Zamburug’larning rivojlanishi, tarqalishi va parazitlik ixtisoslashuvi
Reja:
1. Zamburug’larning kelib chiqishi
2.Hujayrasining tuzilishi
3.Zamburug’larning ko’payishi.
4.Zamburug’larning mitselliysi
1.Zamburug’larning kelib chiqishi Zamburug’lar qadimgi organizmlar bo’lib, evolutsiya jarayonida rangsiz sinxrom C ga ega bo’lmagan xivchinlilarning Fiagellatae guruhidan kelib chiqqan. Shuning uchun ham zamburuglar o’simliklar doirasida o’rganiladi. Ammo zamburuglar oziqlanish xususiyati bilan o’simliklardan farq qiladi, chunki ularning hujayralarida yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti bo’lmaydi. Ular getrotrof oziqlanishga moslashgan ya’ni zamburug’lar tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar hisoblanadi. Shu xususiyati bilan anorganik moddalar bilan oziqlanuvchi avtotrof organizmlarga qarama-qarshi turadi. Assimilyasiya vaqtida zaburug’larning hujayrasida kraxmal emas, balki mochovina, glikogen hosil bo’ladi. Bundan tashqari, hujayra devorlarida xitin to’planadi. Mana shu belgilari bilan zamburug’lar hayvonlar olamiga yaqin turadi.
Hozir ko’pchilik olimlar zamburug’larni eukariotik organizmlarning alohida olamiga ajratishni taklif etmoqda. Ularning eng xarakterli belgilari hujayra devorlarining aniq shakllanganligi, oziqni shimib olishi, sporalar yordamida ko’payishi, vegetative tana o’sish qobilyatiga egaligi, oziqlanishi geterotrof, assimilyasiya vaqtida tayorlanadigan oziq modda glikogendan iboratligidadir.
Zamburug’larning vegetative tanasi miseliy deb ataladi. Miseliy shoxlangan gifalardan tashkil topgan bo’lib, uchiga o’sish va yon tomonga shoxlanish xususiyatiga ega. Miseliy substratga o’rnashib undagi oziq modalarni shimib oladi. Xavoyi mitseliy deyiladi.
2.Hujayrasining tuzilishi
Miseliy turlicha tuzilgan boladi:
1.Hujayrasiz mitseliy. Bunday miseliy bitta yirik hujayradan iborat bo’lib, hujayra ichida bo’g’inlar bo’lmaydi. Bunday hujayra ko’p yadroli bo’ladi.
2.Hujayrali miseliy. Bunday miseliy bo’g’inlarga bo’lingan bo’lib, hujayrayra alohida - alohida qismlarga ajralgan. Hujayrasi bir yoki ko’p yadroli bo’ladi. Tuban taraqqiy etgan zamburug’larda (xitridiomiset, oomiset, gifoxitriomitset va zigomisetsimonlar) mitselisi hujayrasiz tuzilgan. Yuksak taraqqiy etgan zamburug’larda esa haltachali va bazidiyali zamburug’larning mitseliysi ko’p hujayrali, to’siqlar bilan ajralgan.
To’siq hujayraning devoridan markazga qarab o’sadi, markazda ochiq joy qoladi, bunga pora deyiladi. Pora orqali hujayra suyukligi harakat qiladi.
Hujayra to’siqlari xaltachali va bazidiyali zamburug’larda oddiy ochiq joy bo’lsa, ayrim vakillarida esa to’siq qalpoqchali, qalpoqchali pora hamma tomonidan membrana bilan o’ralgan unga parentosoma deyiladi.
Miseliy bir necha xildir. Ba’zi zamburug’larda, masalan achitqi zamburug’ining vegetativ tanasi alohida kurtaklanuvchi holda bo’lib, ajralgan kurtak bir –bir bilan qo’shilmasa soxta mitselliy hosil qiladi. Oddiy tuzilgan ba’zi bir hujayrali zamburg’larning mitsellisi shoxlangan ipsimon shakilda bo’lib, rizomiseliy deyiladi. Ko’chilik zamburuglar giflari bir-biri bilan parallel qo’shilgan mitselliy tugunchasini hosil qiladi, bunga rizomorf deyiladi. Rizomorflar o’zidan modda o’tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim rizomorflar bir necha m uzunlikda bo’lishi mumkin. Rizomorflarning ustki qismi qalinlashgan qoramtir bo’lib, himoya, ichki qismi o’tkazuvchi idish vazifasini bajaradi.
Ba’zi zamburug’lar mitselisi bir-biri bilan o’ralib shoxsimon shakl hosil qiladi, sklerotsiy deb shunga aytiladi. Sklerotsiyning hujayralarida zapas ozuqa mavjud bo’lib, himoya vazifasini bajaradi. Masalan, qoramug’, shoxkuya zamburug’larida.
Zamburuglar hujayrasi devorli bo’lib, 0,2 mkn qalinlikda bo’ladi. Hujayra devori tashqi va ichki qisimlardan tashkil topgan.Tashqi qismi shakillanmagan, ichki qismi esa g’adir budur bo’lib, to’siqlardan iborat. Hujayra devorining 80- 90% ni polosaxaridlar tashkil etadi. Ular oqsillar va lipidlar bilan bog’langan.
Xitridiomitsetsimonlar, xaltachaliklar, bazidiomitsetsimonlar va deteromitsellisimonlar hujayra devorlarida xitin va glyukan moddasi bo’ladi. Zigomitsetsimonlar sinfining vakillarida hujayra devorida xitozon moddasi bo’lishligi bilan boshqa sinf vakillaridan farq qiladi.
Zamburug’lar hujayra sitoplazmasida ribosom va mitoxondriy, Gol’ji aparati va yadro bo’ladi. Protoplast sitoplazmatik parda plazmolemma bilan qoplangan. Zamburug’ devori va sitoplazma membranasi o’rtasida lomasomalar bo’ladi. Ular pufakchalarga o’xshab ketadi.
Sitoplazma chegarasi bilan vakuola o’rtasida ham parda bo’ladi. Bunga tonoplasd deb ataladi. Tonoplast bilan plazmalemma o’rtasida ichki parda endoplastik to’r bilan qoplangan. Gifning endoplazmatik to’r bilan qancha diktiosomalar hosil qilib, diktiosomalar yig’indisi Gol’ji aparatini vujudga keltiradi.
Zamburug’lar mitoxondrilari o’simliklarnikiga o’xshash, lekin tuzilishi bilan farq qiladi. Giflarning o’sish qismidagi qavarichalar endoplazmatik to’rdan hosil bo’ladi. Ular sintez qilinga moddaning Gol’ji aparatidan hujayra devorlariga tashiydi. Zamburug’lar hujayrasida bittadan to 20-30 tagacha yadro boladi. Yadroning kattaligi 2-3 mkn dan iborat, u ikki qavat parda bilan o’ralgan, nukleoplazmasida esa yadrocha va xpomosomalar uchraydi.
Zamburug’lar hujayrasida har xil birikmalar, jumladan glikogen va lipid tomchilari bo’ladi. Vakuolada esa oqsil va volyutin to’planadi.
Zamburug’lar faqat zoospora va gametalari harakatchan, xivchinlari esa eukariotlarnikiga o’xshash tuzilgan bo’ladi.