqligi qancha katta bo‘lsa, erituvchi adsorbent bilan shuncha
kuchli energetik ta‘sirlashadi. Shunday qilib, quyidagi umumiy qonuniyatga ega bo‘lamiz: agar
olingan erituvchi qattiq adsorbent sirtini qancha yomon ho‘llasa, ushbu erituvchidan erigan
moddaning qattiq jismga adsorbsiyasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Adsorbsiyalanishga yutilayotgan modda tabiatining ta’siri bir nechta usullar bilan
aniqlanadi:
O‘xshash –o‘xshashlari bilan ta‘sirlashadi;
Berilgan erituvchida moddaning eruvchanligi qancha katta bo‘lsa,
u qattiq adsorbent
sirtiga shuncha yomon adsorbilanadi.
A va C fazalar chegara qismida B modda adsorbilanishi mumkin, qachonki u ushbu
fazalarning qutbliligini tenglashtirsa. Demak, suv (ε = 1) – ko‘mir (ε ≈ 1) chegarasida dielektrik
qiymatlari 1 < ε < 78,3 oralig‘ida bo‘lgan moddalar adsorbsiyalana oladi. Masalan, sirka kislota
(ε≈6) butil spirti (ε≈18), anilin (ε≈7)
va boshqalar “suv – ko’mir” chegara sirtiga
adsorbsiyalana oladi. Ya‘ni quyidagi shartga amal qilinishi kerak;
εA > εB > εC yoki εA < εB < εC
Rebinderning ushbu qutblilik tenglashishi qoidasi istalgan fazalar
chegara sirtlari uchun
to‘g‘ri. Masalan
, suv (ε ≈ 78,3) – toluol (ε ≈ 2,4) chegara
sirtida anilin (ε ≈ 7) sirt faol modda
vazifasini bajaradi va adsorbsiyalana oladi.
Toluol (ε ≈ 2,4)-havo (ε ≈ 1) chegarasida anilin (ε ≈
7) adsorbsiyalanmaydi. Chunki εA > εB > εC shart bajarilmayapti. Aksincha anilin – havo
chegarasida toluol SAM vazifasini bajarib, anilinni va havoning qutbliligini tenglashtirishi
hamda adsorbilanishi mumkin.
Qutbliliklarni tenglashtirish qoidasidan:
Erituvchi va erigan modda qutbliliklari orasidagi farq qancha katta bo‘lsa,
moddaning
eruvchanligi shuncha kichik bo‘ladi va u shuncha yaxshi adsorbilanadi. Aksincha,
Erituvchi adsorbtivni qancha yaxshi eritsa, ushbu muhitda adsorbsiya yomon boradi.
Rebinder qoidasidan SAM difil molekulalarining qutbli qismi fazaning qutbli tomoniga, qutbsiz
qismi esa qutbsiz tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi kelib chiqadi:
Rasm. ―Qattiq jism – eritma‖ fazalar chegara qismida difil molekulalarning yo‘nalishi: a –
qutbsiz adsorbent – qutbli
erituvchi; b- qutbli adsorbent – qutbsiz erituvchi.
Qattiq sirtda erigan moddaning molekulyar adsorbsiyasi quyidagi omillarga bog‘liq:
Harorat oshganda moddaning eritmadan adsorbsiyasi kamayadi;
Moddaning molyar massasi ortishi bilan uning adsorbilanish xususiyati kuchayadi;
Bitta sinfga kiruvchi organik birikmalarning adsorbsiyalanish xususiyati qo‘sh bog‘lar va
OH guruhlar
soni ortishi bilan kuchayadi;
Organik birikmalarni adsorbsiyalanish xususiyati kamayib borish tartibida quyidagi
qatorga joylashtirish mumkin: Kislotalar > spirtlar > ketonlar > to‘yinmagan alkanlar > to‘yingan
alkanlar.
Aromatik uglevodorodlar alifatik uglevodorodlarga nisbatan yaxshi adsorbilanadi;
To‘yinmagan uglevodorodlar to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan yaxshi adsorbilanadi.